14-mavzu. Ilmiy ishlarni badiiy jihatdan rasmiylashirish va himoya qilish. Ilmiy grant uchun materiallarni tayyorlash metodologiyasi


Dissertatsiya avtoreferati matnining rasmiylashtirilishiga qo‘yiladigan talablar



Yüklə 0,94 Mb.
səhifə3/3
tarix20.11.2023
ölçüsü0,94 Mb.
#162247
növüReferat
1   2   3
14-mavzu

Dissertatsiya avtoreferati matnining rasmiylashtirilishiga qo‘yiladigan talablar

Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati o‘zbek va rus yoki ingliz tillarida 2 bosma taboq, har bir tilda 1 bosma taboq hajmda tayyorlanib, uning uchinchi tildagi (ingliz yoki rus) qisqacha mazmuni ham beriladi.

Fan doktori (DSc) dissertatsiyasi avtoreferati o‘zbek va rus yoki ingliz tillarida 3 bosma taboq (har bir tilda 1,5 bosma taboq) hajmda tayyorlanib, uning uchinchi tildagi (ingliz yoki rus) qisqacha mazmuni ham beriladi.

Ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasidagi dissertatsiya avtoreferatining hajmi ko‘pi bilan 30 foizga oshirilishi mumkin. Dissertatsiya avtoreferati quyidagi texnik talablarga muvofiq tayyorlanadi va risola shaklida chop etiladi: matn A4 formatdagi standart qog‘oz varag‘ining bir tomonida joylashtiriladi; matn 1 qator oralig‘ida (“odinarnыy”) yozilishi lozim.

Har bir bet: yuqoridan va pastdan 2 sm; chapdan 3 sm; o‘ngdan 1,5
sm hoshiyaga ega; xatboshi 1 sm ga teng va bir xilda bo‘ladi; risolaning o‘lchami 21 x 14,5 sm bo‘ladi. Betlar asosiy muqovadan boshlab oxirgi varaqgacha izchil ketma-ketlikda raqamlanadi. Betning tartib raqami varaqning pastki o‘ng burchagida «5» raqamidan boshlab yoziladi. Asosiy muqova va uning orqa tomoni hamda ichki muqovalar va ularning orqa tomonlariga tegishli betning raqami qo‘yilmaydi.

Dissertatsiya avtoreferati tarkibiy qismlarining bosh sarlavhalari («Mundarija», «Kirish (dissertatsiya annotatsiyasi)», «Dissertatsiyaning
asosiy mazmuni», «Xulosa», «E’lon qilingan ishlar ro‘yxati»)
bosh harflarda yoziladi. Ularning tagidan 12 o‘lchamli («pt»)
oraliq qoldirilishi kerak.

Yüklə 0,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin