2. Ixtiro va ratsionalizatorlik faoliyati
Ilmiy – tadqiqot institutlari va korxonalarda ixtiro va ratsionalizatorlik ishlarini tashkil etish ratsionalizatsiya va ixtirochilik byurosi (RVIB) va patent – litsenziya xizmati orqali amalga oshiriladi. Bo‘linma va alohida bajaruvchilar texnik ijodiyotning asosiy yo‘nalishlari reja – mavzularini ishlab chiqadilar, ixtirochilar va ratsionalizatorlarga tegishli hujjatlarni rasmiylashtirishga yordam ko‘rsatadilar, ularga mualliflik huquqini birkitish, ishlanmalarni ishlab chiqarishga tadbiq etish, mukofotlarni olishni tashkil etadilar.
Yangilik ochish – bu moddiy olamda oldin umuman bo‘lmagan ob’ektiv amal qiladigan qonuniyatlarni, xsusiyatlarini, hodisalarni izlab topishdir.
Ixtiro – bu ijobiy samara beradigan xalq xo‘jaligi, ijtimoiy – madaniy yoki mamlakat mudofaa qobiliyatini mustahkamlash sohalarida yangi va umuman farq qiladigan masalani texnik echimini topish hisoblanadi.
Ratsionalizatorlik taklifi – mahsulot konstruksiyasi, ishlab chiqarish texnologiyasi va qo‘llaniladigan texnologiya yoki material tarkibi o‘zgarishini nazarda tutadigan korxona uchun yangi hisoblangan va rasmiylashtirishga berilgan texnik echim hisoblanadi.
Sanoat nusxasi – mahsulotning texnik va estetik xususiyatlar birligini ta’minlaydigan yangi, sanoat uslubi bilan ishlab chiqarishga muvofiq keladigan badiiy echim hisoblanadi.
Tovar belgisi - o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tgan bir xil mahsulot ishlab chiqaruvchi bir korxonaning boshqasidan farqliligini ko‘rsatuvchi belgidir.
Yangilik mualliflariga diplom, ixtiro mualliflariga esa patent yoki mualliflik guvohnomalari beriladi.
3. Ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorlashni tashkil etish
Ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorlash (ICHKT) deb, yangi texnika vositalarini yaratish va harakatdagilarini takomillashtirish bo‘yicha bir-biriga bog‘langan kompleks ishlar tushuniladi.
Ushbu faoliyatda markaziy o‘rinni mashinalarni ishlab chiqarish va ulardan foydalanishdagi komplekt konstruktorlik hujjatlarini yaratish hisoblanadi.
Biroq konstruktorlik faoliyatining haqiqatdagi mohiyati yanada keng va chuquroqdir. Jahon andozalari talablari darajasidagi mashinalarni yaratishning yuqori sifatli loyihalarini ishlab chiqish konstruktorlardan ko‘p mehnat va bilim talab qiladi.
To‘qimachilik mashinasozligida konstruktorlik tayyorgarligi ilmiy bazasi tegishli ITI va OO‘YUlarida jamlangan.
Konstruktorlik tayyorgarlikni amalga oshirishning asosiy bosqichlari, me’yoriy hujjatlarga asosan, quyidagilardir:
Birinchi bosqich ishlanmaga va ishlab chiqarishni o‘zlashtirishga buyurtma berish.
Ikkinchi bosqich texnik topshiriqni (TT) ishlab chiqish, kelishish va tasdiqlash. Unda ushbu mahsulot turidan xalq xo‘jaligida foydalanishda camara olishni ta’minlash va tashqi bozorda raqobatbardoshlikni ta’minlash talablari aniqlanadi.
Uchinchi bosqich – texnik hujjatlarni ishlab chiqish va ekspertizadan o‘tkazish.To‘rtinchi bosqich tajriba nusxasini yaratish.Beshinchi bosqich – tajriba nusxasi (tajriba partiyasi)ni sinovdan o‘tkazish va qabul qilish, ishlab chiqarishga mahsulotni qo‘yish haqida qaror qabul qilish.Oltinchi bosqich – korxona barcha faoliyatini qamrab oluvchi mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorgarlik.Ettinchi bosqich – mahsulotni ishlab chiqarishni o‘zlashtirish.
O‘z-o‘zini tekshirish va nazorat qilish uchun savollar:
1. Yangi texnikani yaratish va o‘zlashtirishning mohiyati nimadan iborat?
2. Ishlab chiqarishni texnik tayyorlash qanday bosqichlarni o‘z ichiga oladi?
3. Ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini sanab bering?
4. Ilmiy-tadqiqot ishlarini tashkil etishning asosiy usuli nima?
5. Ixtiro va ratsionalizatorlik faoliyatining mohiyati nimalardan iborat?
6. Ishlab chiqarishni konstruktorlik tayyorlashni tashkil etish nimadan iborat?
Dostları ilə paylaş: |