14-Mavzu: Ta'lim jarayonining psixologik asoslari



Yüklə 295,16 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix08.06.2023
ölçüsü295,16 Kb.
#126698
14-Mavzu Ta\'lim jarayonining psixologik asoslari (1)



14-Mavzu: Ta'lim jarayonining psixologik asoslari 
Reja 
1. Ta’limning yosh va pedagogik psixologiya fanida tutgan o'rni. 
2. Ta’lim va aqliy taraqqiyot, o'qish faoliyati va uning turlari. 
3. Ta’lim va bilimlami o‘zlashtirishni boshqarish muammolari hamda 
imkoniyatlari. 
4. Aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich tarkib toptirishning mohiyati. 
5. Muammoli ta’limning moyiyati, pedagogik bah ova uning turlari, ta’lim 
texnologiyalarining psixologik xususiyatlari haqida ilmiy bilimlami shaklliantirish. 
Ta`lim – juda keng ma`noga ega bo`lib, u bilim, ko`nikma va malakalarni 
o`zlashtirish, o`rganish, o`rgatish jarayonidir. Bu ta`rif hozirgi zamon ta`limi 
uchun etarli emas. Chunki hozir mustaqillik davrida ta`lim o`zining mazmuni bilan 
o`quvchilarga bilim, ko`nikma va malakalar berish bilan birga, o`quvchilarni 
hozirgi zamon ruhida milliy kadrlar, jahon madaniyati va maorifining ilg`or 
g`oyalaridan oqilona foydalanib tarbiya beruvchi, bola shaxsini rivojlantiruvchi, 
uni mustaqil fikrlashga o`rgatuvchi, ilmiy tushuncha va izlanishlarga layoqatli 
qiluvchi ta`lim hamdir. 
Ta`lim ikki tomonlama jarayon: 
1-dan, o`quvchi tomonidan bajariladigan, boshqariladigan; 
2-dan, o`quvchi tomonidan bajariladigan jarayondir. 
Demak, ta`lim jarayoni o`rganish va o`rgatish, o`rganib olish va uni hayotga 
tadbiq etish xususiyati bilan izohlanadi. 
O`rganish (o`qitish) – bu o`qituvchining o`quvchilarga bilim, ko`nikma va 
malakalar berish, ularda yangi haqiqatni ochishga qodir bo`lgan ijodiy, mantiqiy 
tafakkurni tarbiyalashdir. 
O`rganish – bu o`quvchilarning o`qituvchi tomonidan berilgan bilimlarni, 
qabul qilishlari jarayoni, o`zlarida bilish qobiliyatlarini, fikrlash operatsiyalari va 
harakatlarni tarkib toptirish jarayonidir. Bu passiv mushohada jarayoni emas, balki 
o`qituvchi tomonidan o`quvchilarga beriladigan bilim va malakalarni faol ravishda 
qayta ishlash jarayonidir. 
O`rganishning asosiy mohiyati shundaki, bunda – o`qish jarayonida 
o`quvchilar mustaqil ravishda bilim ola bilish va bu bilimlardan foydalana olish 
ko`nikmasini o`z ichiga oluvchi aqliy va jismoniy mexnat elementlarini o`ziga 
singdiradi. 
Ta`limning muvaffaqiyati o`quv materiallarning mazmunigagina, ta`lim 
usullarigagina emas, balki u ko`p jihatdan o`quvchining qanday o`qiyotganligini 
bilishga, ya`ni o`quvchining yosh xususiyatlariga, aqliy taraqqiyoti va faolligiga 
muvofiq malakalarni o`zlashtirish jarayonining psixologik asoslarini bilishga ham 
bog`liqdir. 
O`qish jarayoni – o`quvchining o`ziga xos xususiyatlariga ham, uning psixik 
rivojlanishining 
(aqliy, 
emotsional, 
irodaviy 
jihatdan) 
individual 
tavsifnomasiga,unda o`qishga nisbatan qaror topgan munosabatlariga, uning 


qiziqish havaslariga bog`liqdir. Boshqacha qilib aytganda, ta`lim jarayoni 
o`quvchiga nimani va qanday qilib o`zlashtirishning oddiy bir xil natijasi emas, 
ya`ni sirtdan ta`sir qiladigan shart-sharoitlarning oqibati emas, balki o`quvchining 
individual-psixologik xususiyatlariga bog`liq ravishda amalga oshiriladi. 
Ta`limni ijodiy o`zlashtirish, o`rganish, bilim egallash 3 omilga: 
1. Nimani o`qitishga; 
2. Kim o`qitadi va qanday o`qitishga; 
3. Kimni o`qitishga bog`liq. 
1-holda: o`qitish xarakteri o`zlashtirilayotgan materiallarga, uning mazmuniga 
va qanday tizimda etkazib berilayotganligiga bog`liq. 
2-holda: a) o`qituvchining uslubiy mahoratiga; b) ish tajribasiga; g) uning 
bilimiga bog`liq; 
3-holda: a) kimni, qanday o`quvchini o`qitishga; b) psixik rivojlanishining 
individual tafsifnomasiga; v) qiziqish va havaslariga bog`liqdir. 
O`rganish – bilimlarni o`zlashtirish informatsiya olish, esda saqlash va uni 
anglab qolishnigina emas, balki bilimlarni keyinchalik, o`quv ishida shuningdek, 
mexnat jarayonida, umuman turmushga tadbiq qilish qobiliyatiga ega bo`lishidir. 
Bilimlarni o`rganib olish, uni o`zlashtirish quyidagi psixologik komponentlar 
asosida bo`ladi: 
1. O`quvchilarning o`qishga ijodiy munosabatda bo`lishi; 
2. Material bilan bevosita tanishish jarayoni; 
3. Olingan materialni faol ravishda qayta ishlash jarayoni bo`lgan fikrlash 
(tafakkur) 
4. Qabul qilingan va ishlab chiqilgan axborotni esda olib qolish va esda 
saqlash jarayoni. 
Agar o`quvchida o`zlashtirishning ana shu komponentlarini (tarkibiy 
qismlarini) hisobga olib ta`lim berilsa, har bir komponentda ta`limni o`zlashtirish 
jarayoniga e`tibor berilsa, o`quvchi uni muvaffaqiyatli o`zlashtiradi. 
O`rganish – yo`l-yo`lakay, tasodifiy va rejali bo`lishi mumkin. Yo`l-yo`lakay 
o`rganish – turli material va informatsiyalarni turli sharoitda o`rganishdir. Bunda 
o`quvchi materialni izlanishlar, ko`p kitoblarni mutolaa qilish orqali o`rganadi. 
Bunday o`rganish inson hayotining turli faoliyatlari davomida ruy beradi. 
Rejali o`rganish esa materiallarni muntazam ravishda reja asosida, maqsadga 
qaratilgan faoliyat orqali o`rganish demakdir. Shuning uchun ham o`rganish – 
faoliyat hisoblanadi. O`rganish bu stixiyali jarayon emas, balki u maqsadga 
qaratilgan, rejalashtirilgan jarayondir. O`rganish – materialni o`zlashtirish – bu 
ongli jarayondir. Shuning uchun u faol jarayon hamdir. Chunki o`quvchi 
o`qituvchi tomonidan idrok qilingan materialni o`zining tajribasiga, hayotga 
bog`lash bilan voqelikka ongli munosabatda bo`ladi. 
O`rganish jarayoni o`qituvchi shaxsiga, uning pedagogik faoliyatga qanday 
tayyorgarligiga, o`z bilimlarini o`quvchilar ongiga etkazib berishiga unda 
o`quvchilarning xususiyatlarini hisobga olishga, ta`limni hayotga va bolalar 
tarbiyasiga bog`lab olib borishga bog`liqdir. Demak, o`rganishning har ikkala 
tomonlama jarayon ekanligi, u o`quvchi va o`qituvchi faoliyatini boshqarilishini 
talab qiladi. 


2. O`quvchilarning bilish faoliyatini boshqarish, ta`lim jarayonini boshqarish 
– pedagogik psixologiyaning hal qilinishi lozim bo`lgan masalalardan biridir. 
Ko`pchilik psixologlar ta`lim jarayonini, ya`ni o`quvchilarning bilish 
faoliyatini boshqarish qiyin deb ta`kidlaydilar. Lekin uni butunlay boshqarib 
bo`lmaydigan jarayon deyish noto`g`ridir. Chunki bu aniq maqsad kuzlab ta`lim 
berish g`oyasiga ziddir. Biroq, o`qituvchi ta`limni tashkil etadi, unga rahbarlik 
qiladi, uni amalga oshiradi deyish ham uni boshqariladi degan ma`noni bermaydi. 
Chunki biz boshqariladigan ta`lim deb shunday ta`limni aytamizki, bunda har bir 
bolaning harakatlari nazorat qilinishi, o`qituvchi ta`limning har bir bosqichida 
o`quvchilarni bilimlarni o`zlashtirishi yoki muayyan ko`nikma va malakalarni 
hosil qilish haqida uzluksiz axborot olib va yangi materiallarni hamda o`tilgan 
materiallarni o`zlashtirilganligi xarakteriga qarab taqdim qilinishi lozim. 
O`qituvchi ta`lim jarayonida o`quvchilarning bilimlarni o`zlashtirish jarayonini va 
aqliy rivojlanishning borishini hamma vaqt ham nazorat qila olmaydi. Bu hozirgi 
ta`lim jarayonining jiddiy kamchiligidir. 
Jahon psixologlarining fikricha, bilimlarning boshqarishning mumkin bo`lgan 
yo`li – o`zlashtirish jarayonini berilgan topshiriqning o`zlashtirish jarayoni sifatida 
maxsus tashkil etishdir. Bu sohada yaxshiroq ishlangan tizim P.Ya.Gal`perinning 
aqliy harakatlarini etap (bosqichma-bosqich) bo`yicha tarkib toptirish nazariyasiga 
asoslangan ta`lim tizimidir. Bu nazariyaga muvofiq, odamning ontogenetik 
rivojlanishidagi harakatlar interiorizatsiyasi degan jarayonlar, ya`ni tashqi 
harakatlarning asta-sekin ichki aqliy harakatlarga aylanishi jarayonlari ruy beradi. 
Dastavval o`quvchilar tashqi moddiy harakat bilan ish quradi «faqat shundan 
keyingina harakatning integratsiyasi: ya`ni uning ichki harakatga, endi butunlay 
bolaning aqlida voqe bo`ladigan harakatga aylanishi ruy beradi», deb yozadi 
A.N.Leont`ev (Problemы razvitiya psixiki, ikkinchi nashri, M. «Mыsl`» 1965.383 
bet) Ta`lim jarayonini boshqarishda P.Ya.Gal`perinning o`zlashtirish jarayonini 
maxsus tashkil qilish, ta`limni etaplar asosida tashkil qilish nazariyasi muhimdir. 
Bu etaplar quyidagicha: 
I – bosqich – Bolaga o`zlashtirish uchun yo`l-yo`riqlar ko`rsatilmaydi. 
II – bosqich – O`zlashtirish uchun yo`l-yo`riqlar ko`rsatiladi va o`quvchi uni 
bajarishga kirishadi. 
III – bosqich – Moddiy harakat bosqichi bo`lib, bunda harakat yo 
predmetlarda yoki ularning tasvirlarida (sxema, chizmalar, maketlar va xokazo) 
olib boriladi, ular narsalar bilan taqqoslaniladi. 
IV – bosqich – Keyin shu harakatlarning o`zini narsalarga tayanmay baland 
ovoz (nutq) vositasida bajariladi. 
V – bosqich – baland ovoz vositasida harakat qilishni ichki rejaga ko`chirish – 
bu xuddi o`sha tashqi nutqning o`zi, lekin «o`z ichida harakat qilishi»dir. 
VI – bosqich – ichki nutqdagi «o`zi uchun» harakat qismidir. 
Aqliy harakatlarni bosqichma-bosqich tarkib toptirish shu jarayon qaysi shart 
va usullar yordamida tarkib topgan bo`lsa, ana shu shart va usullar tizimi 
tomonidan determinlashtirilgan ekan, bu ularni egallash, boshqarishi mumkin 
ekanligini anglatadi. P.Ya.Gal`perin rahbarligida o`tkazilgan tadqiqotlar fikrlash 


harakatlarini ko`rsatib o`tilgan printsip bo`yicha tarkib toptirish ta`lim jarayonini 
samarali boshqarish imkonini beradi. 
2. Kishining faoliyat jarayoni odamning o`zini urab olgan ob`ektiv dunyoga 
faol munosabatda bo`lishining eng muhim shakllaridan biridir. Shu faoliyat tufayli 
odam bilan tashqi dunyo o`rtasida real bog`lanish amalga oshadi. 
Pedagogik psixologiya o`quv xolatlarining asosiy shakllarini o`yin, taqlid 
qilish, mexnat, takrorlash va yod olish, sinab ko`rish va xolatlarni aniqlash, 
mashqlanish va o`quv vazifalarini hal qilish, mustaqil fikrlash, shuningdek, hissiy 
aloqa qilish, narsalarni qo`l bilan harakatga keltirish rolli o`yinlar, o`quv 
professional faoliyat kabilar bilan belgilaydi. Bularning hammasi ta`limni 
muvaffaqiyatli o`zlashtirishga, o`rganish faoliyatini engillashtirishga, yangi 
bilimlar haqida chuqur tasavvurlar qoldirishga, ularni xotirada uzoq vaqt saqlab 
turish va kerak vaqtda esga tushirishga yordam berish asosiy omillardan 
hisoblanadi. 
O`yin bolalarning ijodiy faoliyati bo`lib, atrof hayotdagi voqelikni aynan 
o`zidagidek emas, balki uni o`zicha aks ettirish, ba`zi narsalarni o`zlashtirish, 
o`ziga o`ylab chiqarish jarayonidir. Bolalar o`yinlarda hayol qiladi, ijod qilish 
elementlari ko`rinadi, fikr yuritadi, ularni o`z nutqida bayon etish orqali 
rivojlanadi. 
Mexnat faoliyati o`quvchi shaxsiga har tomonlama ta`sir qiladi. Har 
tomonlama rivojlanish shaxsni tarbiyalashning asosiy sharti, shaxsning ongli 
faolligidir. Mexnatda o`quvchi shaxsining xarakter iva irodasi tarbiyalanadi, 
kuzatuvchanligi, diqqati rivojlanadi. Mexnat faoliyati o`quvchilarda narsalarning 
o`zini va ularning shakllarini, harakatlarini masofani va boshqalarni esda qoldirish 
bilan bog`liqdir. Odamning ongli va maqsadga qaratilgan mexnat faoliyati har vaqt 
ma`lum motivlarning bo`lishini taqozo qiladi. Mexnat faoliyatida motivlar odam 
ehtiyojlari sababli paydo bo`ladi. O`quvchilarning o`quv faoliyatiga qiziqishlari u 
yoki bu fanning o`zlashtirishga intilishi, bilimlarini kengaytirish ham ma`lum 
motivlar asosida bo`ladi. 
O`qish faoliyati jarayonida o`qish, o`rganish motivi o`zgaradi va tarkib topadi. 
O`qish faoliyati dastlabki yillarda o`quvchi uyda uni o`rishmasliklari uchun, yaxshi 
baho olish maqsadida o`qishi mumkin. O`rta maktab yillarida o`quv predmetlariga 
differentsial qiziqish paydo bo`ladi va shu asosda fan muammolariga qiziqish 
yuzaga keladi va natijada o`smirlarda bilimga bo`lgan qiziqishlarini qondirishga 
qaratilgan bilimlarni egallash motivlari paydo bo`ladi. 
Ma`lumki 1997 yil 29-avgustda «Ta`lim to`g`risidagi qonun» qabul qilindi. 
Uning II bobida ta`lim tizimi va uning turlari aniq ko`rsatib berildi. Unga muvofiq, 
ta`lim o`z Davlat tili, dasturi va ta`lim muassasalari bilan belgilanib, u yagona va 
uzluksiz ta`lim tizimidir. «Ta`lim to`g`risidagi Qonun»ga binoan, bolalar 
yoshligidan boshlab to ishlab chiqarish jarayonida ham ta`lim olish huquqiga 
haqlidirlar. Umrining oxirigacha ham inson voqelikni tinmay o`rganib boradi. 
Ta`lim turlari maktabgacha ta`lim, umumiy va o`rta ta`lim, o`rta maxsus ta`lim, 
oliy ta`lim, oliy o`quv yurtlaridan keyingi ta`lim, malaka oshirish, maktabdan 
tashqari ta`lim, oiladagi ta`lim tizimi bilan izohlanadi. Bu ta`lim tizimi yoshlarga 
bilim, ko`nikma va malaka berish bilan kifoyalanmay, balki ularning komil inson 


qilib etishtirish kabi buyuk vazifalarni bajaradi. O`quvchilar bilimi hayot tajribalari 
bilan bog`langan bo`lishi lozim. Fan asoslarini hayot bilan, mustahkam bog`lab 
o`rganish, uni ishlab chiqish mexnati bilan qo`shib olib borish talab etiladi. 
Shundagina o`quvchilar bilimlarini oshishi va boyishi uchun, o`quvchi shaxsning 
tarkib topishi uchun katta imkoniyatlar vujudga keladi. O`quv amallari va 
o`rgatuvchi amallar o`quvchini nazariy olgan bilimlarini amalga tatbiq qilishda, 
bevosita ishlab chiqarish (zavod, fabrika, qurilish va xokazo) bilan bog`liq 
bo`lishda katta ahamiyat kasb etadi va bolani kelgusi hayotga, faoliyatga, kasbga 
tayyorlaydi. 
4. Ta`lim jarayonini muvaffaqiyatli tashkil etish unga ta`sir etuvchi omillarga 
ham bog`liqdir. Bu omillar ichki va tashqi omillardir. 
Ichki omillarga – diqqat va ustanovkalar kiradi. Ya`ni ta`lim jarayonida 
o`qituvchining o`quvchilar diqqatini tashkil qilishi, ularni turli xolatlarida turlicha 
diqqat xususiyatlaridan foydalana olish, diqqatning barqarorlik va ixtiyoriylik 
xususiyatini shakllantirishdagi usullardan foydalanib o`quvchi diqqatini 
rivojlantirib borishdir. Shuningdek, o`quvchilarning ham o`ziga jalb qilish, 
o`zlashtirishga qiynaladigan, diqqati tarqoq o`quvchilar bilan o`zaro munosabatlar 
o`rnatish ta`lim muvaffaqiyatini belgilaydi. 
Bola har qanday ta`lim jarayonida ham, u bolani qiziqtiradimi, zeriktiradimi 
undan qat`iy nazar, dastur mazmunini egallashga tayyor turishlari ko`p jihatdan 
o`qituvchi shaxsiga bog`liqdir. 
Shuningdek, ichki omillarga o`quvchining dangasaligi, ishyoqmasligi, o`z 
irodasini tashkil qila olmasligi, layoqatining pastligi ham kiradi. 
Tashqi omillarga o`quv materiallarining mazmuni va shaklini maqsadga 
yo`naltirish darajasi, o`quvchining bir sinfda ikki yil qolishi, bir maktabdan 
ikkinchisiga ko`chib o`tishi, o`qituvchilarning o`zgarib turishi va ularni o`quv 
jarayoniga munosabati, o`quvchini kasal bo`lib qolishi kabilar kiradi. Bular 
o`quvchilarni bilimlarni o`zlashtirishi va uni uqib olishga ta`sir qiladi va xatto 
o`zlashtirish jarayonini pasayishga sabab bo`ladi. 
Ta`lim mazmunini to`la va chuqur o`zlashtirishda takrorlash muhim 
ahamiyatga ega. Buning uchun takrorlash aniq bir maqsadga qaratilgan bo`lishi, u 
ongli ya`ni anglangan bo`lishi, takrorlash materialni esdan chiqarmasdan oldin 
bo`lishi, takrorlashda assotsiatsiya qonunlariga rioya qilib, materialni bir-biriga 
bog`lab takrorlanishi, qiyin materiallarni eng muhim xususiyatlarini ajratib, uni 
yon daftarga yozib yoki tagini chizib takrorlash muhimdir. Eng asosiy takrorlangan 
materialni ongda qayta jamlab chiqishdir. Bunda o`qib o`rganilgan material yotish 
oldidan yoki boshqa mashg`ulotlar bilan shug`ullanish jarayonida uni ichida 
takrorlab chiqilsa o`zlashtirilgan va o`zlashtirilmagan material aniq bilib qoladi va 
o`quvchi o`zlashtirmagan materialni kitobni ochib o`qib olsa u material uning 
bilim boyligiga aylanadi. 
Takrorlashda yod olishni tashkil qilish ham ahamiyatlidir. Yod olish 
xronologik raqamlarni, formula va qoidalarni bilishda bo`lishi mumkin. Lekin 
materialni yod olishda uning mazmuniga alohida e`tibor berish lozim. Agar yod 
olinayotgan materialni mazmuniga tushunib, uni bir-biriga bog`lab o`qib olishga 


e`tibor berilmasa, unday holda quruq yod olingan material tezlik bilan unutiladi 
yoki o`quvchidan baho olgunga qadar etadi va keyin esidan chiqadi. 
O`qituvchi o`quvchilarni o`quv materiallarni o`zlashtirishlarida bunga albatta 
e`tibor berishlari lozim. 
Shuningdek, ta`lim jarayonida o`qituvchi bergan yangi bilim va 
informatsiyalarni o`quvchilar tomonidan o`zlashtirilganliklarini bilishda ta`limdagi 
qaytarma aloqa muhimdir. Qaytarma aloqa jarayoni hamma jarayonlardan ham 
ayniqsa yangi mavzularni mustahkamlash yoki o`tilgan mavzuni takrorlash 
jarayonida bo`ladi. O`qituvchi sinf o`quvchilarini o`zlashtirgan yangi mavzu 
mazmunini aniqlashda mavzu bo`yicha ko`plab mayda savollar berish va 
kartochkalar tarqatish orqali amalga oshirish mumkin. Qaytarma aloqa orqali 
mavzuni mazmunini qanday o`zlashtirib olganini aniqlash va u kelgusi mavzuni 
muvaffaqiyatli o`zlashtirish garovi bo`ladi. 
Bilimlarni o`zlashtirib borish turli ko`nikma va malakalar hosil qilishga ta`sir 
ko`rsatadi. Har qanday ko`nikma bilimlarsiz bo`lmaydi. Ta`limiy ko`nikmalar 
(yozish, o`qish va hisoblash o`rganib olish) ko`nikmani birinchi turiga kiradi. 
Ko`nikma va malakalarni ikkinchi turiga umumiy mexnatga doir bo`lib, ular kasb-
hunar ta`limi jarayonida takomillashadi. Shuningdek, bu ko`nikma va malakalar 
sinfdan tashqari mashg`ulotlarda fanlar bo`yicha to`garaklarda, qo`l mexnati 
darslarida: qog`ozdan, kartondan, gazlamalardan, plastilindan, turli narsalardan 
tayyorlash yo`li bilan hosil qilinadi. Har bir o`qituvchi ko`nikma va malakalar 
hosil qilishni qonuniyatlarini bilmog`i lozim. 
Ko`nikma, malakalar quyidagi qonuniyatlarga asoslanadi. 
1. Malakalar hosil qilishdagi notekisliklar (ya`ni: bunda ijobiy yutuqlar bilan 
birga xato, noto`g`ri harakatlar ham qilinadi). Hamma o`quvchilarda ham 
malakalar bir xil shakllanavermaydi. 
2. Malakalar ko`chishi va tormozlanishi mumkin. Bunda (belgilari 
mustahkamlangan malakalar yangi malakalarni xosil qilishga ijobiy ta`sir qiladi) 
va yangi malakalarni o`zlashtirishi tezlashadi. 
3. Malakalar yuksalishi va pasayishi mumkin. 
Bunda mashq katta rol` o`ynaydi. Ta`lim jarayonida bilim va tushunchalar 
shakllanib borishi muhim masalalardan biridir. 
Har bir fanlar bo`yicha beriladigan bilim va tushunchalarni o`zlashtirish 
jarayoni bevosita o`quvchilarni psixik jarayonlarni rivojlanib borishiga ularda 
qobiliyat va qiziqishlarning shakllanishiga ta`sir ko`rsatish bilan birga ularni aqliy 
va axloqiy jihatdan shakllanishiga yordam beradi. Chunki umumiy ma`lumotlar 
maktablarda fan asoslari, ya`ni o`zaro mantiqiy bog`langan, o`quvchilarni yoshiga 
mos va tabiat jamiyat hamda tafakkurning muhim taraqqiyot qonunlarini to`g`ri 
tushunishga yordam beruvchi fanning asosiy tomonlari o`rganiladi. Shuning uchun 
ham o`quv fanlarining tuzilishi dasturlar maktabning ta`lim-tarbiya vazifalariga, 
o`quvchilarning yosh xususiyatlariga javob beradigan bo`lishi lozim. Shundagina 
yosh avlodni har tomonlama kamol topgan shaxs qilib tarbiyalashda katta ahamiyat 
kasb etadi. 


Ilmiy tushunchalar egallash, muayyan faktlarni turmushdagi narsalar orasidagi 
bog`lanishlarni idrok qilish, ularni izohlay bilish, mustaqil ravishda umumlashtira 
olish va xulosalar chiqara bilish demakdir. 
Boshlang`ich sinfdanoq tabiat va jamiyat hayotidagi hodisalar qonuniyatlarni 
ochib berish va ularni o`quvchi ongiga singdirish jarayonida o`quvchilarni chuqur 
ilmiy bilimlar bilan qurollantirib borish, maqsadga muvofiqdir. Shuning uchun 
o`qituvchi o`z fanini qanchalik sodda usulda bayon qilmasin, u chuqur ilmiy 
bulishni talab qiladi. Ta`limning ilmiy bo`lishi to`g`risidagi talab o`qituvchining 
o`quv materiali mazmunigina emas, balki uning shu materialni yoritib berish 
xarakteriga va o`quvchilarning bu bilimlarni o`zlashtirib olishlariga ham 
bog`liqdir. O`qituvchi o`quvchilarni o`ylashga, fikr yuritishga o`rgatishi zarur. 
O`rganilayotgan voqealar va narsalarni ular haqidagi og`zaki axborotlarni 
idrok etish jarayoni, tasavvurlar, obrazlar tushunchalarni tarkib toptirish jarayoni 
belgilarni taqqoslash, chogishtirish, qismlarga ajratish, umumiy jihatlarni topish
analiz va sintezni o`z ichiga oluvchi aktiv tafakkur shuni talab qiladi. 
Bilimlarni o`zlashtirish, tushunchalar hosil qilish jarayoni bu bilan 
tugallanmaydi. O`quvchilar bilimlarni to`g`ri o`zlashtirganliklarini, ular olgan 
bilimlarni yangi voqealarni bilib olishga qanday tadbiq eta olishlarini, yangi fakt 
va misollarni tushuntirishga, yangi ob`ektlarning ma`lum xossalarini topishga, 
amaliy vazifalarni hal etishga qanchalik tadbiq eta olishlarini aniqlash yo`li bilan 
tekshirish talab qilinadi. Natijada o`quvchilar o`zlashtirgan bilim va 
tushunchalarning haqiqiy ekanini tasdiqlaydilar va ular ongida tarkib topayotgan 
tasavvurlar, tushunchalar voqelikni qanchalik to`g`ri aks ettirishni aniqlash 
imkonini beradi. 
O`quvchilarning fikr yuritish faoliyati maxsus aqliy jarayonlar asosida amalga 
oshadi. Ya`ni materialni muhim va muhim bo`lmagan xususiyatlarni aniqlash, ular 
o`rtasidagi tafovutlari belgilash orqali bola mustaqil fikr yuritadi. Pedagogik 
psixologiyada o`quvchilarning aqliy faoliyatida konkretdan abstrakga – buyumlar 
va hodisalarning o`zini kurishdan ular haqida tushunchalar tarkib toptirishga 
hamda ta`riflar, qonunlarni o`zlashtirishga, buyumlar tushunchalarning 
umumlashtirilgan umumiy xususiyatlari va sifatlari haqida mavxum fikr yuritishga 
o`tish jarayoni katta o`rin egallaydi. Ta`lim jarayonida ijodiy tafakkur shakllanib 
boradi. Ijodiy tafakkur maqsadni amalga oshirish yo`lida savollar asosida («bu 
nima uchun shunday qilingan», «bunday qilsa bo`lmaydimi?» va x.k) paydo 
bo`ladi va savollarga javob beruvchi ish-xarakatlarni tasavvur qilish va o`ylashda 
rivojlanadi. Ijodiy tafakkur amaliy tafakkur (tevarak-atrofdagi voqelikni 
o`zlashtirish yo`li bilan o`zimizga kerakli real narsalarni va xodisalarni olishga 
yoki yaratishga qaratilgan tafakkur) asosida paydo bo`ladi. Amaliy tafakkur o`ziga 
xos xususiyatga ega. Ya`ni Amaliy muxokamalarda o`quvchini ob`ektlarga, 
muayyan maqsadlarga ta`sir o`tkazish yo`li bilan shu ob`ektlarga o`zgartirish 
mumkinligiga kat`iy qilib aytiladi yoki rad qilinadi. Natijada «buni bunday qilish 
mumkin yoki qilib bo`lmaydi», «bu mana shunday qilinadi» deb uni o`z 
muxokamalarida aks ettiradi. Maktablarda ko`pincha fanlarni o`rganish va uni 
sanoatda, qishloq xo`jaligida tadbiq qilish o`quvchilarning ijodiy tafakkurini 
o`sishiga yordam beradi. O`quvchilarda texnika ixtirochilik, sanoat, qishloq 


xo`jaligi masalalariga bo`lgan qiziqishlar, modellar, konstruktsiyalar yasash, 
elektrotexnika bilan shug`ullanish, dala ishlarida qatnashish kabilar ijodiy 
tafakkurni shakllanishi va rivojlanib borishida eng asosiy usullardir. 
Hozirgi kunda o`quvchilarning bilish faoliyatini faol, mustaqil, ijodiy 
tafakkurini avj oldirish maktab ta`limining eng muhim vazifalaridan biriga aylanib 
bormoqda. Demak, ta`limning asosi – o`qituvchining o`quvchilarga etkazadigan 
mo`l-ko`l axborotini esda olib qolish emas, balki bu axborotni olish jarayonida 
o`quvchilarning o`zlari aktiv ishtirok etishi, ularning mustaqil fikr yuritishini, 
mustaqil bilim olish qobiliyatini, ma`lumotni oshirish qobiliyatini asta-sekin 
shakllantirib borishdan iborat bo`lmog`i lozim. (nazorat savollarini yozish kerak). 
Inson shaxsning psixik rivojlanishi va uning shakllanishi murakkab tadqiqot 
jarayonidir. Zero, uning o`ziga xos xususiyatlari va qonuniyatlarini asosli ilmiy 
bilish, o`quvchi shaxsiga pedagogik jihatdan ta`sir ko`rsatishning zarur shartidir 

Yüklə 295,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin