Linux fayl tizimlari Biror vichester(qattiq disk) ga linux operastion tizimini ornatsangiz, albatta bu va boshqa ulangan vinchesterlar uchun fayl tizimini tanlashingiz zarur. Misol uchun Windows operatsion tizimida asosan NTFS fayl tizimidan foydalaniladi, lekin boshqa(FAT32, FAT16) fayl tizimlari ham mavjud.
Operastion tizimga quyidagi fayl tizimlari ornatilishi mumkin.
Ext Linux operastion tizimning birinchi fayl tizimi hisoblanadi, dastlabki linux versiyalarida qollanilgan. Jurnallar bilan ishlay olmaydi, mana shu uning kamchiligi hisoblanadi.
Ext2 1993 yilda yaratilgan eski fayl tizimlaridan biri hisoblanadi. Kop yillar davomida bu fayl tizimi barcha distributivlarda asosiy fayl tizimi sifatida qollanilgan. Ext2 fayl tizimini ishlashi kesh xotira bilan bogliq. Barcha disklarda bolayotgan jarayonlarni kesh xotiraga tashlab, song diskga tashlanadi. Shu sababli bu fayl tizimining tezligi juda baland, lekin ish jarayonida toki biror sababga kora ochib qolsa, kesh xotiradagi barcha malumotlarni yoqotib qoyishimiz mumkin boladi. Chunki qattiq diskga yozilmagan malumotlar kesh xotiradan ochib ketadi. Shu sababli bunday fayl tizimi bilan ishlayotganda uzluksiz tok manbaidan foydalanish zarur. Hozirgi kunda bu fayl tizimi ozining muhimligini yoqotgan.
Ext3 (Third Extended Filesystem) ext2 fayl tizimining yangilangan korinishi, lekin bu tizimda yangi texnologiya (jurnallar bilan ishlash) qollanilgan. Diskda sodir bolgan ozgarishlarning barchasi jurnallarga yozib boriladi va ma’lumotlarga zarar yetkanda shu jurnallar orqali fayllarni tiklash mumkin bo’ladi. Jurnallar bilan ishlashning quyidagi rejimlari mavjud:
-Ordered– bu rejimda fayl tizimida sodir bo’lgan xizmat(служебный) fayllarini o’zgarishlari yozib boriladi. Rejim odatiy tarzda ishlatiladi.
-Journal buzilish sodir bolganda malumotlarni minimal yoqotishga erishmoqchi bolsangiz shu rejimdan foydalanishingiz mumkin. Bu rejimda xizmat fayllaridan tashqari foydalanuvchining malumotlari xam jurnalga yozilishi mumkin. Shuning uchun bu rejim eng sekin ishlaydigan rejim hisoblanadi.
- Writeback eng tez va eng foydasiz bolgan rejim hisoblanadi.
Jurnalning ishlash rejimini faqat Ext3 fayl tizimi uchun ornatish mumkin va u quyidagicha ornatiladi: /etc/fstab fayli ozgartiriladi
/dev/sda5 / ext3 defaults, data=journal 1 1
Ext3 fayl tizimida disk razdellarining maksimal qiymati 4 Tbayt, lekin linuks yadrosining 2.6 versiyasida 16 Tbayt qilib belgilangan. Faylning maksimal xajmi 1 Tbayt bolishi mumkin. Jurnallar bilan ishlash texnologiyasini ochirib qoyish ham mumkin.
Ext4 Linuxning yangi ishlab chiqilgan fayl tizimlaridan biri hisoblanadi. Bu fayl tizimi Linux yadrosining 2.6.28 versiyasida paydo bolgan. Ext3 fayl tizimi bilan solishtiradigan bolsak, Ext4 fayl tizimi ishlashi va ishonchliligi 2 barobar oshganligini korishimiz mumkin. Bu tizimda disk razdelining maksimal qiymati 1024Pbayt (1Ebayt), fayl hajmining maksimal qiymati 2 Tbayt qilib belgilangan.
ReiserFS Jurnallar bilan ishlay oladigan fayl tizimlaridan biri xisoblanadi. Bu fayl tizimi asosan kichik hajmdagi fayllar bilan ishlashda foydali. Bu fayl tizimining oziga xos tomoni shundan iboratki, bir necha kichik hajmdagi fayllarni bir blokda saqlash mumkin. Misol uchun, blok olchamingiz 4 Kbayt, siz bu blokga 1 Kbaytli 4 ta faylni joylashingiz mumkin. Shu tariqa siz diskdagi bosh joylaringizni tejashingiz mumkin boladi. Katta fayllar bilan bu fayl tizimi juda sekin ishlaydi va bu tizim uzilishlarga(tokning uzilib qolishi, kompyuterni ochib qolishi) bardoshli emas, shu sababli ReiserFS fayl tizimini tez-tez defragmentatsiyadan otkazib turishingiz lozim. Agar siz ushbu fayl tizimidan foydalanmoqchi bolsangiz, albatta doimiy tok manbai (UPS) dan foydalaning.