1. Ilmiy- tadqiqot va tajriba – konstruktorlik ishlarini tashkil etish Paxta tozalash sanoati va paxtachilik mashinasozligida yangi texnikalarni yaratish, mavjudlarini takomillashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlari quyidagilar hisoblanadi:
Texnologik jarayonlarda bir-biridan ko‘p o‘tishlikni qisqartirish, avtomatik liniyalarni yaratish;
Boshqarishning avtomatlashtirilgan tizimlarini ishlab chiqish va keng miqyosda ishlab chiqarishga joriy etish; texnologik jarayonlarni boshqarishda zamonaviy EHM lardan samarali foydalanishni tashkil etish;
Material-, energiya-, mehnat sig‘imlarini kamaytirish;
Dastgohlardan foydalanish ishonchlilik darajasini oshirish;
Mashinalar faoliyatining ergonomik ko‘rsatkichlarini yaxshilash.
Ilmiy–tadqiqot ishlarining asosiy hajmi tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida bajariladi. Fanning taraqqiy etishida salmoqli ulushni oliy o‘quv yurtlari qo‘shadilar.
Tarmoqda ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etishning asosiy usuli ilmiy–texnika yo‘nalishini ajratish (yigiruv, to‘quv va ohorlash asbob-uskunalari, texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish va boshqalar) hisoblanadi. Bosh konstruktor barcha ilmiy-texnik ishlanmalar kompleksiga rahbarlik qiladi va mashinalar texnik darajasiga javobgar sanaladi.
Ilmiy-tadqiqot ishlari (ITI) ning xalq xo‘jaligidagi muhimligini baholash mezoni: aholining iste’mol mollariga bo‘lgan talabini to‘laroq qondirish; mehnatkashlar sog‘ligini himoya qilish; mamlakat strategik maqsadlarini amalga oshirish; asbob-uskuna, texnologiya va to‘qimachilik mahsulotlari importini almashtirish, ular ba’zi turlarini eksport qilishni tashkil etish.
Ilmiy va tajriba–konstruktorlik ishlarini rejalashtirish birligi sifatida mavzu qabul qilishgan.
Ilmiy va tajriba–konstruktorlik ishlarini moliyalashtirish korxonalar o‘z mablag‘i, aholi bo‘sh mablag‘lari, bank kreditlari, davlat mablag‘i hamda xorijlik sheriklar mablag‘ini jalb etish hisoblanadi.
Ilmiy va tajriba – konstruktorlik ishlari samaradorligi hamda chiqarish texnik tayyorlash darajasini oshirishda ixtiro va ratsionaliщatorlik faoliyati muhim rol o‘ynaydi.