14-mavzu: vijdon erkinligi va diniy tashilotlar. Diniy ekstremizm va terrorizm, missionerlik va prozelitizmning salbiy oqibatlari reja



Yüklə 145,97 Kb.
səhifə5/15
tarix01.04.2023
ölçüsü145,97 Kb.
#92064
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Diniy ekstremizm va terrorizm, missionerlik va prozelitizmning s

Terrorizm tushunchasi. Terrorizm – jamiyatda beqarorlik keltirib chiqarish, aholining keng qatlamlarida vahima va qo‘rquv uyg‘otishga qaratilgan siyosiy kurashning o‘ziga xos usulidir. U yashirin (konspirativ) ruhdagi tashkilotlar tomonidan beqarorlik keltirib chiqarish orqali davlat hokimiyatini egallash maqsadida qo‘llaniladi. Terrorchi uyushmalar ommaviy bo‘la olmagani uchun ham ko‘p hollarda aholining keng qatlamlari nomidan harakat qilish taassurotini uyg‘otish maqsadida diniy shiorlardan niqob sifatida foydalanadilar.Terrorizmning eng asosiy xususiyatlaridan biri bunday harakat tarafdorlarining «zo‘rlik davlatni qulatuvchi va hokimiyatga erishishni osonlashtiruvchi parokandalikka olib keladi», – degan g‘oyaga asoslanib harakat qilishlarida yaqqol ko‘rinadi. Terrorizmning yana bir xususiyati hech qanday urush bo‘lmayotgan, tinch­lik hukmronlik qilayotgan, jamiyatda demokratik institutlar faoliyat ko‘rsatayotgan bir sharoitda muqobil usullarni atayin inkor etgan holda, siyosiy masalalarni zo‘rlik yo‘li bilan hal qilishga intilishda ko‘rinadi. Bunday siyosiy masalalar o‘z navbatida hududiy, etnik, diniy yoki boshqa shaklu shamoyil kasb etishi mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2000-2006 yillar orasida dunyoning 112 mamlakatida 14 ming 934 ta terrorchilik amaliyoti sodir etilgan. Ularning mutlaq ko‘pchiligi er yuzining turli mintaqalarida joylashgan, o‘ziga xos etnik, diniy yoki boshqa shakldagi muammolar mavjudligi bilan ajralib turadigan Iroq (4606), Iordanning g‘arbiy qirg‘og‘i (1927), Kolumbiya (1135), Ispaniya (732), Tailand (619), Afg‘oniston (591), Hindiston (509), Pokiston (504), Turkiya (477), Isroil (463), Fransiya (446), Nepal (379), Rossiya (284), Gretsiya (230), Fillipin (213), Indoneziya (197), SHri-Lanka (131), Italiya (125) va Bangladesh (111) hududlarida amalga oshirilgani ham shunday xulosa chiqarish imkonini beradi.
Amerikalik mutaxassis B.Jenkins terrorizmni eng avvalo, qurbonlardan ko‘ra guvohlarga qaratilgan va vahima uyg‘otishga yo‘naltirilgan zo‘rlik, deb baholaydi. Boshqa bir amerikalik siyosatshunos J.Lojning ta’rifiga ko‘ra, terrorizm bevosita qurbonlardan ko‘ra ko‘proq odamlar fikriga ta’sir o‘tkazish uchun qilinadigan tahdid yoki kuch ishlatishdir.
Bu ta’rif va baholarda terrorizmning nihoyatda muhim bir xususiyati – uning muayyan siyosiy maqsad yoki amaliy natijalarga emas, balki u yoki bu xuruj natijasida odamlar orasida, ijtimoiy fikrda yuzaga keladigan xavotirli aks-sado, shov-shuvga erishishga qaratilgani ta’kidlangan. Huddi shu ma’noda, alohida olingan har bir terrorchilik xurujining maqsadi ekstremistlarning davlat to‘ntarishini amalga oshirish, fuqarolar urushini keltirib chiqarishdek siyosiy vazifalar bilan bir-biriga mos kelavermasligi oldindan ma’lum. Keyinchalik, amalda, bu nomuvofiqlik terrorchilar jar solayotgan maqsadlar bilan ular erishayotgan natijalar o‘rtasidagi ziddiyatga aylanadi.

Yüklə 145,97 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin