14-Seminar mavzu: Tarixiy metrologiya. Qadimgi Sharq davlatlari o‘lchov birliklari. O‘rta Osiyoda qo‘llaniladigan o‘lchov birliklari. (2 soat)


Eng qadimgi o‘lchov birliklari, ularning xo‘jalik taraqqiyoti bilan uzviy



Yüklə 465,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/11
tarix12.10.2023
ölçüsü465,98 Kb.
#154933
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
8- Mavzu

2.Eng qadimgi o‘lchov birliklari, ularning xo‘jalik taraqqiyoti bilan uzviy 
bog‘liqligi. 
Har bir o‗lchov birligi o‗zining uzoq tarixiga ega. O‗lchov birliklari mavjud 
bo‗lmagan davrlarda odamlar o‗z ehtiyojlaridan kelib chiqib, biror narsaning 
miqdorini o‗lchashda ulardan foydalanganlar. Ilgari inson tana a‘zolari ham 
o‗lchov vositasi sifatida qo‗llanilgan. Bizga yetib kelgan yozma yodgorliklarda 
ular o‗z ifodasini topib, turli davrlarda har xil yuritilgan. Asosiysi, bu o‗lchovlarni 
hamma ham ishlata olishini hisobga olgan holda joriy etishgan. Masalan, ularni 
ishlatish uchun barmoq, qo‗l, qadam, ko‗z, quloq, bo‗g‗in, chaqirim, qo‗sh, 
tegirmon, mo‗ndi, tirsak, tosh va boshqa narsalar asos qilib olingan. 
1918 yil — dunyoda metrik tizim joriy qilingunga qadar O‗rta Osiyo 
mamlakatlarida quyidagi o‗lchov birliklari bo‗lgan. Chunonchi, marhala, farsax, 


(farsang), tosh yig‗och tanob, botmon, pud, isbat (barmoq), qadoq, chorak, quloch, 
tutam, enli, qarich, qadam, manzil, gaz, cho‗zim, mina, misqol, nima, nimata, 
paysa, payt, pina, posira quruh, shar‘i ashrafiy, shohruxiy, man, shibir (qarich), 
po‗ta, sotih, chilla, talant, tassuj, turmusa, uqiya, unsiya, ziro, suyam, aqirim, paqir, 
miri, dahsar, nimcha, shair, yetmay, yesirak, dona va boshqalar. Har xil 
qiymatlarni ifodalovchi bu o‗lchov birliklari qadimdan xalqlarimiz o‗rtasida turli 
qiymatga ega bo‗lgan o‗lchov vositasi sifatida xizmat qilib kelgan. Jumladan, 
badiiy yoki tarixiy kitoblarni o‗qiganimizda ba‘zi buyuk shoir va 
allomalarimizning o‗sha davrda qo‗llanilgan o‗lchov birliklariga oid notanish 
so‗zlariga duch kelamiz. Masalan, Abu Rayhon Beruniy «Qonuni ma‘sudiy» 
kitobida o‗zining yasagan katta globusi haqida yozib, «diametri 10 cho‗zim 
bo‗lgan Yer kurrasining yarmini ishladim, uning sirtida kenglik va uzunliklarni 
chizib qo‗ydim» deb aytgan edi. Unda 1 «cho‗zim» qancha uzunlikka teng degan 
savol tug‗ilishi tabiiy, 1 cho‗zim-0,5; 0,6, metr. Demak, u holda 10 cho‗zim — 5-6 
metr bo‗ladi. Shunday qilib bobomiz Beruniy diametri 5-6 metrlik yarimta globus 
yasagan. Abu Ali ibn Sinoning «Tib qonunlari» asarida dirham, davraq, misqol, ritl 
(yoki ratl) kabi o‗nlab o‗lchov birliklari ishlatilgan. Yoki so‗z mulkining sultoni 
Alisher Navoiyning 4 tomli izohli lug‗atida «qari» so‗zi ko‗p ishlatilgan, ya‘ni bir 
qari barmoq uchidan tirsakkacha bo‗lgan uzunlik o‗lchovi deb berilgan
1

1 qari qo‗l uchidan tirsakkacha masofa bo‗lib, 6 tutamga tengdir, 1 tutam esa 
4 enlikka, 1 enlik 6 arpa donasining bo‗ylanmasiga tengdir. Bobur davrida 
ishlatilgan ziro atama o‗lchov birligi 75 santimetrga teng bo‗lib, Sharq 
mamlakatlarida keng qo‗llanilgan. Ba‘zan ziro o‗lchov birligi ishlatilishiga qarab 
har xil qiymatga ham ega bo‗lgan. Forsiylarning gaziga, turkiylarning esa 
qarichiga to‗g‗ri kelgan. O‗rtacha qiymati 54,04 santimetr deb qabul qilingan. 
Hozirgi vaqtda Eronda bir ziro bir gaz bo‗lsa, turkiyda shu kecha kunduzda 65 
santimetrga teng. Ta‘kidlamoqchi bo‗lganimiz shundaki, o‗quvchilarga ana shu 
o‗lchov birliklari haqida tushuncha berish kerak. Bu, ayniqsa, adabiyot darslarida 
muhim o‗ringa ega. Chunki, maktab darsliklaridagi mumtoz adabiyotlardan 
keltirilgan parchalarda, yuqoridagi misollarni o‗quvchilar tushunmasligi mumkin. 
Masalan, Navoiy lirikasini o‗qiyotgan o‗quvchi qadam so‗ziga duch keladi. Agar u 
qadam so‗zi qadimdan ma‘lum bir o‗lchov birligi sifatida qo‗llanilganligini bilsa, 
bayt qiymatini qiynalmasdan tushunadi. 
Hamul 
yerdan 
o‗n 
ikki 
ming 
qadamdir, 
Vale har bir qadamda yuz nadamdir. 
Muqimiy asarlarini o‗rganishda ham o‗quvchi chorak guruchni bilmasa 
quyidagi bayt ma‘nosini tushuna olmaydi. 
Qirq 
chorak 
gurunch 
olay 
deyman, 
Yana to‗yimga yetmagay deyman. 
Bu kabi misollarni Sakkokiy, Maxmur, Lutfiy, Furqat asarlaridan, hatto 
Abdulla Qodiriy, Abdulla Qahhor, G‗afur G‗ulom, Sharof Rashidov, Nazir 
Safarov, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Mirmuhsin kabi zamondosh adiblar 
1
Ismatullaev P.R. va boshqalar. Metrologiя, standartlashtirish va sertifikatlashtirish../Darslik. Toshkent., 2001., 18-
bet. 


asarlarida ham uchratish mumkin. Shu ma‘noda ba‘zi bir Sharq mamlakatlarida 
ishlatilgan o‗lchov birliklarini keltirib o‗tmoqchimiz: 
1 Marhala 25-30 kilometrga teng. 
1 Sotix — maydon o‗lchovi bo‗lib, 10 x 10=100 metr kvadratga teng. 
1 Botmon — 78 pudga yoki 128 kg.ga teng. 
1 Qarich — bosh barmoq bilan jimjiloqning barmoq yoyilmasiga teng, ya‘ni 19-20 
santimetrga teng. 
1 Enlik — bir barmoq eniga teng (18-20 mm) yoki 1 enlik-6 ta arpa donasining 
bo‗ylanmasiga teng. 
1 Farsax (farsang) — masofa o‗lchov birligi — 6 km.ga teng, 
1 yig‗och — masofa o‗lchov birligi — 5985 metr, ba‘zi joylarda 8-9 km.ga teng 
1 tanob — maydon o‗lchovi, turli joylarda turlicha: bir gektarning oltidan biridan 
to yarim gektarigacha bo‗lgan. 
1 Put — 16 kg. 
1 Isbat (barmoq) — 2-2,5 santimetr. 
1 Qadoq — 409,5 gramm. 
1 Chorak — 250 gramm. 
1 Tutam — (Markaziy Osiyoda)=9 sm: arqon yoki tayoqni siqib ushlagan qo‗l 
to‗rtta barmog‗ining kengligiga mos tarzda tanlangan uzunlik birligi. 
1 Qadam — 63-71 sm.ga teng uzunlik o‗lchovi. 
1 Shair — 1 misqolga teng. 1 misqol-asosan 4,25 gramm, ba‘zan 4,50 gramm, 4,64 
gramm deb olingan. 
1 Quloch — ikki qo‗lning o‗rta barmoq uchlari orasidagi masofaga teng. 
Monat tarzda tanlangan uzunlik o‗lchovi, 8 qarichga teng. 
1 Quloch Buxoroda=142 sm., Farg‗onada 167 sm. 
1 Arshin — bir qadamga teng. 
1 Qadam (Markaziy Osiyoda) — 63-71 sm. deb olingan. 
1 Tosh (farsax) — Sharq mamlakatlarida keng qo‗llanilgan. 9-12 ming qadamga 
yoki 6-8 chaqirimga to‗g‗ri kelgan masofa. 
1 Chaqirim — 1006 metrga teng. 
1 Gaz — 0,71 metrga teng uzunlik o‗lchov birligi. Hozirgi vaqtda bir gaz (Eronda) 
104 sm.ga teng. Ilgari Markaziy Osiyoda 24 barmoq eni (1 barmoq eni 6 dona arpa 
doni eniga teng) yoki 7 musht eni (tayoqni ushlagandagi eni) 1 gaz bo‗lgan. 
Xorazmda 1 gaz 12 dyuym (30,48 sm.)ni tashkil qilgan. Buxoroda 1 gaz XVI-XVII 
asrlarda 78,74 sm., XIX asrda 106,68 sm., Toshkent, Samarqand va Turkistonda 
(XIX asrda) 88,9 sm. Andijon va Marg‗ilonda (XIX asrda) 83-84 sm. bo‗lgan. 
1 Paxsa — 60 santimetrga teng. 
1 Qo‗sh (suv) — ho‗kiz bilan bir kunda haydalgan yerni sug‗orish uchun ketgan 
suvga teng deb olingan. 
1 Tegirmon — tegirmon toshini aylantiradigan miqdordagi ariq suviga teng. 
1 Paysa — 50 grammga teng og‗irlik o‗lchovi. 
1 Paqir — 2 tiyinlik chaqa pul. 
1 Miri — 5 tiyinlik chaqa pul. 
1 Tanga — Buxoro amirligida 15 tiyinga, Qo‗qon xonligida 20 tiyinga teng 
bo‗lgan kumush pul. 


1 So‗lkavoy — 1 so‗mlik tanga. 
1 Aruzza (guruch doni)-0,017 gramm. 
1 Sha‘ira (arpa doni)-0,059 gramm. 
1 Habba — 0,059-0,071 gramm. 
Demak, Sharq mamlakatlarida turli davrlarda ishlatilgan o‗lchov birliklarini 
o‗quvchilarga o‗rgatish orqali ularga xalqimiz qadriyatlari haqida atroflicha 
tushuncha berishimiz mumkin. 

Yüklə 465,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin