«Badoyeul lug‘at». Bu lug'at XV asming oxiri va XVI asming boshlarida Sulton Husaynning topshirig'iga binoan hirotlik Tole Hiraviy tomonidan tuzilgan. U «O'zbekcha-forscha lug'at» harakterida bo'lib, mingga yaqin so'z va iborani o'z ichiga oladi. Lug'atda ta'kidlanisliicha, unda Alisher Navoiy she'riyati tilini izohlash maqsad qilingan.
Lug'at qo'lyozmasi Sa n kt - Pete rbu rgdagi M.Y.Saltikov-Shchedrin nomli kutubxonada saqlanmoqda. U 1961-yilda prof.A.K. Borovkov tomonidan maxsus sharhlar bilan rus tilida nashr qilingan134.
Abushqa (XVI asr)— chig'atoycha-turkcha izohli lug'at. Muallifi noma'lum. Abushqa so'ziga izoh bilan boshlanganligi uchun, lug'at shu so'z bilan nomlana boshlangan. Bu so'z eski o'zbek tilida keksa, qari, nuroniy chol ma'nolariga ega bo'lgan. Lug'at Alisher Navoiy asarlari leksikasini izohlashga asoslangan, ammo unda Navoiy zamondoshlari asarlaridan ham misollar keltirilgan.
Abushqa 1862- yilda vengr sharqshunosi G.Vamberi tomonidan vengr tilida, keyin esa rus sharqshunosi V.V.Velyaminov-Zernov tomonidan 1868- yilda nashr ettirilgan.
«Lug‘ati turki»— chig'atoycha-forscha lug'at. (Tuzuvchi — Fazlullaxon). Bu lug'at XVII asrning ikkinchi yarmida tuzilgan bo'lib, 1825-yilda Kalkuttada nashr etilgan. Unda eski o'zbek tilining lug'ati va grammatikasiga oid ma'lumotlar bor.
IJ4
IJ5
«Kelurnoma» — chig'atoycha-forscha lug'at. (Tuzuvchi-Muhammad Yoqub Chingiy). U XVII asming oxirida yozilgan. Lug'at 15 bobdan iborat, shundan 14 bobida o'zbek tili fe'llari alifbo tartibida berilgan; 15-bobi 9 qismdan tarkib topgan, har bir qism alohida mavzuga bag'ishlangan: 1- qismda kosmografiyaga oid so‘z va atamalar, 2- qismda geografyaga oid so'zlar, 3- qismda hayvon nomlari, 4- qismda ovchi qushlar va uy parrandalari nomlari, 5- qismda insonning ichki va tashqi a'zolari nomlari, 6- qismda ota-ona, qarindosh nomlari, 7- qismda harbiy terminlar, 8- qismda sonlar, 9- qismda esa grammatik shakllar berilgan.
Lug'atning qo'lyozma nusxalaridan biri O'zbekiston Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida, ikkinchisi London muzeyida saqlanadi.
«Sanglah» — Mahdixon Muhammad Nizomiddin Muhammad Hodiy al-Husayniyning chig'atoycha-forscha lug'ati. U 1760- yilda yozib tugatilgan. Uning «Xulosai Abbosiy» deb nomlangan qisqartirilgan varianti ham bor. Lug'at 6 ta mabna (bob)dan tarkib topgan. Ularda fe'llar, fe'l qo'shimchalari, unlilar uyg'unlashuvi, kishilik va ko'rsatish olmoshlari, kelishik qo'shimchalari, so'roq olmoshlari, sifatlarning qiyosiy darajalari, so'z yasalish modellari, qo'shma fe'llar, frazeologizmlar, fonetikaga oid kuzatuvlar, imlo, turkiy va fors tillari o'rtasidagi aloqalar haqida ma'lumot beriladi.
Lug'atning materiali Alisher Navoiyning 12 ta she'riy va 9 ta nasriy asari tiliga asoslangan, ammo unda Bobur, Fuzuliy, Husayin Mirza, Lutfiy, Sa'didin Safoyi, Rumiy, Ali Usmon asarlari tilidan foydalanilgan o'rinlar ham bor.
Asarda muallif yoshligidan Alisher Navoiy she'rlarini o'qishga juda qiziqqanligini, shu bois buyuk so'z sultoni Alisher Navoiy asarlari tilini tushunib olishga yordam beradigan kitob yozishni maqsad qilganini aytadi.
«Sanglah»ning bir necha qo'lyozmalari bizgacha yetib kelgan, ular Londondagi Britaniya muzeyida, Istanbuldagi Sulaymoniya kutubxonasida va Kalkuttadagi kutubxonada saqlanadi.