14-mavzu: vijdon erkinligi va diniy tashilotlar. Diniy ekstremizm va terrorizm, missionerlik va prozelitizmning salbiy oqibatlari reja


Bugungi kunda o‘zbek davlati tomonidan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar bu kurash strategiyasining asosiy mazmunini tashkil etadi



Yüklə 145,97 Kb.
səhifə10/15
tarix01.04.2023
ölçüsü145,97 Kb.
#92064
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Diniy ekstremizm va terrorizm, missionerlik va prozelitizmning s

Bugungi kunda o‘zbek davlati tomonidan siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqa sohalarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar bu kurash strategiyasining asosiy mazmunini tashkil etadi.

Bozor iqtisodiyotiga asoslangan fuqarolik jamiyatini qurish, iqtisodiyot, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, xususan, o‘rta maxsus ta’lim tizimi, sog‘liqni saqlash, sport va boshqa sohalardagi keng ko‘lamli ijobiy o‘zgarishlar bu strategiyaning tarkibiy qismi, Markaziy Osiyo mintaqasidagi ahvolni belgilab beradigan, mamlakatdagi barqarorlik va taraqqiyotni ta’minlashga xizmat qiladigan chora-tadbirlar tizimi hisoblanadi. Kuchli iqtisodiyotga ega O‘zbekistonning barqarorligi butun mintaqaning barqarorligini bildiradi.

Bu, sog‘lom muvozanatga asoslangan, serqirra va har xil darajali strategiyada ma’naviyat va mafkuraviy tarbiya alohida o‘rin tutadi.

Mutaxassislar ekstremizmning paydo bo‘lishi va rivojlanishiga sabab bo‘lgan omillar ichida mafkuraviy bo‘shliqning ta’siri va qadriyatlar mo‘ljallaridagi beqarorlikda namoyon bo‘lgan nomutanosiblikni alohida ajratib ko‘rsatadilar. Mafkuraviy bo‘shliq ko‘pincha kishilarda jamiyatdagi mavjud holatni, ijtimoiy muhitni noto‘g‘ri idrok etishga, uning irodasini boshqa kishiga bo‘ysundirish va dunyoqarashida agressivlikni shakllantirishga xizmat qiladigan nosog‘lom g‘oyalar bilan to‘ldirilishiga zamin yaratadi. «Zombilashtirish» deb ataladigan bu texnologiya yaxshi shakllanmagan ma’naviyat, bo‘sh iroda va nosog‘lom intilishlar muhitidagina ta’sir kuchiga ega bo‘ladi.

SHuning uchun ham, O‘zbekiston ekstremizmga qarshi kurashda, uning paydo bo‘lishi va rivojlanishini bartaraf etish ishlarida g‘oyaviy tarbiya, xususan, mamlakat yoshlarida yuksak ma’naviyatni shakllantirish masalalariga alohida e’tibor bermoqda. Zero, bunday yondashuvda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga, milliy o‘zlikni tiklash va mustaqillikni mazmunan boyitishga asoslangan milliy istiqlol g‘oyasi, ma’naviyat va ma’rifat, to‘g‘ri shakllantirilgan ong ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash hamda jamiyatning barqaror rivojlanishini ta’minlashning eng muhim tizimi sifatida yuzaga chiqadi.


Asosiy qonunimizda yana shu narsa qat’iy qilib belgilab qo‘yilganki, konstitutsiyaviy tuzumni zo‘rlik bilan o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘yuvchi, Respublikaning suvereniteti, yaxlitligi va xavfsizligiga, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquq va erkinliklariga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy va diniy adovatni targ‘ib qiluvchi, xalqning sog‘ligi va ma’naviyatiga tajovuz qiluvchi, shuningdek harbiylashtirilgan birlashmalarning, milliy va diniy ruhdagi siyosiy partiyalarning hamda jamoat birlashmalarining tuzilishi va faoliyati taqiqlanadi (57-modda).
O‘rta Osiyodagi respublikalar o‘z mustaqilligiga erishishi va uning mustahkamlanishi davrida «islom omili», «islom uyg‘onishi», «qayta islomlashish», «islom fenomeni» kabi iboralar tobora ko‘proq ishlatilib, bu hol ularning beqiyos faollashuvini o‘zida aks ettirdi. Bunga sabab sobiq Sovet davlatining mafkuraviy tasavvurlari va qadriyatlarining yemirilib, muayyan vaqt davomida hosil bo‘lgan ma’naviy bo‘shlig‘ni to‘ldirish zarur edi. Kommunistik mafkura ma’naviy jihatdan qashshoq bo‘lib, o‘ziga xos mutaassibligi va muayyan millatlar manfaatlariga qarshi qaratilganligi bilan sho‘ro hokimiyatidan keyingi makonda diniy fundamentalizm uchun qulay sharoit tug‘dirdi.
Sobiq ittifoqdagi hukmron partiyaning namoyandalari diniy jamoalarni xalqlarning aql idrokini egallash uchun kurashda o‘zlarining raqibi deb hisoblashi dinning pinhoniyatga chekinishi va hatto uning muayyan ma’nodagi muxolif kuchga aylanishiga olib keldi. O‘sha davrda dinning ta’qib ostida bo‘lib kelgani, islom dinining eng salohiyatli ulamolari qatag‘on qilinishi, minglab masjid va madrasalarning buzib tashlanishi diniy taassubni yo‘qotishga emas, balki uning ildizlarini oziqlantiruvchi xatarli omillarning kuchayishiga olib keldi. Millatlar orasida o‘zlikni anglash tuyg‘usi, etnik jihatdan nasl-nasabini izlashga intilishlari beqiyos kuchaydi
O‘zbekistonga nisbatan islom fundamentalizmining tahdidi aqidaparastlikni yoyish, bu yo‘l bilan musulmonlarni islohotchi davlatga ishonchini yo‘qotishga urinishda o‘zini namoyon etmoqda. Bunday guruhlar mustahkamlanib borayotgan umummilliy birdamlik va hamjihatlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikka rahna solishga harakat qilmoqdalar. Demokratiya va dunyoviy davlat tushunchalarini, e’tqod erkinligiga asoslangan ko‘p konfessiyali dunyoviy jamiyatni obro‘sizlantirishga yo‘naltirilgan sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqdalar.
Prezidentimiz ta’kidlaganidek, «Eng avvalo, jamiyat, guruh, alohida shaxs ma’naviy hayotining muayyan sohasi bo‘lgan din umuminsoniy axloq meyorlarini o‘ziga singdirib olgan, ularni jonlantirgan, hamma uchun majburiy xulq-atvor qoidalariga aylantirgan.
Binobarin din odamlarda ishonch hissini mustahkamlagan. Ularni poklab, yuksaltirgan. Hayot sinovlari, muammo va qiyinchiliklarni yengib o‘tishlarida kuch bag‘ishlagan. Umuminsoniy va ma’naviy qadriyatlarni saqlab qolish hamda avloddan avlodga yetkazishga yordamga kelgan.
Dinning yuksak rolini e’tirof etish bilan birga diniy dunyoqarash tafakkurning, insonning o‘zini o‘rab turgan dunyoga o‘zi kabi odamlarga munosabatining yagona usuli bo‘lmaganligini ham ta’kidlash mumkin. Dunyoviy fikr, dunyoviy turmush tarzi ham u bilan yonma-yon, u bilan teng yashash huquqiga ega bo‘lgan holda rivojlanib kelgan».
Keyingi yillarda yurtimizda milliy va diniy qadriyatlarning tiklanishiga katta e’tibor berilib, bu narsa hukumatimizning ustuvor siyosatiga aylandi. Ko‘plab diniy bayramlarga ommaviy tus berildi, televidenie va matbuot tomonidan diniy masalalar tez-tez yoritila boshlandi. Fuqarolar o‘rtasida diniy ilm va an’analarga qiziqish kuchaydi. Bundan foydalanib, ba’zi g‘arazli shaxslar ma’lum manfaatlar evaziga chet eldan yurtimizga suqulib kirmoqchi bo‘lgan ekstremistik oqimlar «da’vatchi»lariga aylandilar. Ular xorijliklar tomonidan istaganlaricha mablag‘ va diniy adabiyotlar bilan ta’minlandilar. Bu harakatlar tezda o‘z oqibatini ko‘rsatdi. Farg‘ona vodiysi va Toshkent shahrida uya qurib olgan «Vahhobiychilik» harakati, jumhuriyatimizning deyarli barcha shahar va qishloqlariga yetib borishga ulgurgan «hizbut tahrir» kabi guruhlarning keyingi yillarda Vatanimizning turli joylarida uyushtirgan fitna-fasod harakatlari shundan darak beradi.
Modomiki, biz yoshlarimizni, Prezidentiz aytganidek Imom Buxoriylar, Naqshbandiylar va YAssaviylar ta’limoti asosida tarbiyalar ekanmiz, biz ularni turli islom niqobi ostidagi g‘arazli guruhlar bilan buyuk ajdodlarimiz amal qilgan va bizlarga ham tavsiya etgan musaffo islom o‘rtasini ajrata oladigan darajada bilimli qilishimiz zarur bo‘ladi.

Yüklə 145,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin