15-mavzu: O‘zbek leksikografiyasi. Umumiy va maxsus lug‘atlar. Akademik, ommabop va o‘quv lug‘atlari. Sohaviy lug‘atlarda terminlar. Tezaurus haqida ma’lumot
15-mavzu: O‘zbek leksikografiyasi. Umumiy va maxsus lug‘atlar. Akademik, ommabop va o‘quv lug‘atlari. Sohaviy lug‘atlarda terminlar. Tezaurus haqida ma’lumot.
(2 soat)
Reja :
O’zbek lug’atchiligi tarixi haqida ma’lumot
Tilning lug’at tarkibi
Lug’atlarning tuzilishi va turlari
Frazeologiya haqida ma’lumot
Tayanch so’z va iboralar. Tilning lug’at tarkibi, Leksikografiya, qomusiy lug’at, lingvistik lug’at, izohli lug’at, lug’atshunoslik tarixi, frazeologiya.
O'zbek lug'atchiligi tarixidan qisqacha ma'lumot
O‘zbek lug‘atchiligi tarixi, aslida, eski turkiy til lug‘atchiligi va arab tili lug‘atchiligi tarixi bilan uzviy bog'liqdir: «Devonu lug‘otit turk» (1073— 1074- y.), «Muqaddimatul adab» (1137- y.), «Kitob ul-idrok li lisanul atrak» (1312- y.), «Attuhfatuz zakiyatu fil lug'atit turkiya» (XIII asr) kabi asarlar arab tilida va arab tilshunosligi an'analarida yozilgan bo‘lsa-da, ularning barchasida qadimgi turkiy til va eski turkiy til lug‘ati o‘z ifodasini topgan.
«Devonu lug'otit turk» (1073—1074- y.) — Mahmud Qoshg'ariyning turkiy tillar haqidagi qomusiy asari. Unda Markaziy Osiyodan Qora dengiz bo'ylarigacha cho'zilgan hududda yashovchi turkiy urug'lar, qabilalar, elatlar, ularning tillari haqida ma'lumot beriladi. Xalq og'zaki ijodidan namunalar keltiriladi. Lug'atning bizgacha bitta qo'lyozmasi yetib kelgan. Bu qo'lyozma, kotibning ta'kidlashicha, Mahmud Qoshg'ariyning o'z qo'li bilan yozilgan nusxadan ko'chirilgan bo'lib, 1914- yilda Turkiyaning Diyorbakr shahridan topilgan. U Istanbulda saqlanmoqda.
«Devonu lug'otit turk» arab tilidan nemis, usmonli turk va o'zbek tillariga tarjima qilingan1-'-.
Dostları ilə paylaş: |