14-mavzu. Separatsion apparatlar turlari va ularning ishlash
prinsipini o‘rganish va mustahkamlikga hisoblashlar.
14.1. Separatorlar
Neftni gazsizlantirishda neftning tarkibidan gaz ajratib olinadi. Ajratib
olishda qо‘llaniladigan apparatga ajratgich (separator) , ajralib chiqish
jarayoniga –ajralish (separatsiya) deyiladi.
Neftgaz sanoatida tik va gorizontal ajratgichlar kо‘proq qо‘llaniladi
(14.1 va 14.2 –rasmlar).
.
14.1-rasm. Tik ajratgichning qurilmasi:
1-korpus; 2-pukkak; 3-drenaj quvuri; 4-qiya tekislik; 5-gaz-suyuqlik aralashmasining
kirituvchi quvurcha; 6-bosimni rostlagich; 7-gazning tezligini muvozanatlovchi tо‘siq;
8-nasadka qovurg‘asi; 9-sath rostlagich; 10-neftni chiqaruvchi quvurcha; 11-tarqatish
kollektori; 12-lyuk; 13-seksiyani bekitgich.
I-ajratgich; II–tindirgich; III-neft olgich; IV-tomchi tutqich.
14.2. – rasm. Gorizontal gazneftni ajratgich:
1-quvurcha; 2-oshib oqib о‘tuvchi tо‘siq; 3 – kо‘pik sо‘ndiruvchi panjara; 4 –
qiya polka; 5 – teshik; 6 – tomchilarni tutuvchi panjara; 7 – tо‘siq; 8 – suyuqlik
sathini rostlovchi pukkak.
Ishlatish tartibi. Gazneft aralashmasi quvurcha (1) orqali qobul
qiluvchi A seksiyaga tо‘planadi va oshib oqib о‘tuvchi (2) tо‘siq
orqali
avval kupik sundiruvchi B –seksiyasiga sundiruvchi (3) orqali о‘tadi va
undan keyin esa ajratuvchi seksiya V ga tо‘planadi. Ajratuvchi seksiyaning
yuqori qismida shtuser joylashtirilgan va u orqali gazning tarkibidan suv
tomchilarini ushlab qolish uchun tо‘r bilan (6) ta’minlangan.
Ajratish
seksiyasi 4 ta teshilgan qiya shakldagi polkalar (4) bilan ta’minlangan va
teshiklar (5) orqali gaz kirib keladi va u likopcha kо‘rinishida
joylashtirilgan. Suyuqlik ajratish seksiyasidan tо‘siqning (7) tagi orqali
suyuqlikni olish seksiyasiga oqib о‘tadi va u suyuqlik sathini rostlovchi (8)
pukkak bilan ta’minlangan. Erkin suvlarni chiqarib yuborish uchun har bir
seksiyada drenaj quvurlari о‘rnatilgan.
Tik ajratgich – yarim sferik shakldagi tubga ega bо‘lgan
tik holda
о‘rnatilgan silindrik korpusdan iborat bо‘lib, gazsuyuqlik aralashmasini
kiritish quvuri, suyuq va gazli fazani chiqarish chizig‘i, oldindan
himoyalovchi va rostlovchi armatura hamda suyuqlik va gazni ajralishini
ta’minlovchi maxsus qurilmadan tashkil topgan.
Tik ajratgichning afzalliklari: suyuqlik sathini rostlashni, parafin
yotqiziqlarini va mexanik aralashmalarni
tozalashni nisbatan soddaligi;
katta bо‘lmagan maydon egallaydi.
Kamchiligi: apparatning bir xil kattalikdagi diametrida gorizontal
ajratgichga taqqoslanganda ish unumdorligining kichikligi; ajralishnish
samaradorligigi kichikligi.
14.2. Gaz ajraktgichni hisoblash tartibi
Gaz ajratgichning devorining qalinligi quyidagi formula yordamida
aniqlanadi:
C
D
P
cheg
ichki
2
(14.1)
Bu yerda: R - gaz ajratgichdagi bosim;
ich
D
- gaz ajratgichning ichki
diametri;
S - payvand choklarini mustahkamlik koeffitsiyenti ( 2-3 mm.ga teng
qabul qilinadi);
cheg
- uzilishdagi chegaraviy kuchlanish, MPa.
k
cheg
*
,
*
- meyoriy ruxsat etilgan kuchlanish (
562
387
*
MPa - D pо‘lat markasi), k – shartli koeffitsiyent ( gaz ajratgichlar uchun
1...0,9 qabul qilinadi);
φ = 0,95 (payvandlangan korpuslar uchun).
Gaz ajratgichning devorining qalinligi payvandlanish shartidan kelib
chiqib, 4 mm.dan katta qabul qilinadi.
Pо‘lat elliptik tublar 159 mm.dan 4000 mm.gacha diametrda
tayyorlanadi.; elliptik tub qismining balandligini diametrga nisbati N/D =
0,25 ga teg qabul qilinadi.
Elliptik tub devorining qalinligi quyidagicha aniqlanadi:
C
R
P
cheg
2
, mm (14.2)
bu yerda; R – tub yuqori chuqqisining radiusi,
H
D
R
4
2
;
Standart holat uchun tub balandligini uni diametriga nisbati 0,25
mm.ga teng.
Pо‘lat tubli ajratgichlarning diametri 1600 mm.gacha
yaxlit listli
pо‘latlardan tayyorlanadi va φ = 1.
Tubining qalinligi silindrik qoplamaning qalinligidan kichik
bо‘lmagan holda qabul qilinadi.