K. Marks va F. Engels ko'rib chiqildi ish insonning tashqi tabiatni asboblar yordamida o'zgartirishga qaratilgan universal maqsadli ob'ektiv faoliyati sifatida. Ular mehnat nafaqat tabiatni, balki insonning o'zini ham o'zgartirish jarayoni ekanligini ta'kidladilar.
Insonning kelib chiqishida mehnatning tutgan o‘rni haqida gapirganda shuni yodda tutish kerakki, mehnat tarix davomida o‘zgarishlarga uchrab, uning ayrim xususiyatlari inson ongining o‘zi shakllanishi bilan shakllangan. Rivojlangan shaklda u odamlarning ongli, maqsadli faoliyatini ifodalaydi, o'zining kelib chiqishida ongni shakllantirish omili sifatida harakat qildi. Shunday qilib, u allaqachon uni hayvonlar hayotidan ajratib turadigan bir qator xususiyatlarga ega edi.
Ish, Birinchidan, passiv-adaptiv faoliyat emas, balki faol-transformativ xususiyatga ega. Ikkinchidan, bunday faoliyatning asosiy natijasi asboblar ishlab chiqarish bo'lib, keyinchalik ular mehnat faoliyatini amalga oshirish vositasiga aylanadi. Ishlab chiqarilgan asboblar boshqa asboblarni ishlab chiqarish uchun mo'ljallangan bo'lishi mumkin, shuning uchun mehnat ishlab chiqarish faoliyati uchun asboblarning yaxlit tizimini nazarda tutadi. Bundan tashqari, mehnat qurollarini yasash va ulardan foydalanish jarayoni bu faoliyat uchun mos keladigan shaxslar o'rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuning uchun tashqi muhitdan oddiygina olingan ob'ektni mehnat quroli deb bo'lmaydi. Uchinchidan, mehnat - bu shaxslarning faoliyati emas, balki ijtimoiy, jamoaviy jarayon.
Faoliyat va ong birligi prinsipi.
u prinsipga ko'ra ong va faoliyat o'zaro uzviy bog'liq hodisa hisoblanadi. Ya'ni biri ikkinchisini taqozo etadi. Mashhur rus psixologi Sergey Leonidovich Rubenshteyn psixologiyada ong va faoliyat birligi prinsipining asoschisi hisoblanadi. Dastlab bolada ongning shakllanishi uchun tug'ma imokniyatlar mavjud bo'ladi. Ammo uning shakllanishi bevosita faoliyatning shakllanishi bilan tarkib topadi. Ayni vaqtda faoliyat ongning shakllanishi va rivojlanishining negizi, o'z mohiyati manbai bo'lib xizmat qiladi. Ongsiz faoliyat bo'lmaydi, faoliyatsiz ong bo'lmaydi. Psixikani faoliyatda taraqqiy etish prinsipi. Bu prinsipga ko'ra inson shaxsi va uning psixologik xususiyatlari faoliyatda taraqqiy etadi. Bu prisipning asoschisi psixologiyada faolyait nazariyasining asoschisi hisoblangan A.N.Leontyevdir. Leontyev o'zining «Psixika taraqqiyoti muammolari» nomli asarida quyidagi fikrni keltirgan: «Inson shaxsi va ongi faoliyatda shakllanadi, faoliyatd taraqqiy etadi va aynan shu faoliyatda namoyon bo'ladi». Shu prinsiplarga asoslanib psixologik qonuniyatlar amalga oshiriladi va tegishli xulosalar chiqariladi. Tarixiylik prinsipi. Psixologiyada biror voqelikni tadqiq etishni uning ayni paytgacha o'rganilish tarixi, jarayoni, ijobiy va salbiy jihatlari inobatga olinadi hamda tadqiqotchi tomonidan avval o'rganilmagan jihatlari yangilik sifatida kashf etiladi. Bu prinsipga asosan ilmiy tadqiqiy ishlarni amalga oshirishda foydalaniladi. Nazariya va amaliyot birligi prinsipi. Nazariyada yaratilgan kashfiyotlar, tadqiqotlar amaliyotda joriy etilishi va aksincha amaliyotda tekshirilgan, kuzatilgan hodisalarni nazariy jihatdan asoslashni taqozo etadi. Monizm prinsipi. Biror bir voqelikni tadqiq etishda alohida shaxsga taalluqli jihatlarni asos qilib olish va shu asosda xulosalar chiqarishni nazarda tutadi. Monizm so'zi bitta alohida ma'nosini anglatadi.