1-topshiriq: Ajratib ko’rsatilgan so’zlar o‘rnida qanday sinonimlarni qo‘llash mumkinligini ayting.
Nega shuncha go’zal ko’rinar olam? Nega qarab to’ymas ko’zlarim?
Nega jo’sh uradi, ko’piradi qon? Nega misday qizir yuzlarim? Nega hayajonda tuyg’ular, hislar? Nega lablarimda kezar tabassum? Hayot go’zal, hayot maroqli, Shuning uchun erka ko’nglim shod
2-topshiriq: Suhbatni tushunib o‘qing va shu kabi dialog tuzing.
Assalomu alaykum.
Va alaykum assalom.
Kechirasiz, bu Rustam akaning xonadonlarimi? Menga Saidjon kerak edi, men uning kursdoshi Ashur bo’laman.
Saidjon hozir uyda yo’q, bir joyga ish bilan ketgandi.
Qachon kelishini aytolmaysizmi?
Yo’q, uzr, bilmayman, qachon qaytishini aytmadi. Kech tomon bir qo’ng’iroq qilib ko’ring. Balki, kelib qolar.
Ha, albatta qo’ng’iroq qilaman. Bezovta qilganim uchun uzr.
topshiriq: Savollarga javob bering. Javobingizda qavs ichida berilgan so‘zlardan foydalaning.
Bizning armiyamiz qanday armiya? (buyuk, kuchli, qudratli, qahramon) 2.Bizning hayotimiz qanday? (quvnoq, go’zal, ajoyib) 3. Qanday shamol esyapti? (mayin, yoqimli, yengil) 4. Qanday gullar ochildi? (chiroyli hushbo’y) 5. Nozima qanday o’quvchi? (quvnoq, chaqqon, tirishqoq, qobiliyatli).
topshiriq: Matnni o’qing. Matn yuzasidan savollar tuzing.
Cho’lpon
Asl ismi-sharifi Abdulhamid Sulaymon o’g’li Cho’lpon 1983 yilda Andijonda tug’ilgan. O’zbek shoiri, tarjimoni va san’atshunos olimi. Cho’lpon - uning adabiy taxallusi. U avval madrasada, keyin rus-tuzem maktabida ta’lim olgan.
Cho’lpon bir qator ro’znomalarda xizmat qilgan. O’zbekiston badiiy studiyasi va boshqa tashkilotlarda yuqori lavozimlarda ishlagan.
Cho’lpon ajoyib shoir, mohir tarjimon va adib edi. 1929 yilda uning “Kecha va kunduz” asari bosilib chiqdi.
1927 yildan Cho’lponga xujum boshlandi. O’zbekiston madaniyat xodimlari 2- quriltoyida uni zaldan xaydab chiqarishdi.
1937 yil shoir qatl qilindi. Istiqlol yillarida o’zbek xalqining munosib farzandi qadr – qimmat topdi.