14-mavzu: islom qadriyatlari reja



Yüklə 226,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix21.12.2023
ölçüsü226,54 Kb.
#188809
  1   2   3   4
14-mavzu islom qadriyatlari reja



14-MAVZU: ISLOM QADRIYATLARI 
 
REJA: 
1.Islomda inson huquqlari himoyasi, ijtimoiy tenglik, adolat va tolerantlik 
g’oyalari. 
2. Islomda axloqiy qadriyatlar. 
3. Islom dinining jahon sivilizatsiyasi rivojidagi o‘rni. 
 
Tayanch so’z va iboralar
: Islom dini, Muhammad payg'ambar(s.a.v), 
Qur'on, Hadislar, Kalom falsafasi, tasavvuf, huquq falsafasi, tasavvuf 
 
Qur’on va hadis — islom ta’limotining asosiy manbalari. 
«Qur’on» arabcha «qara’»-o’qimoq, oddiy o’qish ham shuningdek, 
ma’lum matnni ohang bilan o’qish, ya’ni «qiroat qilish», «Tilovat qilish» 
mazmunidagi fe’ldan, «o’quv», «o’qiladigan kitob» ma’nosini beradi. Qur’oni 
karim – Olloh tarafidan 23 yilga yaqin muddat mobaynida Muhammad 
payg’ambarga oyatma-oyat, sura-sura tarzida nozil qilingan ilohiy (sakral) kitobdir. 
Bu kitob islom dinining muqaddas manbasi hisoblanadi. Islom ilohiyot 
maktablaridan biri ahl as-sunna va-l-jamoa ta’limotiga ko’ra, Qur’on Olloh 
taoloning so’zi va uning azaliy ilmidir. 
Arab tarixchilarining xabar berishlaricha, xalifa Usmon Qur’onni 
mutolaa qilib o’tirganida fitnachi musulmonlar tomonidan o’ldirilgan. U kishining 
qoni Qur’on sahifasiga to’kilgan, degan naql xalq orasida keng tarqalgan. Bundan 
Kufadagi kitob savdogarlari foydalanib, ko’p nusxada «qonli» Qur’on nusxalari 
tayyorlab sotganlar. Hozirgi paytda jahon muzey va kutubxonalarida bunday 
nusxalar saqlanadi. Ulardan biri Toshkent shahrida O’zbekiston musulmonlar 
idorasida saqlanadi. Unda ham qon izlari bo’lib, shu nusxa aynan xalifa Usmonga 
tegishli degan fikrlar mavjud. Mazkur Qur’on 353 varaqdan iborat bo’lib, varaqlar 
o’lchami 68x53 sm., matn yozilgan qism hajmi 50x44 sm. Sahifalar kiyik terisidan 
ishlangan bo’lib, har biriga 12 qatordan chiroyli kufiy xatida yozuv bitilgan. Ko’p 
varaqlari yo’qolgan va keyinchalik qog’oz sahifalar bilan to’latilgan.

Yüklə 226,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin