15 м avzu ishlab chiqarish xarajatlari va foyda reja



Yüklə 133,22 Kb.
səhifə15/17
tarix07.01.2024
ölçüsü133,22 Kb.
#203668
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
3012 word

6-chizma

Foyda miqdoriga ta’sir ko‘rsatuvchi ikkinchi omil – korxona o‘z mahsulotlarini sotuvchi narx darajasi bo‘lib, bu o‘rinda mahsulot narxi, qiymati va tannarxi o‘rtasidagi nisbatning beshta asosiy holatini ajratib ko‘rsatish mumkin (7chizma).

Chizmadan ko‘rinadiki, birinchi holatda narx mahsulotlar tannarxidan past darajada o‘rnatilib (N1 daraja), buning natijasida ular zarariga sotilishi mumkin. Ikkinchi holatda narxning N2 darajada o‘rnatilishi mahsulotni sotishdan olingan pul tushumining korxona xarajatlariga teng kelishi, ya’ni ishlab chiqarishning faqat o‘zini-o‘zi qoplashi ta’minlanishi mumkin. Uchinchi holatdagi N3 narx darajasi tannarxdan yuqori, biroq qiymatdan past bo‘lib, bunda korxona foydasi tovarda mujassamlashgan foyda miqdoridan kam bo‘ladi. To‘rtinchi holatdagi N4 narx darajasi qiymat miqdoriga teng bo‘lib, korxona tovarda mujassamlashgan barcha foydani oladi. Va nihoyat, beshinchi holatdagi N5 narx darajasini o‘rnatish korxonaga tovar qiymatidan ko‘proq pul daromadi olish imkonini beradi. Buni yuqorida keltirilgan misoldagi «A» mahsulot qiymati va narxi orqali aniqroq ifodalash mumkin: N1 = 500 so‘m; N2 = 600 so‘m; N3 = 800 so‘m; N4 = 1000 so‘m; N5 = 1200 so‘m.
Korxona yalpi foydasining taqsimlanishi ham muhim ahamiyat kasb etadi (8chizma).
Chizmadan ko‘rinadiki, eng avvalo yalpi foydadan boshqa iqtisodiy sub’ektlarga turli to‘lovlar amalga oshiriladi. Bu to‘lovlarga boshqalarning yer va binolaridan foydalanganlik uchun ijara haqi, qarzga olingan pul mablag‘lari uchun to‘lanadigan foizni kiritish mumkin. Bundan tashqari, korxonalar davlat va mahalliy hokimiyat organlari budjetiga soliqlar to‘laydilar, turli hayriya va boshqa fondlarga mablag‘lar kiritadilar. Mablag‘larning qolgan qismi korxona sof foydasini tashkil etadi. U korxonaning ishlab chiqarish va ijtimoiy ehtiyojlariga, shuningdek, jamg‘arish (ishlab chiqarishni kengaytirish)ga, atrof-muhit muhofazasi, xodimlarni tayyorlash va qayta tayyorlash va boshqa maqsadlarga sarflanadi.
8-chizma

Yüklə 133,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin