19
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida ta’lim-tarbiya jarayonini bola shaxsiga
yo’naltirishda pedagogik sharoitlarga e’tibor qilish zarur deb hisoblaymiz.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagogik jamoasida , bolalar
jamoasida sog’lom psixologik muhitning ustuvorligiga e’tibor berish;
Bolaning ijtimoiy tajribasi, individual psixologik
va yosh xususiyatiga
asoslanib yakka tartibda yondashishga ustuvorlik berish;
Bolani ichki imkoniyati , jismoniy, ijodiy, intellektual salohiyatini ro’yobga
chiqarishga imkon beradigan shart-sharoitlarni yaratish , rivojlantiruvchi markazlar
faoliyatidan samarali foydalanishga erishish;
Guruhdagi
bolalarning
pedagogik,
psixologik
jihatdanbir-birlariga
moslashishga erishish orqali bolalar o’rtasidagi bir-biriga hayrixohlik, hamfikr bo’lish
,o’zaro tushunish ,hamkorlik faoliyatini qo’llab –quvvatlash orqali bolalar jamoasining
jipsligiga erishib borish.
Ta’lim-tarbiya jarayonida bolaning hamkorlikdagi , guruhli ish usullaridan
ko’proq foydalanishni yo’lga qo’yish,topshiriqlarni taqsimlashda
bolaning fikrlariga
tayanish;
Maktabgacha ta’lim tashkilotidagi pedagogik jamoani bola shaxsiga yo’naltirilgan
ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etishga oid yangi texnologiyalar bilan qurollantirish,
“bolalarga do’stona munosabat “bo’yicha seminar treninglarni tizimli tashkil etibborish
orqali pedagog tarbiyachilarning kasbiy mahoratlarini shakllantirishga erishish maqsadga
muvofiq.
3
Demak, maktabgacha yoshdagi bolalar imkoniyatlaridan samarali foydalanishning
muhim shartlaridan biri ular bilan ishlash chog’ida qo’llanilayotgan usul va tarbiya
shakllarining bolalar psixofiziologik xususiyatlariga mos bo’lishidir.Ta’lim-tarbiya
jarayoni asosan didaktik o’yinlar, turli xil amaliy va tasviriy faoliyat shakllarida
o’tkazilishi maqsadga muvofiqdir. Bolalar bilan an’anaviy maktab darsi shaklida also
ishlab bo’lmaydi.Bolalar bog’chada ta’lim olishlari uchun bu jarayon ularning tabiiy
rivojlanishi bilan bog’liq bo’lishi kerak. MTT psixologining mashg’ulotidan
maqsad
bilim va ko’nikma bilan qurollantirish emas, balki , rivojlantirish ekanligini unutmasligi
kerak. Psixologning rivojlantiruvchi ishlarining mohiyati shundaki,ular yordamida
bolaning turli tuman bilish jarayonlari va shaxsiy xususiyatlarining rivojlanishiga ijobiy
turtki beriladi, ular takomillashtiriladi. Psixolog ishining natijalari darhol namoyon
bo’lmaydi .Shu tufayli ko’pincha tarbiyachi va ota-onalarning xafsalasi pir bo’lib ketadi
.Shuning uchun ota-ona va bog’cha tarbiyachisi onggiga shuni yetkazish kerakki ,
psixologning ishi o’qitish emas ,balki rivojlantirish. Rivojlanish esa asta-sekin yuz
beradi.Shu sababli bolaning rivojlanish jarayoni sezilmay o’tadi.
Maktabgacha yoshdagi
bolalar bilan o’tkaziladigan rivojlantiruvchi ishlarning asosiy shakli o’yindir, chunki
3
Макаренко А.С.О воспитании .// Золотойфондпедагогики
20
o’yin bu davrdagi yetakchi faoliyat sifatida bolaning psixik rivojlanishi uchun qulay
sharoit yaratadi .Ayni vaqtda bola o’yin davomida yangi bilimlarni egallab boradi.
4
Xulosa o’rnida shuni aytish joizki, bolani har tomonlama rivojlantirishda nafaqat
maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim-tarbiya jarayonida bolani qo’llab –
quvvatlash, balki bolani oilada ota-ona, kattalar, tengdoshlari tomonidan tushunish va
qo’llab –quvvatlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun tarbiyachi hamda
muassasa psixologi o’zining ijtimoiy pedagogik faoliyatida ota-onalar bilan ishlash
jarayonida ularning pedagogik psixologik savodxonligini oshirishga ,oiladagi sog’lom
muhit va bola tarbiyasiga ma’suliyat bilan
yondashish, bu sohada maktabgacha ta’lim
tashkiloti bilan hamkorlikda ishlash bolani maktab ta’limiga muvaffaqiyatli
tayyorlashning sharti ekanligini ota-onalarga yetkazish muhim sanaladi.
Dostları ilə paylaş: