14-mavzu narx va uning shakllanishi


Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va uning tartibga solinish xususiyatlari



Yüklə 360,73 Kb.
səhifə10/99
tarix16.12.2023
ölçüsü360,73 Kb.
#183009
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   99
14-mavzu narx va uning shakllanishi

4. Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va uning tartibga solinish xususiyatlari
Кo‘pchilik mamlakatlarda mehnat munosabatlarining ri­voj­lanishida bosh masala ishsizlikni ijtimoiy kafolat­lashga, ishlovchi­larning mehnat sharoitini yaxshilash va ish haqini oshirish imkoniyatlari bilan bog‘liq masalalar hisoblanadi. Bu muammolarni hal qilishda asosiy rol kasaba uyushmalariga tegishli bo‘ladi.
Кo‘pchilik bozorlarda ishchilar o‘zlarining ish kuchini kasaba uyushmalari orqali jamoa bo‘lib «sotadi». Кasaba uyushmalari nisbatan ko‘p sonli ishga yollovchilar bilan muzo­karalar olib boradi va ularning asosiy iqtisodiy vazifasi ish haqini oshirishdan iborat bo‘ladi. Кasaba uyush­malari bu maqsadga turli xil yo‘llar bilan erishishi mumkin.
1. Ishchi kuchiga bo‘lgan talabni oshirish. Кasaba uyushmalar nuqtayi nazaridan ish haqini oshirishningengqulay usuli mehnatga bo‘lgan talabni kengaytirish hisoblanadi. Ishchi kuchiga bo‘lgan talabning ortishi natijasida ish haqi stavkasi ham, ishchi o‘rinlari soni ham ortadi. Кasaba uyushmalari bu talabni belgilovchi bir yoki bir necha omillarni o‘zgartirish yo‘li bilan ishchi kuchiga bo‘lgan talabni ko‘pay­tirishi mumkin. Xususan, ular quyidagilarga erishishga hara­kat qiladi: 1) ishlab chiqariladigan mahsulot yoki ko‘rsati­ladigan xizmatga talabni oshirish; 2) mehnat unumdorligini oshirish va 3) ishchi kuchi bilan birgalikda foydalanadigan boshqa ishlab chiqarish omillari narxlarini o‘zgartirish.
2. Ishchi kuchi taklifini qisqartirish. Кasaba uyushma­lari ishchi kuchi taklifini qisqartirish yo‘li bilan ish haqi stavkasini oshirishi mumkin. Bunga quyidagi yo‘llar bilan erishiladi: a) immigratsiyani cheklash; b) bolalar mehna­tini qis­qartirish; d) pensiyaga muddatida chiqishni qo‘llab-quvvatlash; e) ish haftasini qisqartirishga yordam berish.
Bulardan tashqari kasaba uyushmalari tadbirkorlarni o‘z a’zolarini ishga yollashga majbur qilib, ishchi kuchi taklifi ustidan to‘liq nazorat o‘rnatadi. Кasaba uyushmalari o‘z a’zolari sonini qisqartirish siyosati orqali (masalan, uzoq muddatli o‘qitish, yangi a’zolarni qabul qilishni cheklash yoki taqiqlash) ishchi kuchi taklifini sun’iy ravishda qisqartiradi. Bu, o‘z navbatida, ish haqi stavkasining ortishiga olib keladi.
3. Кasbni malakali litsenziyalash. Bu ma’lum mehnat turi taklifini cheklash vositasi hisoblanadi. Bunda kasaba uyushmalari korxona ma’muriyatiga ma’lum kasbdagi ishchilar aniq ko‘rsatilgan talablarga javob bergan taqdirda ishga qabul qilishga ta’sir ko‘rsatadi. Bu talablar o‘z ichiga ishchining ta’lim darajasi, mutaxassislik bo‘yicha ish staji, imtihon natijasi va shaxsiy tavsiflarini oladi.
4. Кasaba uyushmalari jamoa shartnomalari tuzishda monopol holatga ega bo‘lgan tadbirkorlarga qarshilik ko‘rsatish yo‘li bilan ham ish haqi stavkasini oshirishga eri­shish mumkin. Buning natijasida ish haqini oshirish bi­lan bog‘liqqo‘shimcha sarflar, yangi ishchi kuchini yollash nati­jasida olinadigan mahsulot hajmidan ortiq bo‘ladi.
Hozirgi zamon mehnat munosabatlari o‘zida davlatning ta’sirini ham aks ettiradi. Davlatningqonunchilik faoliyati mehnat munosa­batlarining barcha tomonlarini qamrab oladi. U nafaqat iqtisodiyot davlat sektorining ishchi kuchiga bo‘lgan talabini bildiradi, balki uni xususiy sektorda ham tartibga soladi, milliy iqtisodiyot miqyosida ishga yollashning asosiy o‘lchamlarini aniqlaydi.
Mehnat munosabatlariga davlatning ijtimoiy dasturlari (kam ta’minlangan oilalarga yordam, ishsizlik bo‘yicha nafaqa, har xil ijtimoiy to‘lovlar, pensiya ta’minoti va boshqalar) katta ta’sir ko‘rsatadi. Bu dasturlar bozor tahlikasi yuqori bo‘lgan davlatlarda aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini barqarorlashtirishga ma’lum bir darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Davlatning mehnat munosabatlariga ta’sir ko‘rsatish yo‘llari sifatida yana quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
ish haqiningeng kam darajasi (minimal ish haqi)ni aniqlash va o‘zgartirish;
ishga yollashning umumiy shart-sharoitlarini belgilash;
bandlik xizmati (mehnat birjalari) faoliyatini amalga oshirish;
davlat ta’lim tizimi orqali ishchilarni o‘qitish va qayta tayyorlashni tashkil qilish.
Davlatning ish kuchi bozoridagi vositachilik roli ham mehnat munosabatlariga sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Jumladan, o‘ziga qisman ishchi o‘rinlarini qidirish va tavsiya qilish hamda ishga joylashtirish bo‘yicha umummilliy dasturlarni ishlab chiqish vazifalarini oladi. Ishchilarni o‘qi­tish va qayta tayyorlashningdavlat tizimi, bozorningo‘zga­ruvchan talablariga tez moslashishga imkon beradi.
Ishchi kuchi bozorining barcha qarab chiqilgan xususiyatlari, uningyetarli darajada takomillashmagani, ya’ni unda raqo­batdan tashqari omillar – davlat, kasaba uyushmalari va yirik korporatsiyalar ishtirok etishini ko‘rsatadi.




Yüklə 360,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   99




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin