3.6-jadval O‘zbekistonda 1995-2003 yillarda davlat korxonalarini xususiylashtirishning asosiy ko‘rsatkichlari
Ko‘rsatkichlar
1995
1996
1997
1998
1999
2000
2001
2002
2003
Xususiylashtirilgan korxonalar soni, birlik
8537
1915
1231
451
448
374
1449
1912
1519
Xususiylashtirish natijasida tashkil etilgan nodavlat mulkidagi korxonalar soni
8537
1915
899
266
373
372
1238
1800
1452
Aksiyadorlik jamiyatlari
1026
1257
456
110
141
152
227
223
75
Xususiy korxonalar
6036
420
260
103
156
103
827
1252
981
Boshqa shakldagi korxonalar
1475
238
183
53
76
117
184
325
396
Xususiylashtirishdan tushgan mablag‘, mlrd. so‘m
2,4
5,3
4,4
8,9
9,1
14,3
23,2
43,6
56,1
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari.
Jadvaldan ko‘rinadiki, tahlil qilinayotgan davr mobaynida 17836 ta davlat ob’ekti xususiylashtirilib, ular asosida 16852 ta nodavlat mulkidagi korxonalar tashkil etilgan. Jumladan, ushbu korxonalarning 3667 tasi (21,8%) aksiyadorlik jamiyatlari, 10138 tasi (60,2%) xususiy korxonalar, 3047 tasi (18,1%) boshqa shakldagi korxonalardan iborat. Bu davrda xususiylashtirishdan tushgan mablag‘lar hajmi 167,3 mlrd. so‘mni tashkil etgan.
O‘zbekistonda davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonlarining hozirgi – beshinchi bosqichi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 24 yanvardagi «O‘zbekiston iqtisodiyotida xususiy sektorning ulushi va ahamiyatini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni bilan bog‘liq. Mazkur Farmon asosida iqtisodiy nochor korxonalarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini jadallashtirish, shuningdek, mazkur korxonalarni modernizatsiyalash va barqaror rivojlantirish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarni jalb etish maqsadida xususiylashtirilgan ob’ektlarga narx belgilashning samarali mexanizmi joriy etildi. Xususan, xususiylashtirilgan korxonalar davlat aktivlarining boshlang‘ich narxlarini sekin-asta pasaytirib borish hamda davlat, iqtisodiy nochor korxonalarni va past likvidli ob’ektlarni nol darajadagi xarid qiymati bo‘yicha tanlov asosida investitsiya majburiyatlarini qabul qilish sharti bilan investorlarga sotish tartiblari tasdiqlandi12.
Mamlakatimizda hozirda ham xususiylashtirish jarayonlari bosqichma-bosqich davom ettirilmoqda. Ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, 2004-2008 yillar davomida 3904 ta davlat ob’ekti xususiylashtirilib, buning natijasida tushgan mablag‘larning jami hajmi 471,1 mlrd. so‘mni tashkil etgan (3.7-jadval).