15-Mavzu. OCHIQ IQTISODIYOTDA MANDELL FLEMING MODELI
Tovarlar bozori va IS egri chizig’i
Mandell-Fleming modeli tovar va xizmatlar bozorini IS-LM modeliga qaraganda ko’proq tasvirlab beradi va sof export uchun yangi termin qo’shadi. Ayniqsa, tovarlar bozori quyidagi tenglama bilan ifodalanadi.
Y=C(Y-T) + I(r) + G + NX(e).
Bu tenglama shuni bildiradiki, jami daromad Y iste’mol C, investitsiya I, davlat xarajatlari G va sof exportning NX yig’indisiga teng. Iste’mol sof daromadga (Y-T) to’g’ri proporsianal, Investitsiya foiz stavkasiga teskari proporsianal. Sof export valyuta kursiga (e) tengkari bog’liq. Oldingiga o’xshab, biz valyuta kursini (e) har bir milliy valyutaga to’g’ri keladigan xorijiy valyutalar miqdori sifatida bilamiz – misol uchun (e) 100 yena bir dollar bo’lishi mumkin. Siz yana eslashingiz mumkin ya’ni biz 5 bobda sof exportni nominal valyuta kursiga qaraganda (milliy va xoriji valyutalar narxlari) real valyuta kursiga bog’lagandik (ya`ni mamlakatdagi va xorijdagi tovarlarning o’zaro narxlari).
Pul bozori va LM*egri chizig’i
Mandell-Fleming modeli IS-LM modelidan tanish bo’lgan pul bozori tenglamasini ko’rsatib beradi. M/P = L(r, Y).
IS egri chizig’i. IS egri chizig’i sof eksport va Keyns xochidan kelib chiqqan. (a) panel sof-exportni ko’rsatadi. Valyuta kursining e1 dan e2 gacha ko’tarilishi sof eksportni NX(e1) dan NX(e2) ga pasaytiradi. (b) panel keyns xochini korsatadi. sof eksport NX(e1) dan NX(e2) ga pasayishi rejalashtirilgan xarajatlarni pastga ko’chiradi va daromadni Y1 dan Y2 ga pasaytiradi. (c) panel IS egri chizig’ining valyuta kursi va daromadni umumlashtirishini ko’rsatadi. Valyuta kursi qancha katta bo’lsa, daromad darajasi shuncha kam bo’ladi. Valyuta kursi,e 1. Valyuta kursining o'sishi… (a) sof-eksport jadvali Foiz stavkasi, r 5. IS egri chizig’i tovarlar bozori muvozanatidagi bu O’zgarishlarni umumlashtiradi.