14-mavzu: Iqtisodiyotda ilmiy matnlar yaratish.
Reja:
1.Adabiy nutq va uning uslublari.
2.So`zlashuv, badiiy, publitsistik, ilmiy va rasmiy-idoraviy uslub.
Adabiy nutq – yozuvchilar, shoirlar, olimlar tomonidan ishlangan, qat’iy me’yorlarga ega bolgan nutq korinishidir.
Uslub – so`zlovchi va yozuvchining ifodalanayotgan fikrga, voqea, hodisaga shaxsiy munosabatidir
Ayrim nutq uslubidagina qollaniladigan sozlar uslubiy xoslangan sozlar, bunday xususiyatga ega bolmagan sozlar esa uslubiy betaraf sozlardir. Olim na’matakka ilmiy izoh bersa, shoir esa unga badiiy tus beradi, metafora, o`xshatish, jonlantirish, leksik vositalar bilan shoirona kuylaydi.
Uslubshunoslik
Uslub
So’z va so’z birikmasi
Modal ma’no
Sinonimiya
Adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilingan sozlashuv uslubi adabiy sozlalashuv uslubi, bunday xusuiyatga ega bolmagan sozlashuv uslubi esa oddiy sozlashuv uslubidir. Sozlalashuv uslubining oziga xos xususiyati uning erkinligidir. Sozlar tartibi erkin, asosiy maqsadni ifodalovchi gap bolagi ajratib korsatiladi, fikr sozga mantiqiy urgu berish bilan ifodalanadi. Jumlalar qisqa va ta’sirli boladi.
Badiiy uslub - badiiy adabiyot, ya’ni badiiy asarlarga xos bolib, unda badiiylik, ifodaviylik, ta’sirchanlik kuchlidir. Obrazlilik va estetik ta’sir etish badiiy uslubning muhim belgisidir.
Publisistika - lotincha. «xalq, omma» ma’nolarini anglatadi. Publisistik uslub. Davrning eng muhim, dolzarb masalalarini oquvchilarga, tinglovchilarga, tomoshabinlarga gazeta-jurnal, radio, televideniye orqali yetkazish, ommani jonlantirish, kishilarning ongiga atrofda sodir bolayotgan voqealarni singdirish, ularning ijtimoiy qarashlarini shakllantirish uchun xizmat qiladi. Ommaviy axborot vositalarida (gazeta-jurnal, radio, televideniye), Oliy majlis yiginlarida, turli xil anjumanlarda qollaniladigan nutq uslubi publitsistik uslub sanaladi. Publitsistik uslubning muhim xususiyati axborot berish va ta’sir qilish, soddalik, tushunarlilik, ta’sirchanlik, adabiy til me’yorlariga qat’iy amal qilishdir.
Ilmiy uslub
Atama
Tariflar
Qoidalar
Qonunlar.
Ilmiy uslub. Ilmiy uslubga mantiqiylik, aniqlik, ilmiy atamalarning keng qollanishi xos bolib, barcha ilmiy asarlar, jumladan, maktab darsliklari ham shu uslubda yoziladi.
Atamalar faqat bir ma’noda qollanilib, ozi ifodalayotgan tushunchaning tub mohiyatini korsatadi, masalan ozak, negiz, yasovchi qoshimcha, turlovchi va tuslovchi qoshimchalar, shakl yasovchilar kabi atamalar so`z tarkibiga oid lingvistik tushunchalarni ifodalaydi. Masalan: Har qanday grammatik ta’rif yoki qoidada uchta tushuncha birlashgan boladi: tushunchaning mohiyati, xususiy va umumiy tomoni.
1)Sof ilmiy uslub
2) Ilmiy ommabop uslub
Fan va texnika tili ilmiy uslub deyiladi. Daliliy munosabatlar asosida chiqarilgan ilmiy xulosalarga asoslanuvchi, har bir fan sohasining o`ziga xos atamalariga tayanuvchi, fikrni aniq va mantiqiy izchil bayon qiluvchi uslub ilmiy uslubdir.
Rasmiy-idoraviy uslub. Barcha qonunlar, prezident farmonlari va hukumat qarorlari, turli hujjatlar, ish qogozlari, idoralararo yozishmalar va shu kabilar rasmiy-idoraviy uslubda yoziladi. Rasmiy ish qog‘ozlari uslubi shaxslar bilan shaxslar orasidagi, shaxslar bilan idora ortasidagi ijtimoiy munosabatlarni ifodalash uchun xizmat qiladi:
ariza, tilxat, xat, telegramma, ishonch qog‘ozi, ma ‘lumotnoma, tavsiyanoma, qaror, tarjimayi hol, buyruq, farmoyish, guvohnoma, e’lon, hisobot, shartnoma, aloqa xatlari
Har bir uslub turini yaratuvchi vosita uning mazmunidir: badiiy tasvir - badiiy uslubni, ilmiy fikrlar (teorema, aksioma, qoida, tarif) - ilmiy uslubni, rasmiy munosabatlar - rasmiy uslubni, axborotlar - ommabop uslubni hosil qiladi. Shu bilan birga, har bir uslubni yaratuvchi leksik va grammatik vositalar ham bo`ladi.
ilmiy uslubda atamalar hamda deyiladi, ataladi, zarur kabi sozlar, mazmunan aniq, ravshan, qat’iy iboralar qollanadi.
tasviriy vositalar esa badiiy uslubni
xabar yoki axborotning manbayini korsatuvchi ibora va sozlar - ommabop uslubni,
Rasmiy soz va iboralar (qaror qildi, kun tartibi, qatnashdilar, berildi, buyuraman, tasdiqlansin, ishonch bildiraman va b.) - rasmiy hujjatlar uslubini tashkil etadi.
Rasmiy hujjatlar uslubiga qaror, ariza, tarjimayi hol va boshqalar kiradi, badiiy uslubni - roman, hikoya, doston, felyeton va boshqa badiiy asar turlari, ilmiy uslubni - monografiya, ilmiy maqola, dissertatsiya, avtoreferat va boshqalar, biror dolzarb masala boyicha axborot bolsa ommabop uslubni tashkil etadi. Yozma adabiyotda uslubni yaratish uchun leksik, fonetik, grammatik vositalar qollanadi.
E’tiboringiz uchun raxmat!
Dostları ilə paylaş: |