15-mavzu: O‘zbek leksikografiyasi. Umumiy va maxsus lug‘atlar. Akademik, ommabop va o‘quv lug‘atlari. Sohaviy lug‘atlarda terminlar. Tezaurus haqida ma’lumot



Yüklə 26,79 Kb.
səhifə2/10
tarix27.12.2023
ölçüsü26,79 Kb.
#198893
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
15-mavzu O‘zbek leksikografiyasi. Umumiy va maxsus lug‘atlar. A-fayllar.org

«Muqaddimatul adab» (1137- y.)-Mahmud az-Zamaxshariyning Xorazmshoh Alouddavla Abulmuzaffar Otsizga bag'ishlab yozgan asari. Bu asar besh qismdan iborat bo'lib, ularda otlar, fe'llar, bog'lovchilar, ot o'zgartishlari va fe'l o'zgartishlari haqida bahs yuritiladi. Arabcha so'zlarning ostida forscha, ba'zilarida turkiy, hatto mo'g'ulcha tarjimalari berilgan. Asar 1706-yilda Xo'ja Is'hoq Afandi tomonidan usmonli turk tiliga, keyinchalik fransuz va nemis tillariga ham taijima qilinib, Parij, Leypsig, Vena, Leyden, Qozon shaharlarida, Norvegiya, Misr va Hindistonda bir necha marta nashr etilgan1". Manbalarda ta'kidlanishicha, «Muqaddimatul adab»ning chig'atoy tilidagi tarjimasi
az-Zamaxshariyning o'zi tomonidan amalga oshirilgan.
«Attuhfatuz zakiyatu fll lug'atit turkiya» («Turkiy til haqida noyob tuhfa», XIII asrning oxirida yozilgan). — Muallifi noma'lum. Bizgacha bu asarning bitta nusxasi yetib kelgan, u Turkiyadagi shaxsiy kutubxonalardan birida saqlanadi.
Lug'at arab tilida yozilgan, uni turkshunos Besim Atalay turkcha izohlar bilan nashr ettirgan. Lug'atda qipchoq o'zbeklari tili tavsifangan. U 1968- yilda taniqli tilshunos Solih Mutallibov tarjimasida o'zbek tilida nashr ettirilgan.
«Kitob ul-idrok li Lison il-atrok» («Turkiy tillarni bilish kitobi», 1312-y.) - Abu Hayyan Andalusiyning turkiy tillarning leksikasi va grammatikasiga oid asari. Unda o'z davrining turkiy lahja va shevalari haqida ma'lumot berilgan.
«Kitobu bulg'atul mushtaqori lug‘atit turk val qifchoq» («Turk va qipchoq tilini bilishni istaganlar uchun qo'llanma», XlVasr) - Jamoliddin Abu Muhammad Abdulahad Turkiy tomonidan yaratilgan lug'at. Asarning arabcha matni qora, turk so'zlari esa qizil siyohda yozilgan. Lug'atning leksikografik materiali 4 bo'limga ajratilgan: 1) xudo va osmon, unga bo'ysunuvchi jami mavjudotlar haqida; 2) yer, uning usti va ostida bor bo'lgan narsalar haqida; 3) ravishdoshlar; 4) fe'llar.
Bu asar turkiy tillar tarixini o'rganishda katta ahamiyatga ega. Uning qo'lyozmasi Parij milliy kutubxonasida saqlanadi. 1710 ‘zbek lug‘atchiligi tarixining
chig‘atoy (eski o‘zbek tili) davri
O'zbek lug'atchiligi tarixida chig'atoy tili deb nomlangan eski o'zbek adabiy tili davri (XIV-XIX asrlar) alohida o'rin tutadi.
XV—XVI asrlardan boshlab Alisher Navoiy ijodiga qiziqishning ortib borishi qator lug'atlarning yaratilishiga olib keladi. Quyida shulardan ayrimlari haqida qisqacha ma'lumot beriladi:

Yüklə 26,79 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin