15-mavzu: korreksion pedagogika asoslari. Inklyuziv ta`lim


Korreksion pedagogika quyidagi pedagogik kategoriyalarga ega



Yüklə 97,5 Kb.
səhifə2/6
tarix26.06.2023
ölçüsü97,5 Kb.
#135242
1   2   3   4   5   6
15-MA\'RUZA MASHG\'ULOTI

Korreksion pedagogika quyidagi pedagogik kategoriyalarga ega:

    1. Anomal bolalarni o'qitish va rivojlantirish

    2. Anomal bolalarni tarbiyalash

    3. Korreksiya

    4. Korreksion-tarbiyaviy ishlar

    5. Kompensatsiya (yunoncha «compensatio» — o'rnini toidirish, tenglashtirish).

    6. Ijtimoiy reabilitatsiya (yunoncha «rehabilitas»-layoqati, qobiliyatini tiklash).

    7. litimoiy adaptatsiya (yunoncha «adapto» - moslashish.

    8. Oilaviy tarbiya

Psixologik-pedagogik tekshirishlar quyidagi metodlari yordamida tashkil etiladi:

  1. Suhbat metodi. Suhbat bola bilan aloqa o'rnatish vositasi bo'lib, anomal bolaning shaxsi, emotsional-irodaviy sifatlari, xulqi, shuningdek, rivojlanishidagi chetlanishlarning sabablari haqidagi ma'lumotni to'plashga imkon beradi. Agarda bolaning nutqida, eshitish qobiliyatida nuqsonlari bo'lsa, yoki munosabatga qiyin kirishsa suhbatni tashkil qilish tavsiya etilmaydi. Bunday hollarda bolani qiziqtiradigan ko'rgazmali materialdan foydalanish mumkin.

  2. Kuzatish metodi. Kuzatish bolaning konsultatsiyaga kelishidan avval boshlanadi va yaxlit tekshirishlarni o'tkazish jarayonida davom ettiriladi. Kuzatish har doim aniq maqsad asosida o'tkaziladi. Bolani o'yin faoliyatini tashkil etish jarayonida kuzatish alohida ahamiyatga ega, ular bola bilan aloqa o'rnatishga imkon beradi. Ayrim hollarda o'yinchoqlar yordamida maxsus tekshirishlar o'tkaziladi.

  3. Rasmlarini o'rganish metodi. Rasmlar bolani o'rganishda muhim differensial-diagnostik vosita hisoblanadi. Bolada pedagog tomonidan tavsiya etilgan rasmlar xavotir uyg'otsa, bolaga erkin rasm chizishni taklif etish maqsadga muvofiqdir. Uning mavzu tanlay olishi, tasvirlash xususiyatlari, rasm chizish jarayoni yakuniy tashhis uchun qimmatli ma'lumot hisoblanadi. Aqli zaif bolalar odatda mavzuni tanlashga qiynaladilar, ular sujetlar yaratmay, alohida odatiy predmetlarni tasvirlashga harakat qiladilar.

  4. Tajriba-psixologik tadqiqotlar metodlari. Ular maxsus o'rganilishi kerak bo'lgan psixik jarayonni qo'zg'atuvchi ma'lum vaziyatlarni yaratishni ko'zda tutadi. Tajriba metodikalari yordamida u yoki bu holatlarning sabablari va mexanizmlarini ochib ko'rsatish mumkin boiadi.

  5. Testlar metodi. Bu metod bolalarning psixodiagnostik maqsadlarda tekshirishda qoilaniladi. D.Veksler tomonidan asoslangan moslashtirilgan test ommaviylashgandir. Undan foydalanish individual-psixologik tekshirishlarni o'tkazishda bola haqida zarur qo'shimcha ma'lumotlarni olishga imkon beradi.


Yüklə 97,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin