15 м avzu ishlab chiqarish xarajatlari va foyda reja


O’ylab ko‘ring. Siz dars qilish unumdorligingiz pasayib boryaptimi?



Yüklə 133,22 Kb.
səhifə9/17
tarix07.01.2024
ölçüsü133,22 Kb.
#203668
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
3012 word

O’ylab ko‘ring. Siz dars qilish unumdorligingiz pasayib boryaptimi?

Bu holat marjinalistlar tomonidan ishlab chiqilgan unumdorlikning pasayib borishi qonuni orqali izohlab beriladi. Unga ko‘ra, ma’lum davrdan boshlab korxonaning ishlab chiqarish quvvatlariga (masalan kapital yoki yerga) o‘zgaruvchi resurslar birligi (masalan, jonli mehnat)ni ketma-ket qo‘shib borish, har bir keyingi o‘zgaruvchi resurs birligi qiymatiga kamayib boruvchi qo‘shilgan mahsulot beradi. Boshqacha aytganda, agar asosiy kapitalga xizmat ko‘rsatuvchi ishchilar soni ko‘payib borsa, ishlab chiqarishga ko‘proq ishchini jalb
qilib borish bilan ishlab chiqarish hajmining o‘sishi tobora sekinlik bilan ro‘y beradi. Bu qonunni tasvirlash uchun quyidagi misolni keltiramiz. Faraz qilaylik, fermer foydalanadigan yerning doimiy miqdoriga (masalan 20 ga) ega bo‘lib, unda don yetishtiradi. Agar fermer ekinga qayta ishlov bermasa, har bir gektar yerdan 40 sentnerdan hosil oladi deb hisoblaymiz. Agar ekinga qo‘shimcha bir marta ishlov berilsa, hosildorlik 50 ts/ga ga qadar ko‘tarilishi mumkin. Ikkinchi ishlov berish hosildorlikni 57 ts/ga, uchinchisi - 61 ts/ga, to‘rtinchisi, aytaylik 63 ts/ga ga qadar ko‘tarishi mumkin. Ekinga keyingi ishlov berishlar juda kam yoki nolga teng bo‘lgan qo‘shimcha hosil beradi. Bu yerda shuni ta’kidlab o‘tish lozimki, unumdorlikning pasayib borish qonuni, o‘zgaruvchi resurslarning barcha birligi (masalan barcha ishchilar) sifat jihatidan bir xil degan farazga asoslanadi. Ya’ni, har bir qo‘shimcha ravishda jalb qilingan ishchi bir xil aqliy layoqatga, bilimga, malakaga, harakat tezligi va shu kabilarga ega deb hisoblanadi.
Demak, qo‘shilgan mahsulot keyingi jalb qilingan ishchi kam malakaga ega bo‘lgani uchun emas, balki kapital (fondlar)ning mavjud miqdoriga nisbatan ko‘p miqdorda ishchilarni band qilish sababli kamayib boradi. Bu yerda ishlab chiqarish omillari o‘rtasidagi nisbat, mutanosiblik buzilishi sodir bo‘ladi. Bundan ko‘rinib turibdiki, unumdorlikning pasayib borishi degan qonun tabiiy ravishda o‘zidan o‘zi emas, balki omillarning boshqasi o‘zgarmagani holda ayrimlarini ko‘r-ko‘rona ko‘paytirib, ular o‘rtasidagi mutanosiblik buzilganda sodir bo‘ladi7.
Qulay iqtisodiy muhit tufayli ishlab chiqarish quvvatlarining to‘xtovsiz kengayib borishi natijasida korxona o‘rtacha umumiy (yalpi) xarajatlarida qanday o‘zgarish ro‘y beradi? Dastlab, qandaydir vaqt oralig‘ida ishlab chiqarish quvvatlarining kengayishi o‘rtacha umumiy xarajatlarning pasayishi bilan birga boradi. Ammo oxir-oqibatda ko‘proq va yanada ko‘proq quvvatlarni ishga tushirish o‘rtacha umumiy xarajatlarning o‘sishiga olib keladi. Bunday hollarni samaraning kamayib borish qonuni tushuntirib berolmaydi, chunki uning amal qilish shart-sharoiti ishlab chiqarishda foydalanadigan resurslardan bittasi miqdorining o‘zgarmasligi hisoblanadi. Uzoq muddatli davrda barcha resurslar miqdori o‘zgaradi. Bundan tashqari biz tahlilda barcha resurslar narxini doimiy deb faraz qilamiz. Shu sababli uzoq muddatli davrda o‘rtacha xarajatlarning o‘zgarishi tamoyilini ishlab chiqarish miqyosi o‘sishining ijobiy va salbiy samarasi yordamida tushuntirish mumkin.

Yüklə 133,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin