14-mavzu: vijdon erkinligi va diniy tashilotlar. Diniy ekstremizm va terrorizm, missionerlik va prozelitizmning salbiy oqibatlari reja



Yüklə 145,97 Kb.
səhifə9/15
tarix01.04.2023
ölçüsü145,97 Kb.
#92064
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Diniy ekstremizm va terrorizm, missionerlik va prozelitizmning s

Zamonaviy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash davlatlarning doimiy e’tiborini, uning oldini olish va bartaraf etishga qaratilgan ko‘p qirrali siyosatni amalga oshirishda sabrlilik va sobitlikni talab etadi. SHakllanib, keng tarmoq otgan terrorizmga qarshi kurashda kuch ishlatmagan davlatlar zaiflashib, o‘z xalqi va mamlakati osoyishtaligi va barqaror rivojlanishini xavf ostida qoldiradi.

Ekstremizm va terrorizm bir-biri bilan bog‘liq bo‘lgan yagona jarayonning birin-ketin rivojlanadigan bosqichlaridir. SHunday ekan, terrorizm global miqyosga chiqqan hozirgi sharoitda, davlat unga qarshi kurashda ichki va tashqi omillarning ta’sirini hisobga olgan holda, muvozanatlashtirilgan strategiyani ishlab chiqishi kerak.

SHu nuqtai nazardan qaraganda, O‘zbekiston Respublikasining o‘z taraqqiyotining o‘ziga xos jihatlarini, haligacha terrorizm, narkobiznes, noqonuniy qurol-yarog‘ savdosi kabi qator tahdidlar mavjud bo‘lgan Markaziy Osiyodagi kuchlar nisbatini hisobga olib, ishlab chiqqan ichki va tashqi siyosati alohida ahamiyatga molikdir.

Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ushbu strategiyasida mamlakatimizning xalqaro hamkorlik dasturlarida, davlatlarning terrorizmga qarshi kurashdagi sa’y-harakatlarini birlashtirishda faol ishtirok etishini ta’minlash maqsadlari o‘z ifodasini topgan.

Bu sohada o‘zbek tashqi siyosatining negizini o‘z kuchlarini hozirgi davrning asosiy tahdidi bilan qarshi kurashga yo‘naltirishga tayyor barcha davlatlar bilan faol hamkorlik qilish tashkil etadi. SHu o‘rinda, O‘zbekiston amalda mintaqada va butun dunyoda xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan barcha xalqaro dastur va ikki tomonlama hamkorlik aloqalarida faol ishtirok etayotganini ta’kidlash zarur.

SHuningdek, O‘zbekiston davlatining barqaror taraqqiyot va xavfsizlikni ta’minlashga qaratilgan ichki siyosati ham ekstremizmning paydo bo‘lishi va rivojlanishi hamda ekstremizmdan terrorizmning kelib chiqishini bartaraf etishga qaratilgan faol strategiyadir. Unda ekstremizmga qarshi kurash orqali bunday tuzilmalar bag‘rida voyaga etishi mumkin bo‘lgan terrorchilar faoliyatining oldini olishga intilish o‘z aksini topganini ko‘rish mumkin.


Yüklə 145,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin