15.2. Aqliy rivojlanishi, eshitish, ko’rish, nutqida nuqsoni bor bolalar. Psixofiziologik rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo'lgan bolalarni o'qitish, tarbiyalash va rivojlantirish - murakkab ijtimoiy-pedagogik muammo hisoblanadi. Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar bilan korreksion ishlar quyidagi yo'nalishlarda olib boriladi:
Bolalarning rivojlanishi va xulqidagi nuqsonlar tabiati va mohiyatini aniqlash, ularning yuzaga kelishi sabablari va sharoitlarini o'rganish.
Rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo'lgan bolalar bilan korreksion-pedagogik faoliyatning tashkil etish va rivojlanishi tarixini o'rganish.
Bolalarning rivojlanish va xulqidagi nuqsonlarning oldini olishga xizmat qiluvchi ijtimoiypedagogik shart-sharoitlar va psixofiziologik rivojlanishi etimologiyasi (sabab-oqibatli asoslari)ni aniqlash.
Rivojlanishida kamchilik va xulqida nuqsonlar bo'lgan bolalarga korreksion-pedagogik ta'sir ko'rsatish texnologiyasi, shakl, metod va vositalarini ishlab chiqish.
Ommaviy umumiy o'rta ta'lim manbalari sharoitlarida rivojlanishi va xulqida nuqsonlar bo'lgan bolalarning umumiy va maxsus ta'limi mazmunini tahlil qilish.
Bolalarni reabilitatsiya qilish va himoyalash markazlari, maxsus muassasalarining maqsadi, vazifa va asosiy yo'nalishlarini aniqlash.
Anomal bolalar bilan koreksion-pedagogik faoliyatni tashkil etuvchi o'qituvchilarni tayyorlashda zarur o'quv-metodik bazasini yaratish.
Korreksion-tarbivaviy ishlar anomal bolalarning rivojlanishidagi kamchiliklarni yo'qotish yoki kamaytirishga qaratilgan maxsus pedagogik chora-tadbirlar tizimidir.
Korreksion-tarbivaviy faoliyat bolaning idrok etish imkoniyatlarini o'zgartirish, uning emotsionalirodaviy, individual-shaxsiy sifatlarini yaxshilash, qiziqish va layoqatlari, mehnat, badiiy, estetik va boshqa qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan pedagogik xatti-harakat.
Korreksion-rivoilantiruvchi ta'lim o'qishda va maktabda anomal bolalarga o'z vaqtida malakali yordam ko'rsatishni ta'minlovchi differensial ta'lim tizimi bo'lib, uning asosiy vazifasi bola rivojlanishining umumiy darajasini oshirishga qaratilgan bilimlarni tizimlashtirish, uning rivojlanishi va o'qishidagi kamchiliklarni yo'qotish, yetarlicha shakilanmagan malaka va ko'nikmalarni shakllantirish hamda bolaning idrok etish borasidagi kamchiliklarni tuzatish.
Olib borilgan tadqiqotning ko'rsatishicha, rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarning soni ko'p bo'lib, ayni vaqtda yanada oshib bormoqda. «Anomaliya» tushunchasi yunonchadan tarjima qilinganda me'yordan, umumiy qonuniyatlardan chetlanish, noto'g'ri rivojlanishni anglatadi. Rivojlanishida muammolari bo'lgan bolalarda jismoniy yoki psixik kamchiliklar (nuqsonlar) bo'ladi, ular bolalarning umumiy rivojlanishida chetlanishlarning sodir bo'lishiga sabab bo'ladi. Nuqsonning xususiyati, paydo bo'lishiga qarab ayrim kamchiliklarni to’la yo'qotish, ayrimlarini esa tuzatish, uchinchi xillarining o'rnini to'ldirish mumkin. Anomal bolaning rivojlanishida uni o'qitish va tarbiyalash asosiy muammo hisoblanadi. Ayni vaqtda rivojlanishidagi chetlanishlarning klassifikatsiyasi bo'yicha yagona qarash mavjud emas. M.A.Vlasova va M.S.Pevznerlar anomal bolalarning quyidagi guruhlarini ko'rsatadilar:
Sensor xislati yetishmaydigan (noraso) bolalar (eshitish, ko'rish, nutqi qobiliyatlari, tayanchharakat apparat va sensomotorikasining funksiyasi buzilgan).
Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalar.
Astenik yoki reaktiv holati hamda nizoli tashvishlanishga ega bo'lgan bolalar.
Psixopatik xulqli bolalar (xulqning emotsional buzilishi).
Aqli zaif bolalar (debillik, imbetsillik, idiotiya darajasidagi oligofrenlar).
Psixik kasallikning boshlang'ich ko'rinishi (shizofreniya, epilepsiya, isteriya va boshqalar) namoyon bo'ladigan bolalar.
O.N.Usanova anomal bolalarni quyidagi guruhlarga ajratishni taklif etadi:
Organik buzilishlar sababli rivojlanishida chetlanish bo'lgan bolalar.
Funksional yetuk emasligi sababli rivojlanishida kamchilik bo'lgan bolalar.
Psixik deprivatsiyalar asosida rivojlanishida kamchiliklar bo'lgan bolalar.
Defektolog V.S.Raxmanova rivojlanishida nuqsonlar bo'lgan bolalarni quyidagicha guruhlarga ajratishni taklif etadi:
Intellektual buzilishga ega bolalar (aqli zaif va psixik rivojlanishdan ortda qolgan bolalar).
Nutqi buzilgan bolalar.
Sensorli nuqsonlarga ega bolalar (ko'rish va eshitish qobiliyatlari buzilgan)
Tayanch-harakat apparati buzilgan bolalar.
Rivojlanishida kompleks buzilish bo'lgan bolalar.
Anomal bolalarda nutqiy qobiliyatning buzilishi umumiy qonuniyat hisoblanadi.
Bolaga korreksion ta'sir ko'rsatishning samaradorligi mavjud nuqson xususiyati, ayrim psixik jarayon yoki funksiyalarining buzilganlik darajasi, bolaning yoshi, nuqsonlar o'rnini toidirishga imkon beruvchi qobiliyati, tibbiy-pedagogik ta'sir ko'rsatish, bola yashayotgan muhit hamda uni tarbiya sharoitlarining mavjud ahvoli va boshqa omillarga bog'liq. Anomal bolalarning ma'lum guruhi faqat psixologik-pedagogik ta'sirga muhtoj bo'lsalar, boshqa guruhlari ularga esa davolashsog'lomlashtirish tadbirlarining amalga oshirilishini talab etadi. Rivojlanishdagi nuqsonlarning barvaqt diagnostika qilinishi ma'lum muvaffaqiyatlarga erishishning garovidir.
Anomal bolalarni maxsus muassasalarda o'qitish va tarbiyalash, shuningdek, umumiy o'rta ta'lim maktablarida korreksion-rlvojlantiruvchi sinflarni tashkil etish masalasi bilan psixologiktibbiy-pedagogik komissiyalar (PMPK) shug'ullanadilar. Bu borada mutaxassislarning quyidagi tamoyillarga amal qilishlari maqsadga muvofiqdir:
Insonparvarlik tamoyili har bir bola uchun o'z qobiliyatlarini maksimal darajada rivojlantira oladigan zarur sharoitlarni o'z vaqtida yaratib berishdan iborat bo'lib, u bolani izchil va batafsil o'rganish, uning yo'lida uchraydigan qiyinchiliklarni yo'qotish yo'llari va vositalarini izlashni talab etadi.
Bolalarni kompleks o'rganish tamoyili bolaga tashhis qo'yishda zarur mutaxassisliklar (tibbiy, defektologik, psixologik va pedagogik) bo'yicha olingan ma'lumotlarga tanishni nazarda tutadi. Agar shifokor, defektolog, psixolog va pedagoglarning fikrlari turlicha bo'lsa, bola qayta tekshiruvdan o'tkaziladi.
Bolani har tomonlama va yaxlit o'rganish tamoyilibolaning idrok etish, emotsional-irodaviy sifatlari va xulqini tekshirishni ko'zda tutadi. Unga ko'ra bolaning rivojlanishiga jiddiy ta'sir ko'rsatishi mumkin bo’lgan jismoniy holati ham hisobga olinadi. Bolani har tomonlama va yaxlit o'rganish uning o'quv, mehnat va o'yin kabi faoliyati jarayonidagi harakatlarini kuzatishga asoslanadi.
Bolani dinamik o'rganish tamoyiliga binoan tekshirish davomida ular biladigan va bajara oladigan ishlarni emas, balki ularning o'qitishdagi imkoniyatlarini ham hisobga olish muhim ekanligini nazarda tutadi. L.S.Vigotskiyning «yaqin rivojlanish zonasi» - bolalarning o'qishdagi mavjud imkoniyatlari haqidagi ta'limoti mazkur tamoyilning asosini tashkil qiladi.
Sifatiy-miqdoriy yondashuv tamoyili bola bajargan topshiriqni baholashda yakuniy natijanigina emas, balki usuli, masalani yechish uchun tanlangan yo'lning ratsionalligi, harakatlarning mantiqiy ketma-ketligi, maqsadga erishishdagi qat'iylik va tirishqoqlikni ham hisobga olish zarurligini asoslaydi.
Ma'lum turdagi patologiyali bolalarni boshqa bolalar guruhlaridan ajratish tamoyili har bir maxsus ta'lim muassasasi o'zi qoidalariga egaligini tavsiflaydi.
Rivojlanishida mavjud bo'lgan chetlanishlar daraiasiga ko'ra differensatsiyalashtirilgan ta'limnitashkil etish tamoyili rivojlanishida bir xil, lekin darajasiga ko'ra turli chetlanishga ega bolalarni ajratgan holda o'qishlarini nazarda tutadi, binobarin, ularni o'qitish metodikasida seziiarii farqlar mavjud (masalan, ko'zi ojiz bolalar taktil asosda (Brayn tizimi bo'yicha), yomon ko'ruvchilar esa ko'rish asosida o'qitiladi).
Yoshi tamoyili har bir guruh yoki sinfga ma'lum yoshdagi bolalarning qabul qilinishini ifodalaydi. Turli yoshdagi rivojlanishida nuqsonlar bo'lgan bolalarni tekshirish va ularga korreksion yordam ko'rsatish malakali mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi.
Tadqiqotlar predmetlarni o'zlashtira olmaydigan o'quvchilar orasida psixik rivojlanishi ortda qolgan, yaqqol ifodalanmaydigan sensorli, intellektual, nutqiy buzilishlarga ega bolalar mavjudligi, buning sababi markaziy nerv tizimi shikastlanishining asorati, minimal miya diafunksiyalari ekaniligini ko'rsatadi. Psixik rivojlanishi ortda qolgan bolalar predmetlarni o'zlashtira olmaydigan o'quvchilarning taxminan 50 foizini tashkil etadi. PROQni bolalar rivojlanishini ko'rsatuvchi anomaliya sifatida o'rganish XX asrning 50-yillarining oxirida boshlanib, 60-70-yillarda keng ommalashdi. Tadqiqotchilar (G.B.Shoumarov, K.S.Lebedinskaya) PROQning quyidagi to'rt variantini keltiradilar:
konstitutsional kelib chiqish;
4) serebral-organik kelib chiqish.
Psixik rivojlanishi ortda qolgan maktabga borayotgan bolalar o'ziga xos xususiyatlarga ega bo'ladilar. Ular maktabda o'qishga to'la tayyor emaslar, ularda maktabda o'qish uchun zarur bo'lgan ko'nikma va malakalar shakllanmagan, dastur talablarini o'zlashtirish uchun layoqati yetarli emas. Ular maxsus yordamsiz hisoblash, o'qish va yozishni, shuningdek, maktabdagi tartibni o'rgana olmaydilar. Faoliyatlarni tashkil etishda qiyinchilikni his etadilar. Ularda ruhiy toliqish kuzatilib, tez charchash, ish bajarish qobiliyatining pasayishi, boshlagan ishini bajarmaslik kabi holatlar kuzatiladi. Ko'pincha boshlari og'riydi.
O'zbekistonda XX asrning 60-yillarida ilk bor psixik rivojlanishdan ortda qolgan bolalar bilan maxsus pedagogik ishlar amalga oshirilgan. Hozirgi kunda psixik rivojlanishdan ortda qolgan bolalar uchun maktab internatlar va maxsus ta'lim muassasalari faoliyat olib bormoqda. Shuningdek, ular ommaviy umumiy o'rta ta'lim maktablarida tashkil etilgan korreksion-rivojlantiruvchi sinflarda ham o'qitishlari mumkin. Ta'lim jarayoni quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
Boshlang'ich umumiy o'rta ta'lim (ta'lim muddati — 4—5 yil).
Asosiy umumiy o'rta ta'lim (ta'lim muddati — 5 yil). Bolalarni korreksion muassasalarga qabul qilish PTPKning xulosasi bo'yicha ota-onalari yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslarning roziligiga ko'ra amalga oshiriladi. Sinf 12 nafar o'quvchidan iborat bo'ladi. Ular rivojlanishidagi nuqsonlarning bartaraf etilishiga ko'ra ommaviy umumiy o'rta ta'lim muassasalariga o'tkazilishlari mumkin. lkkinchi bosqichda ta'lim (V—IX sinflar) ayrim o'zgartirishlar (muayyan o'quv mavzulari yoki ulardagi materiallar hajmini qisqartirish) bilan ommaviy umumiy o'rta ta'lim maktablarining dasturlari asosida amalga oshiriladi. Korreksion-rivojlantiruvchi sinflarda, ta'limning 1-bosqich muddati zarur holatlarda 1 yoki hatto 2 yilga uzaytirilishi mumkin. Ular bilan ishlashda asosiy vazifa - bolalar tomonidan atrof-muhit haqidagi bilimlarni egallab olinishiga yordam berish, ularda kuzatuvchanlik va amaliy o'quv faoliyati tajribasini hosil qilish, mustaqil ravishda, bilimlarni egallash va amaliyotda ulardan foydalanish malakasini shakllantirishdan iborat.
Bunday o'quvchilar individual yondashishni talab etadilar. Ularni korreksion o'qitish davolashsog'lomlashtirish tadbirlari bilan birga amalga oshirilishi zarur. O'quv materiali hamda ta'lim metodi PROQ bolalarning rivojlanish darajalariga mos holda tanlanishi zarur.
«Oligofreniya» (yunoncha olygos - kam va phren - aql) termini XIX asrda mashhur nemis psixiatri Emil Krepelin tomonidan qo'llanilgan. Oligofreniya - bu natal (tug'ilish payti) yoki postnatal (hayotiy rivojlanishning erta bosqichi) davrlarda markaziy nerv tizimining zararlanishi natijasida yuzaga keladigan aqliy yoki psixik rivojlanmaslik. Aqli zaif shaxslar rivojlanish va nuqson darajasiga ko’ra turlicha bo'ladi. Ularni quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:
Ona qornida miyasi shikastlangan bolalar.
Tug'ilishi paytida yoki tug'ilgandan keyin uch yil davomida miyasi shikastlangan bolalar. Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti (VOZ) 1994-yilda aqli zaiflikning quyidagi to'rt darajasini e'tirof etgan: sezilmas (kam-). o'rtacha, og'ir va chuqur darajalar.
Logopediya(yunoncha logos — so'z va paideia — tarbiyalash) shug'ullanadi. Patogen omil ta'sirida yuzaga kelgan nutqiy buzilishlar o'z-o'zidan yo'qolmaydi va u maxsus tashkil etilgan korreksionlogopedik choralarsiz bolaning keyingi rivojiga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
Tiflopedagogika (yunoncha «typhlos» — ko'r) — korreksion pedagogika
(defektologiya)ning muhim sohasi. Ko'rish — ko'rish analizatori yordamida borliqni sezish va qabul qilishdir. Miya ko'rish orqali tashqi dunyo haqidagi ma'lumotlarni oladi. Ko'rish qobiliyatining buzilishi tug'ma yoki orttirilgan bo'ladi.
Ko'rish qobiliyatining buzilgan bolalar quyidagi guruhlarga ajratiladi:
Ko'r tug'ilganlar.