14-mavzu narx va uning shakllanishi


Umumiy naflilik (total utility) so‘nggi qo‘shilgan naf­lilik ko‘rsatkichlarini jamlash orqali aniqlanadi



Yüklə 360,73 Kb.
səhifə12/99
tarix16.12.2023
ölçüsü360,73 Kb.
#183009
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   99
14-mavzu narx va uning shakllanishi

Umumiy naflilik (total utility) so‘nggi qo‘shilgan naf­lilik ko‘rsatkichlarini jamlash orqali aniqlanadi.
Agar iste’molchi kamayib boruvchi keyingi qo‘shilgan naf­lilikka ega bo‘lsa, u holda yalpi naflilik kamayadi.


2. Iste’molchi budjeti, uning cheklanganligi va omillari
Iste’molchi xulqini tahlil qilishning asosiy das­ta­gi bo‘lib farqsiz egri chizig‘i xizmat qiladi. Farqsizlik egri chizig‘i iste’molchi uchun A va B tovarlarning u yoki bu tengqiymatli to‘plamini aks ettiruvchi nuqtalarninggeometrik joylashishidir.
Farqsizlik egri chizig‘i tegishli nuqtalarga mos ke­luv­chi ikki tovarning barcha to‘plami (muqobil variant­lari) iste’­molchi uchun bir xil nafli. Shu sababli, iste’molchi ularning bir to‘plamdan boshqasiga oson o‘tishi mumkin.
Farqsizlik egri chizig‘i ehtiyojlarni bir xil darajada qondi­rilishini ta’minlovchi iste’mol tovarlari to‘plam­lari yig‘indisini namoyon etadi.
Ya’ni iste’molchi uchun farqsizlik egri chizig‘ida joylash­gan tovarlar to‘plamini tanlashda farq mavjud bo‘lmaydi64.
Shunday qilib, iste’molchi xatti-harakatini tushunishda iste’molchi budjetining cheklanganligi muhim ahamiyat kasb etadi. Budjet cheklanganligi iste’molchining muayyan pul daromadlari mavjudligi sharoitida narxlarning muayyan daraja­sida u yoki bu turdagi tovarlarning ma’lum cheklangan miqdorini sotib olish imko­niyati orqali ifodalanadi69.


3.Iste’molchi tanlovi nazariyasi. Naflilikni maksimallashtirish qoidasi
Iste’molchi tovarlarning turli to‘plamini xaridqilishda doimo naflilikni maksimallashtirish qoidasiga amal qiladi. Bu qoidaning mazmuni quyidagicha bayon etiladi:
Iste’molchi o‘ziningdaromadini shunday sarflashi kerakki, daromad to‘liq sarflangan holatda tovarni xaridqilishdan olingan so‘nggi qo‘shilgan naflilikning tovar narxiga nisbati barcha tovarlar uchun bir xil qiymatga ega bo‘lishi lozim.
ya’ni71:

bu yerda, MU – xva y tovarlarning so‘nggi qo‘shilgan nafliligi; P – ularning narxi.


Bu qoida iste’molchining muvozanatli holatini ifoda­laydi.72
Iste’molchi o‘ziningdidi va ruhiyatiga ko‘ra turli xil tovar­lar to‘plamini ma’qul ko‘rishi mumkin. Bunda u tovarlar­ning ma’lum bir to‘plamini boshqa biriga taqqoslab ko‘radi. Iste’­molchi tanlovini tushuntirishda farqsizlik egri chizig‘i muhim rol o‘ynaydi.



Yüklə 360,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin