ISH TARTIBI VA TOPSHIRIQLAR.1.Gerbariy na'munalaridan foydalanib, oila uchun xos belgilarini o‘rganing.Loladoshlar oilasi bilan taqqoslang farqli belgilarini yozib oling.
2.Oila vakillaridan oddiy piyoz o‘simligining sistematik belgilarini
o‘rganing. Uning piyoz boshi shakiliga, poya va bargning tuzilishiga, to‘pguliga,
gulqo‘rg‘on xiliga va ularning qo‘shilgan yoki qo‘shilmaganligiga, changchi va
urug‘chilarga va meva tipiga e'tibor berib, ularning rasmlarini chizib oling. Gul
formulasini tuzing. Р(3)+(3)A3+3G(33.Quyidagi o‘simliklarning lotincha va o‘zbekcha nomlarini yozib oling.Allium cepa-oddiy piyoz, osh piyoz, A.sativum- sarimsoq piyoz,
A.suvorovii-suvorov piyozi, anzur piyoz, A. Pskemense- Pskom piyozi, tog‘ piyoz,
A. Schubertii- cho‘chqa piyoz.HILOLDOShLAR OILASI- CYPERACEAE.
Morfologik ta'rifi. Bu oila 95 ta turkum 3500 turni o‘z ichiga oladi. Ular
er sharinig hamma qismida keng tarqalgan, ko‘p yillik ba'zan, bir yillik o‘t
o‘simliklardir. Poyasi ko‘pincha uch qirrali, bo‘g‘imsiz, ba'zan tsilindrsimon. Bargi
tilchasiz, yopiq qinli, uch tomonga qarab o‘sgan bo‘lib, ko‘pincha poyasining ost
tomonida joylashadi. Plastinkasi qattiq, ensiz lentasimon, chetlari g‘adur-budur.
Gullari ikki yoki bir jinsli. Bir uyli ba'zan ikki uyli o‘simlik. To‘pguli boshchasimon, boshoqsimon, supurgisimon, soyabonsimon va boshqa xilda bo’lishimumkin. Gullari gulqo‘rg‘onsiz, ba'zan tukcha va qiltiqlari bo‘ladi. Changchilari asosan
3ta, ba'zan 6 tagacha bo’lishimumkin.Urug‘chisi bitta, 2-3 ta mevabar
gli.Tugunchasi ustki. Ba'zi turkumlarida tugunchasi tangachabarglar bilan o‘ralib
xaltachalarga aylanadi. Mevasi uch qirrali yoki dumaloq yong‘oqcha.
Ahamiyati.Oila vakillarining ayrim turlari manzarali va em – xashak
o‘simligi sifatida foydalaniladi.
ISH TARTIBI VA TOPSHIRIQLAR. 1.Gerbariylardan foydalanib, hiloldoshlar oilasining morfologik belgilarini
o‘rganing, turkumlariin aniqlagich yordamida aniqlang.
2.Oilaning keng tarqalgan vakillaridan birining morfologik jihatdan tahlil
qiling. Bunda bargning poyada joylashishiga, poyaning uch qirraliligiga,
to‘pguliga, changchi va urug‘chilar soniga e'tibor bering. Ularni rasmlarini chizing.
Gul formulasini tuzing. P6-10A3G(2-3)3. Oila vakillaridan quyida keltirilgan o‘simliklarning lotincha vao‘zbekcha nomlarini yozib oling.Scirpus-Qiyoq, Cyperus- Salomalik, Carex- rang,Cladium- kladium, qilich o‘t, Bolboschoenus- Suv hilol.