15-вариант топширик Саволларга жавоб беринг


ekstravert shaxslar: Ular barcha ishlarda faol, jiddiy va vazmin, osoyishtalikka va tashqi ta’sirchanlikka moyil kishilardir. Ikkinchisi, introvert



Yüklə 26,13 Kb.
səhifə2/2
tarix23.05.2022
ölçüsü26,13 Kb.
#59017
1   2
15-в

ekstravert shaxslar: Ular barcha ishlarda faol, jiddiy va vazmin, osoyishtalikka va tashqi ta’sirchanlikka moyil kishilardir. Ikkinchisi, introvert shaxslar: Ular faqat o‘z ichki olamiga beriluvchan, atrofidagi odamlarga aralashmaydigan, o‘z-o‘zini nazorat qilishga, doimo ichki xavotirga moyil kishilardir. Pedagog olimlar o‘qituvchining dilkashligi ekstravert yoki introvert xususiyatlarga ega bo‘lgan shaxslar xarakterining birlashuvida paydo bo‘lishini ta’kidlaydilar. Biroq, ko‘pincha pedagogikada ekstravert tipdagi shaxslar dilkash insonlar sifatida e’tirof etilganlar. O‘qituvchida ushbu hislatlarning mavjudligi, uning pedagogik nazokat qoidalariga rioya qilib dilkashlik xususiyatlarini rivojlantirishi pedagogik mahorat sirlarini takomillashtirish zamini va shartidir. Dilkashlik munosabatini doimiy ravishda o‘z kasbiy faoliyatida mujassamlashtirgan o‘qituvchi quyidagilarni unutmasligi kerak:
sinf jamoasiga nisbatan bir qolipdagi fikrlarning muayyan tizimiga ega bo‘lishi; o‘quvchilar bilan doimo erkin muloqot qila olishi, har bir o‘quvchiga individual shaxs sifatida yondashishi; birorta ham o‘quvchisining yomon bo‘lishiga, ularning hurmat e’tiborini qozonmasligi mumkin emasligiga ishonch hosil qilishi; biror o‘quvchiga nisbatan ishonchsizlik, salbiy munosabat sinf jamoasi bilan o‘zaro yaxshi munosabatni yo‘lga qo‘yilishiga xalaqit qilishini bilishi; o‘quvchilar bilan muloqotda haddan tashqari masofani (subardinatsiya) saqlash mumkin emasligi sinf jamoasida sodir bo‘ladigan kulgili vaziyatlarda o‘qituvchining o‘ta jiddiy va qat’iy bo‘lishi jamoadagi qaltis ahvolni murakkablashtirib yuborishini unutmasligi; har bir o‘quvchiga beriladigan xolisona va adolatli baho (ijobiy yoki salbiy) o‘qituvchi va o‘quvchi orasidagi munosabatni mustahkamlaydigan ko‘prik ekanligini unutmaslik.
O‘qituvchining kasbiy pedagogik faoliyatida dilkashlik fazilati o‘quvchilar jamoasi bilan qizg‘in, muvaffaqiyatli muloqotga kirishib ketishida namoyon bo‘ladi. O‘qituvchining xushmuomalaligi va dilkashligi o‘zida butun bir global insonparvarlik jarayonini qamrab oluvchi, ko‘plab tarkibiy qismlardan iborat bo‘lgan ajoyib fazilatlaridan biridir. O‘z pedagogik kasbidan voz kechgan sobiq o‘qituvchilar bilan suhbat jarayonida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, ularning ko‘pchiligi qo‘pol, muloqotda nazokatsiz kishilar. Odamlar bilan muloqotga kirishish, ular uchun qiziqarli emas. Shu sababli o‘qituvchi sifatida kasbiy hislatlari ham shakllanmagan. Muloqot jarayoni – doimiy, uzoq vaqt davomida shakllanuvchi, keng qamrovli jarayon. Zero, shuning uchun pedagogik faoliyat – muomalada qo‘pol, nazokatsiz o‘qituvchilarni charchatadi, ish jarayoni uning g‘ashiga va asabiga tegadi, ta’lim muassasasidagi faoliyatiga putur yetkazadi. Xushmuomalalilik va dilkashlik shaxsning insoniy fazilati sifatida o‘qituvchilarning ham kasbiy faoliyatidagi yuksak fazilatlaridan biriga aylanib, o‘qituvchining pedagogik muloqoti unumdorligini ta’minlaydi. Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida bo‘lajak o‘qituvchilarni kasbga yo‘naltirishda, xushmuomalalilik va dilkashlikni shakllantirish uchun maxsus tayyorgarlikdan o‘tishni taqozo etadi. O‘qituvchining dilkashligi – uchta tarkibiy qismni birlashtiruvchi jarayondir: muloqotda zaruriyatning mavjudligi; muloqotdan keyin, muloqot paytida, muloqotgacha yaxshi kayfiyat; kommunikativ ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lish.
Pedagogik takt – o‘qituvchi kasbiy mahoratining asosi bo‘lib, o‘quvchilarga barcha demokratik talablar asosida pedagogik ta’sir o‘tkazish, muloqotni insonparvarlik tuyg‘ulari asosida o‘rnatish o‘lchovi, o‘quvchilarda mustaqil fikr yuritishni hamda ongli intizomni tarkib toptirish ko‘nikmalarini hosil qilish shaklidir. Pedagogikada o‘qituvchining o‘quvchilar bilan munosabati ularning yosh xususiyatlariga qarab belgilanishi va bu qonuniyatga amal qilinishi qat’iy talab qilinadi. Shunday ekan, o‘qituvchi ta’lim–tarbiya jarayonida hali to‘liq shakllanmagan, ta’sirlarga va ruhiy kechinmalarga tez beriluvchi, ota–onasining sevimli farzandi bo‘lgan murg‘ak qalb egalari bilan muloqot qilayotganligini aslo unutmasligi kerak. O‘quvchilar bilan muloqotda pedagogik taktga zid bo‘lgan qo‘pollik, adolatsizlik, qo‘rqitish, haqorat, mensimaslik, pedagogikaga zid bo‘lgan jazolash usullarini qo‘llash va boshqa ular shaxsiga salbiy ta’sir qiladigan turli jargon so‘zlar ishlatish o‘quvchilar qalbini umuman tuzalmaydigan darajada jarohatlab qo‘yishi, yoki o‘qituvchining obro‘siga putur yetkazishi mumkin. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi bunday qarama-qarshiliklar ko‘pincha dars va darsdan tashqari jarayonlarda sodir bo‘ladi. Bunda ayniqsa yosh o‘qituvchilarning pedagogik takt sirlarini bilmasligi, tajribasizligi pand beradi.
O‘qituvchining taktik mahorati birdaniga shakllanib qolmaydi, u yillar davomida pedagogik faoliyatda, ustozlar tajribasini o‘rganishda, dars jarayonida, sinfdan tashqari faoliyatda va tarbiyaviy soatlarda o‘quvchilar bilan muloqotda takomillashib boradi. Dars jarayonida pedagogik mahoratning asosi bo‘lmish pedagogik taktga ega bo‘lish o‘qituvchi uchun juda zarurdir.



Yüklə 26,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin