4. Boshlang‘ich ta’lim davlat talim standartining sinflar bo‘yicha mazmuni 3-sinfda matematikadan o‘qitilishi lozim bo‘lgan ta’lim mazmunining majburiy minimum
Mazkur mazvularni o‘zlashtirish 3-sinf bitiruvchisiga quyidagi imkoniyatlarni beradi: Sonlar va hisoblashlar:
1 dan 100 gacha bo‘lgan sonlarni rim raqamlari bilan raqamlash;
1 dan 1000 gacha bo‘lgan sonlarni qo‘shish va ayirishning yozma (xona birliklaridan chiqadigan hollarda) va og‘zaki usullari;
1 dan 1000 gacha bo‘lgan sonlarni bir xonali sonlarga ko‘paytirish va bo‘lish usullari. Ko‘paytirish va bo‘lishning to‘g‘ri bajarilganligini tekshirish usullari.
x + 123 = 140 , x – 436 = 152, x • 4 = 140, x : 9 = 810 , 630 : x = 70, 810 – x=135 kabi tenglamalarni arifmetik amallar orasidagi o‘zaro bog‘lanishlar asosida yechish;
1–3 amalli matnli masalalarni arifmetik, tenglama tuzish, ifoda tuzish usuli bilan yechish;