14-Topshiriq Nazariy



Yüklə 42,94 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix07.01.2024
ölçüsü42,94 Kb.
#202419
  1   2
14- topshiriq



14-Topshiriq 
1.Nazariy:
Sanoat dastgohlari, ishlab chiqarishda foydalanilayotgan asbob va 
qurilmalar, ularning tuzilishi 
Yog‘ochga 
ishlov 
berishda 
qo‘l 
asboblaridan 
foydalanish 
texnologiyasiYog‘ochdan turli buyumlar tayyorlash uchun yog‘och materiallarni 
o‘lchash va rejalash kerak bo‘ladi. Buning uchun maxsus asboblardan 
foydalaniladi.O‘lchash deb yog‘och materialning o‘lchamlarini va shaklini 
aniqlashga aytiladi. Bu asboblarga chizg‘ichlar, metr, ruletka, go‘niyalar, 
xatkash va o‘lchov andazalari kiradi.O‘lchov andazalari bir xil buyumni ko‘plab 
tayyorlashda qo‘llaniladi.O‘lchov andazasi bir xil uzunlikni ko‘p marta o‘lchash 
uchun kerakli kattalikda tayyorlangan reyka, tayoqcha yoki shu kabilardan iborat. 
Tayyor buyum namunasidan ham foydalansa bo‘ladi. 
Arralar 
Arralar yog‘och materiallaridan buyumlar tayyorlashda yog‘ochni turli 
yo‘nalishlarda qirqish ishlarini bajarish uchun ishlatiladi. Bunda yog‘och 
ko‘ndalangiga, bo‘yiga, har xil qiyalikda ham turli egri chiziqlar bo‘ylab 
qirqiladi. Bu ishlar asosan turli arralar yordamida bajariladi. Bu arralar 
tuzilishiga ko‘ra qo‘l kuchi ishlatiladigan, elektr va zanjirli arralarga 
bo‘linadi. Yog‘ochdan boshqa materiallarni arralash uchun Arralar qo‘larra 
(dastarra), ikki kishi birgalikda ishlatiladigan sarjin (g‘o‘labo‘r) arra va 
taxtabur arralarga bo‘linadi. Arralarning turlari ko‘p bo‘lib, ularning asosiy 
qismi po‘latdan tayyorlanadi. Arra tanasining uzun tomoni yonidan tish 
chiqariladi. Arra tanasining uzunligiga ko‘ra uzun va qisqa, qalinligiga ko‘ra 
qalin va yupqa, kengligiga ko‘ra keng, tor, ingichka va qilarra turlarga 
bo‘linadi. Tishning tuzilishiga ko‘ra bir tomonga arralaydigan, ikki tomonga 
arralaydigan hamda tishining kattaligiga ko‘ra yirik, o‘rta, mayda tishli 
arralarga ajratiladi. Bu arralar faner va yog‘ochdan shakldor buyumlarni 
arralash uchun ishlatiladi. 


Arra turlari Burchaarra , G’o’laburarra , Dasta arra 
Qo‘larralarning burcharra, burama yoyarra deb ataladigan turlari 
mavjudBurcharralar tanasi yupqa bo‘lib, tor iz hosil qilish orqali aniq 
arralashishlarini bajarish uchun xizmat qiladi. Shu bilan birga arralash uchun 
kamroq kuch sarflash imkonini beradi. Ularni ishlatish vaqtida yupqatanasini 
tarang tutib turish uchun maxsus moslamadan foydalaniladi.Moslamaga 
o‘rnatilgan burcharraning tuzilishi arra tanasi, 2 ta quloq,2 ta dasta, 1 ta kergi 
chilvir va burov tayoqchasidan iborat.Bu arrani ishlatish vaqtida tanasini tarang 
tutib turish uchun chilvirorasidan o‘tkazilgan burov tayoqchasini aylantirib 
chilvirni taranglashkerak. Burcharralar kashakliarra, yoyarra de ham ataladi. 
Burama yoyarralar taqasimon tutqichga mahkamlanadi. yupqa, ensiz va kaltaarra 
tanasidan iborat ixcham qo‘larra bo‘lib, faner, yupqa taxta va boshqa 
materiallardan shakldor buyumlar yasash uchun ishlatiladi. Bunday arralar 
tanasining qalinligi 0,6–1,25 mm eni 2–10 mm, uzunligi 200–350 mm gacha 
bo‘ladi. Burilma arralar lobzik yoki qilarra deb ham ataladi. 
Sarjinarra yog‘och g‘o‘lalarini 2 kishi bo‘lib qirqish uchun ishlatiladi. 
Bu arralarning tanasi uzun va keng bo‘lib, uning ikki uchiga yog‘och dastalar 
o‘rnatiladi. Bu dastalarning o‘q chizig‘i arra tanasi bilan birxil tekislikda bo‘ladi. 
G‘o‘labo‘rarra yo‘g‘on yog‘ochlardan ikki kishi bo‘lib taxta tilishda ishlatiladi. Bu 
arradan foydalanishda yog‘ochni taxta tiluvchilarning biri uning ostida, ikkinchisi 
ustida turib arralashlari uchun maxsus tayyorlangan joyga mahkamlanadi. 
G‘o‘labo‘rarraning dastalari uning tanasi tekisligini ikki yoniga tik chiqib 
turadigan holatda 


o‘rnatiladi. Arralar vazifasiga ko‘ra qirquvchi, tiluvchi arralarga bo‘linadi. Bu 
arralar bir-biridan tishlarining shakli bilan farq qiladi. Qirquvchi arralar yog‘ochni 
ko‘ndalang qirqish uchun ishlatiladi. Ularning tishlari teng yoki uchburchak 
shaklda bo‘lib, ular arra tanasining davomidan o‘tkir uchlari tashqariga tik 
yo‘nalgan holda chiqariladi. Tiluvchi arralar yog‘ochni bo‘yiga arralab tilish uchun 
ishlatiladi. Ularning tishi o‘tkir burchakli bo‘lib, ular arra tanasi davomidan 
tashqarida tik yo‘nalgan uchburchak shaklda chiqariladi. Duradgorlik iskanalari. 
Yog‘och materiallardan turli xil buyumlar tayyorlashda ularning qismlari 
ko‘pincha «tirnoq» chiqarish yo‘li bilan biriktirilib, bunda o‘yish-teshish ishlari 
bajariladi. Bu maqsadda har xil duradgorlik iskanalaridan foydalaniladi. 
Duradgorlik iskanalari vazifasiga ko‘ra yo‘nuvchi va o‘yuvchi iskanalarga 
bo‘linadi 
Yo‘nuvchi iskanalar yordamida chiqariladi, tirnoqlar rostlanadi, teshik, 
uyalar yo‘nib kengaytiriladi. Shuningdek, yumshoq va yupqa taxtalar o‘yib 
teshiladi. Qalin va qattiq yog‘ochlarni o‘yish-teshish ishlari o‘yuvchi iskanalar 
yordamida bajariladi. Yo‘nuvchi iskanalar yupqa, o‘yuvchi iskanalar qalin bo‘ladi. 
Bund anqat’i nazar, ularning eni har xil o‘lchamda tayyorlanadi (6-rasm). 
Yo‘nuvchi iskanalarning eni 4 mm dan 40 mm gacha, o‘yuvchi iskanalarning eni 
6 mm dan 20 mm gacha bo‘ladi. O‘yish-teshish ishlarida quloq, uya va 
teshiklarning kengligiga qarab unga mos iskanalar tanlanadi. Teshik enidan katta 


iskana ishlatishga ruxsat etilmaydi. Kichik o‘lchamdagi iskanalar bilan esa katta 
teshik va uyalarni ochish ham mumkin. Yog‘och taxtalarni yo‘nish, o‘yish-
teshishda nov shaklidagi iskanalar ishlatiladi. Ular yordamida silindrik teshik va 
uyalar o‘yish, sirtlarda nov ochish ishlari bajariladi. Iskanalar bir tomonlama 
charxlanadi. Yo‘nuvchi iskanalarning o‘tkirlik (charxlash) burchagi 18–25°, 
o‘yuvchi iskanalarning o‘tkirlik burchagi 25–35° atrofida bo‘ladi. 
Nov iskana turlari 
Iskanalarning dastalari zarang, qora qayin, qayrag‘och, yong‘oq kabi pishiq 
yog‘ochlardan tayyorlanib, dastani iskanaga biriktirilgan joyiga metall halqa 
kiydiriladi. Halqalar iskanaga bolg‘a bilan urilganda dastani yorilishdan saqlaydi. 
Iskanalar yog‘och to‘qmoq bilan uriladi. Iskana dastalari plastmassadan ham 
tayyorlanadi. 

Yüklə 42,94 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin