Muloqot til vositasi bilan — verbal yoki tilning ishtirokisiz — noverbal amalga oshirilishi mumkin.
Verbal aloqa og‘zaki aloqa va verbal asos haqida fikr bildirib, og‘zaki dalil (asos)larni bildiradi. Verbal muloqot jarayonida so 'z muhim o‘rin tutadi. So'z talaffuz qilinishi, ichki nutqda takrorlanishi, yozilishi, maxsus ishoralar yordamida ifodalanishi mumkin. Muomala faqat kishilar o ‘rtasidagi axborot almashishdangina iborat bo‘lmay, balki kishilarning his-hayajonlarini ham qamrab oladi. Muomalaning bu tomoni noverbal kommunikatsiyani tashkil qiladi. Noverbal muloqot vositalari bo ‘lib imo-ishora, harakat, ohang, intonatsiya, pauza, kulgi, tabassum, ko'z qarash, ko'z yoshi va boshqalar xizmat qiladi. Noverbal muloqot vositalar verbal muloqotni to ‘ldiradi. Noverbal vositalar yordamida bir so'zga koplab ma ’no berish mumkin.
Tillarni o'rgatishda shu til sohibiga xos bo‘lgan noverbal vositalarni ham o 'rgatish lozim. Aks holda chet til to ‘la o'zlashtirilmaydi.
Chunki turli tillardagi noverbal vositalar ham so 'zlar kabi bir-biridan farq qiladi. Muloqot jarayonida talabalarni yuzma-yuz o ‘tqazish ijobiy samara beradi.
Muloqot jarayonida tilga xos bo‘lgan noverbal vositalardan to‘g‘ri foydalanish muloqot madaniyatining tarkibiy qismi hisoblanadi.
Noverbal so'zlar muloqot kuzatish kuchi bilan yaqindan bog‘lanadi. Muloqot qabul qiluvchi so 'zlovchini ko ‘rish, eshitish va hattoki, his qilish pozitsiyasida bo‘lishi kerak. Muloqotni qabul qiluvchi so'zlovchining yuzi, imo-ishorasi, ohangi, kiyim-kechagi, ko ‘rinishini aniq ko ‘rishi va ovozini ham eshitadigan joyda bo ‘lishi kerak. Bu kuzatish orqali bo ‘larkan, noverbal muloqot rejalashtirilgan va rejalashtirilmagan bo ‘lishi mumkin. So 'zlovchi tinglovchilarga ongli imo-ishora, gavdasini tutishi xatti-harakatlarning boshqa shaklllari orqali aniq xabarni bildirmoqchi bo ‘lganda rejalashtirilgan bo ‘ladi. Noverbal muloqot esa, so 'zlovchining xatti-harakatlari, gavdasini tutishi, yoki ko ‘rinishi qabul qiluvchi tomonidan g‘ayriixtiyoriy qilinsa ham rejalashtirilmagan hisoblanadi. Pala- partish kiyinish yoki norasmiy kiyim-bosh kiygan notiq e’tiborli bo‘lsa ham, jiddiylik yetishmaganday izoh berilishi mumkin.