14-mavzu: vijdon erkinligi va diniy tashilotlar. Diniy ekstremizm va terrorizm, missionerlik va prozelitizmning salbiy oqibatlari reja



Yüklə 145,97 Kb.
səhifə4/15
tarix01.04.2023
ölçüsü145,97 Kb.
#92064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Diniy ekstremizm va terrorizm, missionerlik va prozelitizmning s

Diniy ekstremizm - muayyan diniy konfessiya va tashkilotlardagi ashaddiy mutaassib, fanatik unsurlarning faoliyati mafkurasi. Fanatizm o‘z aqidasining shak-shubhasiz to‘g‘riligiga ishonib, boshqa firqa va mazhablarni butunlay rad etgan holda ularni tan olmaslik, balki ularni diniy asoslarni buzishda ayblab, ularga qarshi urush ochishga olib boradigan omillardandir. Diniy fanatizm diniy ekstremizm va terrorizmga zamin tayyorlaydi.
Fundamentalizm - ma’lum din vujudga kelgan ilk davriga qaytish va bu yo‘l bilan zamonaning barcha muammolarini hal qilish mumkin degan fikrni ilgari suruvchilarning yo‘nalishi. Diniy fundamentalizm - aqidaning o‘zgarmasligini himoya qiladigan, voqea va mo‘‘jizalarning muqaddas kitoblardagi bayonining talqini tarafdori, ularning har qanday majoziy talqiniga murosasiz, so‘zma-so‘z talqinga asoslangan e’tiqodni aqlga tayangan mantiqiy dalillardan ustun qo‘yadigan, muayyan diniy e’tiqod shakllanishining boshlang‘ich davrida belgilangan barcha yo‘l-yo‘riqlarni qat’iy va og‘ishmay bajarilishini talab qiladigan diniy oqimlarni ifodalashda qo‘llaniladigan istilohdir.
Fundamentalizm iborasi birinchi bor I-Jahon urushi arafasida vujudga kelgan protestantizmdagi ortodoksal oqimlarni ifodalash uchun ishlatilgan. Bu oqim 1910 yildan keyin shu nom bilan atala boshlagan. Fundamentalistlar xristianlikning an’anaviy aqidalariga, ayniqsa Bibliyaning mutlaqo mukammalligiga ishonishni mustahkamlashni, uni so‘zma-so‘z sharhlashga qat’iy rioya qilishni talab qildilar. Bu oqim keyinchalik Amerikada keng tarqalib ketdi. 1919 yili Filadelfiyada Jahon xristian fundamentalistlari assotsiatsiyasiga asos solindi.
Asrimizning 70-yillaridan boshlab esa, bu so‘z islomga nisbatan qo‘llanila boshlandi. Islom fundamentalizmi zamonaviy islomdagi uch yo‘nalishdan biridir (qolgan ikkitasi - traditsionalizm va modernizm). Islom fundamentalizmining asosiy g‘oyasi - «sof islom» printsiplariga qaytish, maqsadi «islomiy taraqqiyot» yo‘lini joriy etishdir.
XX asrning 80-90-yillarida butun dunyoda diniy omilning faollashuvi sobiq sovetlardan keyingi hududda ham o‘z aksini topdi. Bu davr jamiyat taraqqiyotida, bir jihatdan, diniy e’tiqodning ijtimoiy-madaniy hayotdagi tabiiy mavqei tiklanayotgan, ikkinchi tomondan, mazkur asosda ayrim mafkuraviy ziddiyatlar tug‘ilishi vaqti bo‘ldi.

Yüklə 145,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin