14-mavzu: islom qadriyatlari reja



Yüklə 226,54 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix21.12.2023
ölçüsü226,54 Kb.
#188809
1   2   3   4
14-mavzu islom qadriyatlari reja

Hadislar.
Qur’on ilk islomda yakka-yu yagona manba edi. Ammo arab 
istilolari natijasida vujudga kelgan xalifalik hududlarida yashayotgan turli xalqlar 
talab-extiyojlariga Qur’on to’la javob bera olmas edi. SHu tariqa o’zgargan tarixiy 
sharoitdagi talab va extiyojlarga javob beradigan yangi manbalar vujudga kelishi 
zarur bo’ldi. Islom olimlari Muhammad payg’ambarning hayot yo’li, u aytgan 
hikmatlari, ibratli xabarlar, qo’rsatgan yo’l-yo’riqlari, uning va saqobalarining 
yaxshi ishlari o’g’it va nasihatlarini bilgan shaxslardan eshitib to’play boshlaganlar. 
Bu yangima’lumotlarni «hadis», ya’ni «hikoya», «xabar», «hikmat» deb aytish 
mumkin. hadislar to’plami- Sunna deb yuritiladi. Sunniy yo’nalishdagi musulmonlar 
tan olgan, hadislargina sunna hisoblanib, u Qur’ondagi keyindagi ikkinchi manba 
qisoblanadi. qadislarning dastlab Muhammadning’ qarindoshlari, xalifalar, 
saqobalar ishlatgan, ya’ni ular biron-bir ko’rsatmani (avvalo huquqiy xarakterdagi 
ko’rsatmani) qonunlashtirish uchun o’zlari Muhammadning so’zidan eshitgan 


so’zlarni dalil qilib keltirganlar. UI-1X asrlarda ming-minglab hadis to’plangan yoki 
to’qilgan. hadisshunoslik savob ish hisoblangan, hadislarni to’plash mustaqil 
bilimga aylangan, bu ishga ixtisoslashgan ilohiyot peshvolari esa muxaddislar, deb 
atalganlar. hadislarning aksariyati huquqiy va ahloqiy normalarni, marosim va urf-
odatlar, oilaviy munosabatlar, kasb-kor, savdo-sotiq, ilm, ota-ona, farzand, 
qarindosh-urug’, do’stlik, yaxshilik yoki yomonlikka oid bo’lgan. Ammo tarxiy 
mazmunga ega bo’lgan.
Muhammad tarjimai-holini, xalifalar, saqobalar faoliyatini bayon etgan 
qadislar qam bo’lgan. Islomda taniqli va nufuzli hisoblangan kishilar tomonidan 
yetkazilgan hadislar (saqih) deb e’tirof qilingan.
Hadislarni yetkazgan kishilar ishonchli bo’lsa, bu hadis yaxshi (xasan) 
deb atalgan. Ishonchli bo’lmagan shaxslar yetkazgan hadislar bo’sh (zaif) deb 
atalgan. Haqiqiy rost, chin hadislarni sohta hadisdan ajratish eng muxim ish 
hisoblangan. Bu ishda ham qiyoslash, taqqoslash usulidan foydalanilgan. Masalan, 
biron hadis turli shaxslardan, turli, bir-biridan uzoq joylarda solishtirilgan ular aynan 
tug’ri kelsa o’shanday hadis saxiq, ya’ni chin hadis hisoblangan, agar bir-biriga 
bironta so’zda, ma’noda to’g’ri kelmasa unday hadis sohta yoki zaif hisoblangan va 
tashlab yuborilgan. 
Payg’ambarimiz alayhissalom hadislarining asliyatini ilmiy asosda 
aniqlash va jamlash masalasida imom al-Buxoriyning xizmatlari beqiyosdir. Bu 
yo’nalishda buyuk muhaddis birinchilardan bo’lib ishlab chiqqan talab va qonun-
qoidalar hadis ilmida «Imom al-Buxoriy shartlari» («SHurut al-imom al-Buxoriy») 
yoki «Sahih al-Buxoriy shartlari» («SHurut «Sahih al-Buxoriy»«) deb atalib, undan 
keyingi barcha muhaddislar tayanib asarlar yaratadigan asosiy dasturulamal 
vazifasini o’tagan. 

Yüklə 226,54 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin