14-mavzu., Islom dini va tarixi Islom qadriyatlari Reja: 1- islom dini paydo bo‘lishidagi ijtimoiy sharoit 2- islom asoslari, oqimlari va yo‘nalishlari



Yüklə 119,13 Kb.
səhifə1/6
tarix24.12.2023
ölçüsü119,13 Kb.
#193213
  1   2   3   4   5   6
14 mavzu


14-mavzu., Islom dini va tarixi Islom qadriyatlari
Reja:
1- Islom dini paydo bo‘lishidagi ijtimoiy sharoit
2- Islom asoslari, oqimlari va yo‘nalishlari.
3- Islomda inson huquqlari himoyasi, ijtimoiy tenglik, adolat va tolerantlik g‘oyalari
4- Islomda nikoh va oilaviy munosabatlarda er-xotinning huquq va majburiyatlari
Tayanch tushunchalar
Islom dini, haniflik harakati, yagona Allohga e’tiqod, iymon, islom va ehson talablari, vahiy, Qur’oni karim, “Mushaf”, hadislar, sahih, hasan, zaif, Shariat va uning manbalari, Qur’on, Sunna, Ijmo‘, Qiyos, sunniylik va shialik, Xanafiya, Shofi’iya, Molikiya, Xanbaliya, Tasavvuf va tariqat, Yassaviya, Kubraviya, Naqshbandiya.

1-§. Islom dini paydo bo‘lishidagi ijtimoiy sharoit
Islom dini paydo bo‘lishi tarixiy sharoitlari ko‘rib o‘tilganda, islom tarixida bu din kelmasidan avvalgi muddat johiliya yoki johiliyat davri deb yuritilgan. «Johiliya» so‘zi adabiy arab tilida «bilmaslik», ya’ni «yagona xudo – Allohni tanimaslik» degan ma’noni bildiradi. Bu so‘z musulmon mualliflari tomonidan Arabiston yarim orolining islomdan oldingi davr tarixiga nisbatan ishlatilgan. Bu bilan yangi davr tarixchilari qadimgi davrda Ichki Arabiston aholisi orasida «ko‘pxudolik» (al-Vasaniya) hukm surardi, degan fikrga urg‘u berishadi. Ba’zi tadqiqotchilar johiliya davri 100-200 yil davom etgan degan fikrni bildiradilar.
Arab yerlari Osiyoning janubi-g‘arbidagi yarim orolda joylashgan bo‘lib, shimol tomondan – Shom (Suriya) sahrolari, sharqdan Fors (Arab) ko‘rfazi, Ummon dengizi, janub tomondan Hind okeani va g‘arbdan Qizil dengiz bilan chegaralangan. Mana shu bepoyon o‘lka bu yerda yashagan somiy tillarning birida so‘zlashuvchi arablar nomi bilan Arabiston yarim oroli deb atalgan. Zamonaviy tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, islom paydo bo‘lishi arafasida yarim orol hududida madaniyat nuqtai nazaridan uch sivilizatsiya mavjud bo‘lgan:
1) mustaqil ma’noga ega bo‘lgan Janubiy Arabiston (tili – janubiy arab tili);
2) nisbatan chetki ta’sirlardan uzoqroqda joylashgan Ichki Arabiston;
3) Vizantiya va Eron imperiyalari madaniy an’analari bilan bog‘liq Shimoliy Arabiston.
Islomning paydo bo‘lishi tarqoq arab qabilalari uchun olamshumul voqeaga aylandi. Tarixda birinchi arab davlati – Arab xalifaligivujudga keldi. Arab istilolari oqibatida mazkur uch sivilizatsiya vakillari aralashib ketdi. Lekin ularning o‘tmishda nisbiy mustaqil rivojlanganliklari arablar nasabi haqidagi tasavvurda saqlanib qoldi. Unga binoan, arablarning barchalari nasab jihatidan ikki katta avlod vakillaridir: qahtoniylar – janub arablari, adnoniylar– shimol arablaridir. Mana shu ikki avloddan barcha arab qabilalari tarqalgan. Lekin tadqiqotlarningko‘rsatishicha, mazkur tasavvur VII asr oxirlari – VIII asr boshlarida Suriya va Iroqda hokimiyat uchunharbiy kurash olib borgan arab qabilalari ittifoqlari (Kalbiylar, Asadiylar va boshqalar)vakillari tomonidan shakllantirilgan. Qadimgi arablar orasida ko‘chmanchilik mafkurasi qoldiqlari,qabilaviy tuzum tasavvurlari kuchli bo‘lsa-da, islom dini paydo bo‘lishi davrlarida ularning katta(2/3) qismi o‘troq holda shahar va qishloqlarda yashagan. Islom dini shakllangan va rivojlangan Makkava Yasrib shaharlari Yaqin SHarq sivilizatsiyasi qadimiy markazlaridan nisbatan uzoqroqda joylashgan.Arabiston yarim orolining Makka, Madina, Toif, Xaybar singari bir qancha eng muhim shaharlarini o‘zichiga olgan qismi qadimdan Hijoz deb atalgan.Bu yarim orolning katta qismida islom vujudga kelguniga qadar «ko‘pxudolik» e’tiqodi hukmsurardi. Qadimgi arablarning diniy tasavvurlari jumlasiga totemizm, fetishizm, animizmelementlari va o‘tmish ajdodlar ruhiga sig‘inishni kiritish mumkin. Totemizmning yaqqol dalilisifatida ko‘pgina qabilalarning nomlarini keltirish kifoya: asad (arslon), kalb (it), bakr (bo‘taloq),sa’lab (tulki), zi’b (bo‘ri) va h.k.
Arabistonda har xil xudolarning timsoli – sanamlar kulti bir vaqtda paydo bo‘lgan emas, albatta.Ular uzoq vaqt shakllangan. Biroq keyingi davr islom tarixchilarining xabar berishlariga qaraganda,Arabistonga dastavval sanam keltirgan va unga ibodat qilishni targ‘ib qilgan shaxs Amr ibn Luhayismli kishi bo‘lgan. Rivoyatga ko‘ra, u Shomga tijorat maqsadida tez-tez safar qilib turar edi. Amr ibnLuhay ba’zi shomliklar odatlaridan qattiq ta’sirlanib, ularning butlaridan birini Makkaga olibkelgan. Keyinchalik butlarga sig‘inish arablar orasida keng tarqalib ketgan. Harqalay, but-sanamlargasig‘inish – dinning yangi bosqichi bo‘lgan. Ibn al-Kalbiyning (vaf. 763 y.) «Kitob al-asnom» asaridata’kidlanishicha, mil. av. VIII asrdayoq har bir arab qabilasi o‘z sanamiga ega edi. Tez-tez bo‘libturadigan qabilalararo urushlardan so‘ng, odatda, mag‘lub qabila g‘olib qabila sanamiga sig‘inaboshlardi. Ba’zida g‘olib qabila mag‘lub qabilaning sanamini ham o‘z sanamlari safiga qabul qilishimumkin edi. Arabistonning turli yerlarida muayyan sanamlarning qarorgohi mavjud bo‘lib, ularziyoratgohlar sifatida ma’lum edi. Ulardan biri Makka Ka’basi edi. Makka eski Arabistonning diniymarkaziga aylangach, u yerdagi Ka’baga sanamlar to‘plandi. Ibn al-Asirning (vaf. 1232 y.) uqtirishicha,Makka fath etilgan 630 yili Ka’ba ichida 360 ta sanam bo‘lgan. Sanamlar uchun bu raqam juda kattako‘rinadi, ammo muayyan sanam bir necha qabilada ehtirom qilingan bo‘lsa, u Ka’baga shuncha nusxadaqo‘yilgan bo‘lishi mumkin.
Islomdan oldin Arabistonda yahudiy jamoalari mavjud bo‘lgan. Arabiston yahudiylari haqida, asosan, Qur’on, hadis, tafsir, sira (Payg‘ambar hayoti va muqaddas urushlari haqida hikoya qiluvchi adabiyot janri) va tarix kitoblari xabar beradi. Bu mavzuga aniqlik kiritadigan va hozirga qadar topilgan hujjatlarning eng qadimiysi – Yangi Bobil podshohi Nabonidga (mil. av. 555-539) tegishli xronikadir. Unda aytilishicha, mil. av. 552-542 yillarda Shimoliy Arabistondagi Tayma shahrini o‘ziga poytaxt qilib olgan Nabonid bu yerdagi shaharlarni o‘zlashtirish maqsadida Bobildan talaygina aholini ko‘chirgan; ularning ko‘pchiligini yahudiylar tashkil qilgan. Ma’lumki, bundan oldinroq (mil. av. 586 y. ) Navuxodonosor II Quddusni zabt qilganida salkam 30 ming yahudiyni asir olib, Bobilga keltirgan va «Bobil asirligi» 50 yil davom etgan edi. Shundan so‘ng ham ba’zi yahudiylar Falastinga qaytmay, Bobilda qolib ketgandilar.
Arabiston yarim orolida yahudiylik bilan bir qatorda xristianlik dini ham tarqaldi. Xristianlar bu yerda keng targ‘ibotchilik ishlarini olib borar edilar. Ular Arabistonga qachon kirib kelganligi noma’lum. Odatda targ‘ibotchilar tib va mantiq ilmidan xabardor, kishilar qalbiga yo‘l topa oladigan odamlar bo‘lganligi uchun ko‘pgina qabila boshliqlariga ta’sir etganlar, ularning xristian dinini qabul qilishiga yoki o‘zlarining olib borayotgan faoliyatlarida yordam berishiga erishganlar. Islomga qadar Arabiston yarim orolining deyarli barcha hududlarida xristian rohiblari muntazam ravishda din targ‘iboti bilan shug‘ullanar edilar. Yuqorida aytib o‘tilganidek, xristianlikning Arabiston yarim oroliga qachon kirib kelgani aniq ma’lum emas. Hijoz shaharlariga xristianlar (sharqiy cherkovlar vakillari) asosan Vizantiya qaramog‘i ostidagi Falastin va Shomdan ko‘chib kelganlar. Islom vujudga kelishi arafasida Dumat al-Jandal, Eylat, Tayma, Yasrib, Makka va Toifda ham talaygina xristianlar bor edi. Habashiston xristianlari bilan aloqalar haqida efiop askarlarining yurishlari va ilk musulmonlarning hijralari dalolat beradi.
Qadimgi Arabiston jamiyatida «haniflar» nomi bilan ma’lum bir jamoa mavjud edi. Bu jamoa vakillari diniy tasavvurlarini fanda «noma’lum monoteizm» deb atash qabul qilingan. Ular sanamlarga sig‘inmas, balki yagona Xudoga ibodat qilar hamda ochiqdan-ochiq butparastlarni tanqid qilishar edi. Ular bir yerda muqim turmay, o‘lka bo‘ylab darbadar hayot kechirardilar. Ushbu toifa kishilaridan Zayd ibn Amr, Varaqa ibn Navfal, Ubaydulloh ibn Jahsh va Usmon ibn Huvayris, Quss ibn Sayyidolarni keltirish mumkin. Ular keyinchalik ilk islom jamoasida ma’lum mavqega ega bo‘ldilar.
Sosoniylar Eroni dinlari ham Arabiston yarim orolida mavjud edi. Ular haqida adabiyotlarda kam gapiriladi. Vaholanki, zardushtiylik va manixeizm ta’limotlari ham bu mintaqalarda keng tarqalgan edi. Bu davrda o‘zini «Payg‘ambarlar muhri» (Xotam al-anbiyo) deb atagan Moniy va uning «o‘zga dinlar ta’limotini to‘g‘rilovchi» dini atrof hududlarga etib ulgurgan edi. Chunki Laxmiylar davlati Sosoniylar ta’siri ostida bo‘lib, islom dini shakllanishi arafasida Eron Yamanni zabt etgan edi. Yangi dinning shakllanishida Arabiston yarim orolida mavjud holatning ta’siri, albatta katta bo‘ldi. Ammo bu jarayonlarda birinchi arab davlati vujudga kelishi va uning mafkurasining shakllanishi muhim o‘rin tutadi. Ularni to‘laqonli idrok etishda Muhammad payg‘ambar hayoti, uning yangi din targ‘ibotchisi va davlat arbobi sifatidagi faoliyati asosiy o‘rinni egallaydi.
Muhammad payg‘ambar hayoti haqida ma’lumot berilsa, Muhammad ibn Abdulloh ibn Abd al-Muttalib Makka va uning atrofi tarixida «Fil voqeasi» nomi bilan mashhur bo‘lgan jangdan 50 kun keyin tavallud topgan. Bu sananing milodiy hisob bo‘yicha qaysi kunga to‘g‘ri kelishi keyinchalik hisoblab chiqarilgan. Bu hisoblardan misrlik munajjim Mahmud poshoning aniqlashicha, Payg‘ambarning tavallud topishlari milodiy sananing 571 yil 21 aprel kuniga to‘g‘ri keladi. Otasi Abdulloh Qurayshning Banu Hoshim, onasi Omina bint Vahb – Banu Zuhra urug‘idan edilar. Ota-onadan etim qolgan Muhammad payg‘ambar to sakkiz yoshgacha bobosi Abdulmuttalib qo‘lida tarbiyalanadi. So‘ngra uni amakisi Abu Tolib o‘z himoyasiga oldi. Payg‘ambar yoshlik chog‘larida ikki marta Shomga, bir marta Yamanga karvon bilan safarga chiqadi.
Arablar orasida o‘zaro qon da’vosi sababi bilan bo‘lgan urushlarning eng og‘ir kechgani «Fijor jangi» hisoblanadi. Islomdan avval ham arablarda muharram, rajab, zulqa’da va zulhijja oylari muqaddas sanalib, ularda urush ta’qiqlangan edi. Mazkur urush mana shu oylarda bo‘lganligi uchun unga «Fijor jangi» («Gunohkorlar urushi») deb nom berilgan. Bu urushda Quraysh tarafida Muhammad payg‘ambar ham ishtirok etgan. To‘rt yil davom etgan bu urush sulh bilan yakunlanadi.
Muhammad payg‘ambar 25 yoshga to‘lganida Banu Asad urug‘idan bo‘lgan boy ayol Xadicha bint Xuvaylidga uylanadi. Muhammad payg‘ambarning yetti farzandidan (Moriyadan tug‘ilgan Ibrohimdan boshqa) oltitasi (Zaynab, Umm Kulsum, Ruqayya, Fotima, Qosim, Abdulloh)ning onasi Xadicha bint Xuvaylid edi.
Makkadagi Ka’ba binosi ustida tomi bo‘lmaganidan, yomg‘ir suvlari uni emirib yuborgan edi. Keyinchalik binoni sel oqimidan saqlash uchun bir to‘siq qurilgan bo‘lsa-da, u ham yillar o‘tib yemirilgan edi. Payg‘ambar davrida Makka ahli Ka’bani yangidan qurishga qaror qildilar. Bu qurilishda Payg‘ambar ham qatnashdi.
Muhammad (s.a.v.)ga vahiy nozil bo‘lishining boshlanishi, payg‘ambar 40 yoshga to‘lganidan so‘ng boshlanadi.Muhammad payg‘ambar 40 yoshga yetganida ko‘proq yolg‘izlikni qo‘msaydigan bo‘lib qoladi. Shunday paytlarda Muhammad payg‘ambar Makkadan 3 mil uzoqdagi Hiro tog‘ida joylashgan g‘orga chiqib ketar, yerlik aholi odaticha ramazon oyini u yerda ibodat bilan o‘tkazardi. G‘amlagan ozuqalari tugagach, Xadicha oldiga qaytib, bir oz vaqtdan so‘ng yana o‘sha g‘orga ketar edi. U yerda o‘zini sukunatga berib, chuqur o‘yga tolar, g‘oyibdan quloqlariga «Sen Allohning elchisisan» degan tovushlar eshitilaredi. Ko‘p tush ko‘rar, tushida ko‘rgan narsalari o‘ngida to‘g‘ri chiqar edi.
Islom tarixida ilk vahiy «Alaq» surasining boshidagi besh oyatdir. Xadicha vahiy nozil bo‘lishihaqidagi xabarni yaxshilikka yo‘yib, Varaqa ibn Navfal nomli samoviy kitoblardan xabardor bo‘lganqarindoshidan bo‘lib o‘tgan voqeaning tafsilotini so‘raydi. Varaqa ibn Navfal buni payg‘ambarlikningnishonasi deb ta’bir qiladi. Nozil bo‘layotgan vahiylarda Payg‘ambarga o‘z qavmini qiyomat haqidaogohlantirish, yagona, barchani yaratgan Parvardigordan qo‘rqishga chaqirish uchun ko‘rsatmalar beriladi. Shundan so‘ng Muhammad payg‘ambar yashirin da’vatga o‘tadi. Birinchi bo‘lib Xadicha bint Xuvaylid va amakivachchalari Ali ibn Abu Tolib islomni qabul qilishadi. Vaqt o‘tishi bilan musulmonlar soni 30 kishiga yetadi. Ular o‘z dinlarini yashirin saqlaydilar. Bu holat uch yil davom etadi.
Ochiq da’vatdan so‘ng Makka mushriklari Abu Bakr Siddiq, Usmon ibn Affon kabi islomni qabul qilgan ulug‘ va badavlat zotlarga hech narsa deya olmasalar-da, ammo zaif, kambag‘al, himoyasiz musulmonlarni qattiq siquvga oladilar. Habashistonga borishni istagan 11 erkak va to‘rt ayoldan iborat bo‘lgan birinchi guruh Makkadan yashirin ravishda chiqib, Qizil dengiz bo‘ylab ketadi. Ularning ichida Usmon ibn Affon va xotini Ruqayya (Payg‘ambarning qizi), Abu Huzayfa va xotini, Zubayr ibn al-Avom, Abdurrahmon ibn Avf, Abdulloh ibn Mas’ud bor edilar. Guruh boshlig‘i Usmon ibn Maz’un edi. Bu 15 kishi vahiyning beshinchi yili Habashistonga (Oqsum podshohligi) yetib keldilar. Ularni Habashistonda xristianlar juda yaxshi kutib oldilar. U yerda yaxshi, sokin hayot kechira boshladilar. Ularning bunday osoyishta hayot kechirayotganliklarini eshitgan boshqa musulmonlar ham bir yildan so‘ng ikkinchi guruh holida u yerga hijrat qildilar. Bu guruhning boshida Ja’far ibn Abu Tolib (Alining akasi) bo‘lib, ular 80 kishi edilar. Habashiston xalqi va uning podshohi Najoshiy muhojirlarga juda yaxshi munosabatda bo‘ldilar.
Makkaliklarning qattiq qarshiliklaridan ko‘p ozor chekkan Payg‘ambar Toifga yo‘l oladi. Biroq toifliklardan hech kim islomni qabul qilmaydi. Shu qiyinchilik yillarida «Isro va Me’roj» voqeasi yuz beradi. Qur’ondagi «Isro» va «Najm» suralarida bu hodisa haqida so‘z yuritilgan.
Da’vatning o‘ninchi yili haj mavsumida Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) Makkaning shimolida «Aqaba» deb ataladigan bir tepalikda Yasrib (Madina) shahridan kelgan olti kishini uchratib, ularni islomga da’vat etdilar. Ular islomni qabul qildilar. Ushbu uchrashuv islom tarixida «Birinchi Aqaba bay’ati» deb nom oldi. Unda As’ad ibn Zarora, Rafi’ ibn Molik, Avf ibn Horis, Qutba ibn Omir, Uqba ibn Omir, Jobir ibn Abdullohlar Payg‘ambarga din shartlarini bajarishga «bay’at» (qasamyod) qildilar. Keyingi ikki haj mavsumida ham Aqaba bay’ati bo‘lib o‘tdi. Ikkinchi uchrashuvda madinaliklardan 12 kishi, uchinchisida esa 75 kishi ishtirok etdilar. Bu voqealardan so‘ng Payg‘ambar Muhammad (s.a.v.) Madinaga hijrat qilishga qaror qildilar.
Islom dini tarixidagi Madina davri shu voqealardan keyin boshlandi. Madinalik «ansor» (yordamchi)lar makkalik «muhojir»larni samimiy kutib olishadi. Muhammad payg‘ambarning Madinaga ko‘chib o‘tishi rabi’ al-avvalning sakkizinchi kuni, milodiy 622 yil 20 sentyabrda yuz beradi.
Islomning Madina davri uning tarixida juda katta ahamiyatga ega bo‘lib, musulmonlar birinchi marta alohida diniy jamoa (Umma) bo‘lib yashay boshladilar. Bu esa o‘z navbatida diniy qoidalarning takomillashuvini tezlashtirib yubordi. Asta-sekin namoz, azon va boshqa amallar tartibga solindi.
Payg‘ambar bu shaharga uchinchi taraf vakili sifatida taklif etilgan edi. Avval murosasiz Avs vaXazraj arab qabilalari hamda Banu Qurayza, Banu Qaynuqo‘, Banu Nadir yahudiy qabilalari bilano‘zaro sulh tuzildi. Hijratning ikkinchi yili ramazon oyida (mil. 624 y.) musulmonlar ummasi qo‘shinlari va makkaliklar o‘rtasida Badr jangi bo‘ldi. Bu jang Madinadan 80 mil (taxminan 150 km.) uzoqda Suriya karvon yo‘lida joylashgan Badr qudug‘i yaqinida bo‘lib o‘tdi. Murosasiz kechgan jang musulmonlar g‘alabasi bilan tugadi. Bu jangdan so‘ng Ummaning mavqei Madina ahli orasida beqiyos o‘sdi. Shu davrdan boshlab Muhammad payg‘ambar yetakchiligidagi islom jamoasi kuchli bir davlatning vazifalarini bajara boshladi. O‘zlarini musulmon deb e’lon qilib, aslida esa Payg‘ambar va musulmonlarga muxolif ish yuritganlar munofiqun deb nomlandilar. Ko‘pxudolikka e’tiqod qiluvchilar mushriklar deb ataldi. Musulmon jamoasi davlat darajasiga ko‘tarilib, boshqa qabilalar va qabilalar ittifoqlari bilan o‘zaro qisqa va uzoq muddatli sulh shartnomalari tuzildi. Shu yili zakot islomning asosiyamallaridan biri sifatida farz qilindi. Yahudiy, xristian va sobi’iylar ahl al-kitob mavqeiga ega bo‘lishdi. Ular – Madina davlati xazinasiga har bir voyaga yetgan erkak boshidan to‘lov (jizya) yig‘ib berib, o‘z ijtimoiy-diniy erkinliklarini saqlab qolish huquqiga ega bo‘ldilar. Ammo Madina davlatining asosiy muxolifi Makka jamoasi bo‘lib qolaverdi. Hijratning oltinchi yilida Makka qurayshiylari bilan tuzilgan Hudaybiya shartnomasi eng muhim g‘alabalardan biri bo‘ldi.
Makka fathidan (630 y.) so‘ng islom davlati Arabiston yarim orolida to‘la g‘alabaga erishdi. Shunialohida ta’kidlash zarurki, Makkaning olinishi musulmonlar uchun g‘oyat katta ahamiyatga ega bo‘ldi,chunki shundan so‘ng musulmonlar jamoasi Arabiston muhitida yetakchi davlat va siyosiy kuchga aylandi.Shu bilan bir qatorda Madinada diniy qoida va tartiblar bir tekis shakllana boshladi. Musulmonlar va yahudiy qabilalari o‘rtasida o‘zaro mojarolar bo‘lib o‘tdi. Qibla Quddusdan Makkadagi Ka’baga o‘zgartirildi, ahl al-kitobga (yahudiylar, xristianlar, sobi’iylar) ahl az-zimma (musulmon davlati himoyasi ostidagi diniy jamoa) mavqei berildi. Payg‘ambar Umma hayotini ko‘p hollarda atrofdagi odamlar uchun odatiy bo‘lgan qoidalar asosida boshqardi. Muhim hollarda yangi diniy va ijtimoiy qoidalar vahiy orqali kiritildi.
11 hijriy yil 12 rabi’ al-avval, milodiy 632 yil 8 iyun kuni Payg‘ambar vafot etdi. Bu bilanislom tarixida ilk davr – Qur’oniy davr yoki teokratiya davri tugadi. Bundan buyon musulmon-arabdavlati tarixida podshohlar – xalifalar, islom dini me’yorlarini shakllantirish varivojlantirishda diniy ilmlar bilimdonlari – ulamolarning roli tobora oshib boraverdi. Payg‘ambar vafoti haqidagi xabar Madina ahli orasida yoyilgach, ansorlar Umma boshchisi – xalifalikka nomzod masalasini hal qilish maqsadida Banu So‘ida qabilasining Saqifa nomli guzariga oshiqdilar. Bir qancha muhojirlar va ansorlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan qizg‘in bahs va tortishuvlardan so‘ng xalifalikka (xalifat rasulilloh) Abu Bakr as-Siddiqni (632-634) saylab, barcha unga bay’at qildilar. Abu Bakr diniy va dunyoviy hokimiyatni o‘z shaxsida birlashtirdi.
Payg‘ambar vafotidan so‘ng islomni qabul qilgan ba’zi qabilalar Madina shahar-davlati yangi yo‘lboshchisi Abu Bakr davrida zakotni berishdan bosh tortdilar. Soxta payg‘ambarlar harakatlari vujudga keldi. Ilk islom tarixidagi ushbu voqealar «Ridda» nomi bilan ataladi. Abu Bakr bunday xatti-harakatlarni qat’iylik bilan bostirdi. Bu davrda Arab qo‘shinlari islomni tarqatish g‘oyasi bilan Arabiston yarim orolidan tashqariga chiqa boshladilar. Bu esa o‘z navbatida islomning jahon diniga aylanishiga zamin yaratib berdi.
Islom dini vujudga kelishi bilan uning ta’limoti ham ishlab chiqildi.Islom so‘zining arab tilidagi lug‘aviy ma’nosi – taslim bo‘lish, bo‘ysunish, istilohda esa yagona Allohga bo‘ysunish degan ma’nolarni bildiradi. Islom dini ta’limoti bo‘yicha Muhammad payg‘ambar avvalgi (o‘rta Yer havzasi sivilizatsiyasida ma’lum bo‘lgan) payg‘ambarlar ishini davom ettirgan, ular dinini qayta tiklagan, qiyomat oldidan yuborilgan oxirgi payg‘ambar (Xotam al-anbiyo) – nabiy va rasul deb tan olinadi.
Islom dinining ta’limoti uning muqaddas kitobi Qur’oni karimda bayon qilingan bo‘lib, Islom ta’limotiga ko‘ra Qur’on Alloh tomonidan Muhammad payg‘ambarga vahiy qilingan. Islom ta’limotining asosini imon, islom va ehson talablari tashkil etadi. Imon talablari 7 ta aqida: Allohga, farishtalarga, muqaddas kitoblarga, payg‘ambarlarga, oxirat kuniga, taqdirning ilohiyligiga, o‘lgandan keyin tirilishga ishonishdan iboratdir.
«Imon» so‘zining lug‘aviy ma’nosi ishonmoq, tasdiqlamoq bo‘lib, istilohda esa «La ilaha illallohu Muhammadur rasululloh» («Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad – Allohning payg‘ambari») kalimasini til bilan aytib (al-iqror bi-l-lison), dil bilan tasdiqlash (at-tasdiq bi-l-qalb) demakdir. Mazkur ta’limot boshqalaridan imon masalasida amalni imondan alohida hisoblashi bilan farqlanadi.
1. Islom dinidagi imon talablarining birinchisi – Allohning borligi va birligiga imon keltirishdir. Ya’ni Allohning Qur’oni karimda va Muhammad payg‘ambar hadislarida bayon qilingan barcha ismlari va sifatlariga imon keltirish. Ibodat qilish va sig‘inishga undan o‘zga loyiq zot yo‘q deb bilish, uning barcha buyruqlarini qabul qilish va barcha qaytargan narsalaridan qaytish.
2. Islomdagi imon talablarining ikkinchisi farishtalarning borligiga imon keltirish. Islom ta’limoti bo‘yicha farishtalar (malo‘ika) Allohning nurdan yaratgan, uning buyruqlarini so‘zsiz bajaruvchi, uning amridan tashqari chiqmaydigan xos bandalari bo‘lib, ulardan Jabroil, Mikoil kabi buyuk farishtalarning nomlari Qur’onda zikr etilgan. Jabroil farishtaning vazifalaridan biri payg‘ambarlarga Allohning vahiylarini yetkazishdan iborat bo‘lgan. Farishtalardan ba’zilari odamlar bilan doim birga bo‘lib, ularning yaxshi va yomon ishlarini yozib boradilar. Qur’onda ular«Kirom kotibun» (mukarram kotiblar) deb zikr etilgan (Qur’on, 82: 10-12). Bundan tashqari, tafsirkitoblarida Isrofil, Azroil nomli farishtalarning ismlari qayd etilgan. Qur’on va hadislardafarishtalar haqida juda ko‘p yerda so‘z yuritilgan. Ularga ishonish imonning shartlaridan biridir.
3. Islom dinidagi imon talablarining uchinchisi ilohiy kitoblarga imon keltirishdir. Alloh Muhammad payg‘ambarga Qur’onni nozil qilganidek, boshqa payg‘ambarlarga ham kitoblar tushirgan. Ulardan bizga ma’lum bo‘lganlari: Ibrohim payg‘ambarga «Sahifalar», Muso payg‘ambarga «Tavrot», Dovud payg‘ambarga «Zabur» va Iso payg‘ambarga berilgan «Injil» kitoblaridir. Ulardan boshqa payg‘ambarlarga yuborilgan kitoblar haqida Qur’on va hadislarda xabar berilmagan. Yuqorida nomlari zikr etilgan kitoblarning barchasi Qur’onda Alloh tomonidan nozil qilingan deb ta’kidlanganligi sababli ularga shunday deb ishonish imonning shartlaridan hisoblanadi.
4. Islomdagi imon talablarining to‘rtinchisi payg‘ambarlarning haqligiga imon keltirishdan iboratdir. Alloh insonlarga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatish uchun payg‘ambarlar yuborgan. Barcha payg‘ambarlar bir zanjirning bo‘g‘inlari kabidirlar. Qur’onda 25 payg‘ambarning nomlari zikr etilgan. Hadislarda payg‘ambarlarning umumiy soni 124 ming ekanligi bayon qilingan. Musulmonlar uchun ulardan Qur’onda nomi zikr qilingan va zikr qilinmaganlarining barchasiga barobar imon keltirish shart deb ko‘rsatilgan.
5. Islom dinidagi imon talablarining beshinchisi oxirat kuniga ishonishdan iborat bo‘lib, dunyoning ibtidosi bo‘lgani kabi uning intihosi ham bor. Islom ta’limotiga ko‘ra, bu dunyo bir sinov maydonidir. Bu dunyoda qilingan savob ishlar uchun mukofot, gunoh ishlar uchun jazo beriladigan oxirat hayoti mavjud. Qiyomat kuniga va oxirat hayotiga ishonish islomning asosiy g‘oyalaridandir.
6. Islomdagi imon talablarining oltinchisi taqdiri ilohiyga – inson boshiga tushgan yaxshiligu yomonlik Allohdan ekaniga e’tiqod qilishdan iboratdir. Inson o‘zining hayotida ro‘baro‘ bo‘ladigan barcha yaxshi-yomon ishlarni o‘zi uchun Alloh tomonidan belgilangan sinov va imtihon deb bilishi zarur bo‘lib, yaxshiliklarga shukur qilmog‘i, qiyinchilik va mashaqqatlarga sabr qilmog‘i imonning shartlaridan bo‘lib hisoblanadi.
7. Islom dinidagi imon talablarining ettinchisi o‘limdan keyin qayta tirilishga ishonishdir. Islom ta’limotiga ko‘ra, qiyomat kuni bo‘lganda barcha insonlar qabrdan turadilar va mahshargoh maydoniga yig‘iladilar. U yerda barcha odamlar dunyodagi amallariga qarab mukofot (jannat) yoki jazo (do‘zax)ga mahkum etiladilar.
Islom dinida “Islomning arkonlari” (islom ustuni) bo‘lib hisoblanuvchi diniy marosim talablari Islom talablari deyiladi va unga 5 ta amaliy marosimchilik talablari kiritiladi. Bularga kalimai shahodatni bilish, namoz o‘qish, ro‘za tutish, zakot berish va haj qilish kabi amallar taalluqlidir.
1. Islom dinidagi amaliy marosimchilik talablarining birinchisi kalimai shahodatni bilishdir. Kalimai shahodat Allohdan o‘zga iloh yo‘qligiga va Muhammad uning bandasi va payg‘ambari (rasuli) ekanligiga shohidlik beraman deyishdan iboratdir. Kalimai shahodat arab tilida “Ashhadu an la iloha illollohu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va rasuluh” deb o‘qiladi.
2. Namoz islom dinidagi islom amaliy marosim talablarining ikkinchisidir. Qur’oni karimda namozga qat’iy buyruqlar kelgan bo‘lib, uning ba’zi shartlari bayon etilgan. Namozning vaqti, miqdori hamda ado etish tartiblari hadislar bilan joriy etilgan. Bu masalada turli mazhablarda ba’zi farqlar bor. Har kuni besh vaqt namoz: bomdod – (tong otishidan kun chiqquniga qadar), peshin – (quyosh tikkadan oqqanidan to biron narsaning soyasi o‘z bo‘yiga ikki barobar kelguniga qadar), asr – (peshin vaqti chiqishi bilan to quyosh to‘liq botgunga qadar), shom – (quyosh to‘liq botganidan ufqdagi qizillik yo‘qolguniga qadar), xufton – (shom vaqti chiqqanidan tong otguniga qadar) ado etiladi.
3. Islom dinidagi amaliy marosimchilik talablarining uchinchisi ro‘za bo‘lib, u yilda bir oy – hijriy qamariy kalendarning ramazon oyi davomida kunduz kunlari yeyish-ichish va boshqa huzur-xalovatdan tiyilishni talab qiladi. Ro‘za hijratning ikkinchi yili farz bo‘lgan bo‘lib, bu ibodat kasal yo safarda bo‘lgan kishilardan boshqa kunlarda tutib berish sharti bilan soqit qilinadi. Sababsiz ro‘zani buzgan kishi uning kafforati sifatida ikki oy paydar-pay ro‘za tutishi lozim bo‘ladi. SHuningdek, ro‘za ramazondan tashqari oylarda ham tutilishi mumkin. Masalan, nafl ro‘za yoki qasamni buzishdagi kafforat ro‘zasi tutiladi.
4. Islom dinidagi amaliy marosimchilik talablarining to‘rtinchisi zakot bo‘lib, zakot«poklash» degan ma’noni bildiradi, ya’ni ehtiyojdan tashqari bo‘lgan boylikning qirqdan bir qismini (2,5 %) sadaqa qilish. Zakot moli zakot miqdoriga yetgan badavlat kishilar uchun farz etilgan. Zakot etim-esir, beva-bechoralar, musofirlar, qarzdorlar, Alloh yo‘lida yurganlar, zakot yig‘uvchilarga beriladi. Zakot hijriy hisob bilan bir yil davomida ishlatilmay turgan yoki shaxsiy ehtiyojdan tashqari xususiy mulk sifatida foydalanilayotgan mablag‘dan beriladi. Zakot islomdagi ijtimoiy himoyalashning o‘ziga xos ko‘rinishidir. Bu jamiyat taraqqiyoti, tinch va osudaligi yo‘lida katta ahamiyat kasb etadi.
5. Islom dinidagi amaliy marosimchilik talablarining beshinchisi haj bo‘lib, hajqodir bo‘lgan kishi uchun umrida bir marta Makka shahridagi Ka’bani ziyorat qilish va ushbu ibodat o‘z ichiga oladigan arkonlarni ado etishdan iborat. Haj zulhijja oyining sakkizinchi kunidan boshlanadi. Haj qilishning uch turi mavjud: «ifrod» – faqat haj amallari bajariladi, «qiron» – haj va umra amallari oldinma-ketin bajariladi, «tamattu’» – avval umra qilinib, ehromdan chiqiladi va zulhijja oyining sakkizinchi kuni ehromga kirib, haj ruknlari ado qilinadi. Hajning farzi uchta: ehrom bog‘lab niyat qilmoq, Arafotda turmoq, Ka’bani tavof qilmoqdan iboratdir.
Ehson talablari Islom dinidagi imon va islom talablariga sidqidildan ishonishni o‘zida ifodalaydi.Islom dinida imon va boshqa e’tiqod masalalari – ilm al-aqoid (ilohiyot) ilmida o‘rganilsa, boshqa ibodat masalalari va shu masalaga taalluqli ko‘pgina savollar bilan ilm al-fiqh (diniy qonunshunoslik) doirasida bayon qilinadi va o‘rganiladi.

Yüklə 119,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin