14-mavzu. O’zbekistonda demokratik fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O’zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi. Reja
14-mavzu. O’zbekistonda demokratik fuqarolik jamiyati asoslarining shakllanishi, amalga oshirilgan siyosiy islohotlar. Iqtisodiy islohotlar, xususiy mulkchilikning shakllanishi. O’zbekistonda bozor munosabatlarining rivojlanishi. Reja: Milliy davlat boshqaruv tizimi. Mustaqil O’zbekistonda hokimiyatlar bo’linishi prinsipi.
O’zbekistonda ko’ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar.
O’zbekistondagi parlament tizimi va undagi islohotlar. Huquq tartibot organlari va sud tizimidagi o’zgarishlar.
O’zbekistonda nodavlat notijorat tashkilotlar va ularning siyosiy, ijtimoiy hamda iqtisodiy jarayonlardagi ishtiroki. Ijtimoiy sherikchilik.
O’z-o’zini boshqaruv organlarining faoliyati va ularning jamiyatni demokratlashtirishdagi o’rni. O’zbekistonda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasi.
Inson haq-huquqlarini ta’minlash va himoya qilish. O’zbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qo’llab-quvvatlash vazirligining tashkil etilishi va faoliyati.
1.Milliy davlat boshqaruv tizimi. Mustaqil O’zbekistonda hokimiyatlar bo’linishi prinsipi.
Jahon davlatchilik va demokratik taraqqiyoti tajribasidan ma’lumki, huquqiy davlat qurishni maqsad qilib qo‘ygan har bir jamiyatda davlat hokimiyatini tashkil etish hokimiyatlar bo‘linishi nazariyasiga asoslanishi kerak. Chunki bunday prinsip yuz berishi mumkin bo‘lgan suiste’mollikni oldini olishning ishonchli vositasi sifatida namoyon bo‘ladi. Huquqiy davlat va erkin fuqarolik jamiyati qurayotgan O‘zbekiston ham o‘z davlat organlari idoralari tizimini hokimiyatlar bo‘linishi asosida tashkil etgan.
Huquqiy davlatning muhim tamoyillaridan bo‘lgan hokimiyatlar bo‘linishi nazariyasi O‘zbekiston Konstitutsiyasining 11 moddasida “O‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyatining tizimi – hokimiyatning qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bo‘linish prinsiplariga asoslanadi”, deb mustahkamlab qo‘yilgan. Hokimiyatlarga bo‘linish prinsipining amalga oshirilishida “bir-birini tiyib turish va o‘zaro muvozanatda ushlash” tizimining samarali ishlashi juda muhim bo‘lib, bu tizimning huquqiy asoslari Asosiy Qonunda mustahkamlangan. Unda hokimiyatning har bir tarmog‘i vakolatiga kiruvchi masalalar doirasi aniq chegaralanib, ko‘rsatib berilgan. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni – Oliy majlis, ijro etuvchi hokimiyatni – Vazirlar mahkamasi, sud hokimiyatini – sudlar amalga oshiradi.
Ta’kidlash lozimki, ilmiy doiralar va kundalik hayotda ommaviy axborot vositalari haqida ba’zan mustaqil to‘rtinchi hokimiyat tarmog‘i sifatida fikr yuritiladi. Ammo, ommaviy axborot vositalarini bunday ifoda etish qandaydir rasmiy hokimiyatni bildirmaydi. SHunga qaramasdan, ommaviy axborot vositalari jamoatchilik fikrini shakllantirishda o‘ta muhim rol o‘ynaydi va ulkan ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasidagi davlat idoralari davlat hokimiyatini amalga oshirishning yagona tizimini tashkil etadi. O‘zbekiston fuqarolari davlat ishlarini boshqarishda ishtirok etish huquqini amalga oshirar ekan, saylovlar va o‘z vakillari orqali davlat organlarini shakllantirishga ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Konstitutsiyaga muvofiq (99 modda), “Viloyatlar, tumanlar va shaharlar(tumanga bo‘ysunuvchi shaharlar, shuningdek, shahar tarkibiga kiruvchi tumanlardan tashqari) hokimlar boshchilik qiladigan xalq deputatlari kengashlari hokimiyatning vakillik organlari bo‘lib, ular davlat va fuqarolarning manfaatlarini ko‘zlab o‘z vakolatlariga taalluqli masalalarni hal etadilar”.
2.O’zbekistonda ko’ppartiyaviylik tizimining shakllanishi va uning ahamiyati. Siyosiy partiyalar faoliyatidagi xususiyatlar. O’zbekistondagi parlament tizimi va undagi islohotlar. Huquq tartibot organlari va sud tizimidagi o’zgarishlar.