14-mavzu: vijdon erkinligi va diniy tashilotlar. Diniy ekstremizm va terrorizm, missionerlik va prozelitizmning salbiy oqibatlari reja



Yüklə 145,97 Kb.
səhifə1/15
tarix01.04.2023
ölçüsü145,97 Kb.
#92064
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Diniy ekstremizm va terrorizm, missionerlik va prozelitizmning s


14-MAVZU: VIJDON ERKINLIGI VA DINIY TASHILOTLAR. DINIY EKSTREMIZM VA TERRORIZM, MISSIONERLIK VA PROZELITIZMNING SALBIY OQIBATLARI


REJA:



        1. Vijdon erkinligi - diniy e’tiqod erkinligi ekanligi

        2. Diniy ekstremizm va terrorizmnin mazmun mohiyati, kelib chiqish sabablari

        3. Missionerlik va prozelitizm va uning salbiy oqibatlari.

        4. Diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy ma’rifiy asoslari


Tayanch so‘z va iboralar: Konfessiya, vijdon erkinligi, ekstremizm, terrorizm, fanatizm, missionerlik, prozelitizm, Iegovo shohidlari.
Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar masalasi ijtimoiy hayotda muhim va murakkab masala bo‘lib kelgan. CHunki uning zamirida shaxsning huquqi, demokratiya, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi katta ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va axlohiy tushunchalar yotadi. Vijdon erkinligi kishilarning ruhiy olamiga, uning sog‘lom va barkamolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. SHuning uchun ham bu masalaning ijtimoiy hayotdagi o‘rni va bajaradigan vazifalari hayot muhimdir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ustavidan tortib, barcha halharo hujjat va shartnomalarda, hamma mamlakatlarning konstitutsiya va qonunlarida vijdon erkinligi o‘z ifodasini topgan. 1948 yilda qabul qilingan inson huquqlari umumiy deklaratsiyasiga muvofiq har bir inson fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqiga ega. Bu huquq o‘z dini yoki e’tiqodini o‘zgartirish erkinligini, o‘z dini yoki e’tiqodiga o‘zicha, SHuningdek boshqalar bilan birgalikda amal qilish kafolatini, ibodat qilishda va diniy marosimlarda yakka tartibda yoki odamlar orasida birga qatnashish erkinligini o‘z ichiga oladi.
Bundan tashqari bu masala yana bir murakkab hodisani - turli dunyoqarash, e’tiqodda bo‘lgan kishilar o‘rtasidagi, davlat bilan din, diniy tashkilotlar bilan davlat o‘rtasidagi munosabatlarning amalda huquqiy ta’minlanishini ham nazarda tutadi.
Odamlar doim turli dunyoqarash va e’tiqod bilan yashaganlar va yashaydilar. har kimning o‘z ichki dunyosi, o‘z e’tiqodi bo‘ladi.
Vijdon erkinligi qandaydir bir mavhum tushuncha emas, u albatta ma’lum ijtimoiy vaziyatda namoyon bo‘ladi. SHuning uchun uni konkret tarixiy, ijtimoiy sharoitsiz, ob’yektiv va sub’yektiv omillarsiz tasavvur qilish hiyin. Bundan tashhari «vijdon erkinligi» tushunchasini ilmiy talqin qilishda milliy, mafkuraviy va madaniy omillarni ham albatta nazarda tutish kerak.
Mustaqillik, yangilanish jarayoni hamma sohalar kabi vijdon erkinligi, davlat va din, dinga ishonuvchilar va ishonmaydiganlar o‘rtasidagi munosabatlar sohasini ham o‘z ichiga oldi. Binobarin, O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligida asrlar osha haror topgan vijdon erkinligiga yuksak va samimiy hurmat ifodalangan. 1992 yilda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 31-moddasida har bir fuqaro uchun vijdon erkinligi huquqi kafolatlanadi.
SHuni mamnuniyat bilan qayd etish lozimki, keyingi yillarda davlat bilan diniy tashkilotlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda juda katta o‘zgarishlar sodir bo‘lmoqda. Dinning jamiyatdagi o‘rni tiklanmoqda. Diniy uyushma va tashkilotlarning faoliyat ko‘rsatishlariga imkoniyat yaratilmoqda. Qator tarixiy obidalar diniy tashkilotlar ixtiyoriga o‘tkazildi, yangi masjidlar ochilmoqda. Diniy tashkilotlarning xalqaro aloqalari kun sayin kengayib bormoqda.

Yüklə 145,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin