15-вариант топширик Саволларга жавоб беринг



Yüklə 26,13 Kb.
səhifə1/2
tarix23.05.2022
ölçüsü26,13 Kb.
#59017
  1   2
15-в


15-ВАРИАНТ

  1. Топширик

Саволларга жавоб беринг.



  1. O`qituvchi fаоliyatidа mimikа vа pаntоmimikаlаrning аhаmiyati hаmdа o`zigа хоsligi?

  2. O`qituvchi fаоliyatidа shаrqоnа mulоqоtning tutgаn o`rni vа pеdаgоgik mulоqоtni tаshkil etishgа tа`siri?

  3. O`qituvchi nаzоkаtidа dilkаshlik vа pеdаgоgik tаkt?



2-Топширик
Mustaqil ta’lim mavzulari га презинтация тайёрланг (ихтиёрий 1 та мавзуга)
1-savol

  1. Mimika (ifodali, tetik va dadil, yorqin ko‘rinishga ega bo‘lish, tashqi ko‘rinishning pedagogik maqsadga muvofiqligi, his tuyg‘ularga boy, bosiq va vazmin ko‘rinishni yuzda aks etishi).
  2. Pantomimika (ifodali va ta’sirchan harakat, yoqimli inson, sevimli ustoz sifatida o‘zligini namoyish eta olish, his tuyg‘ularga boy, bosiq va vazmin bo‘lish, betaraf, beo‘xshov harakatlardan saqlanish).



Sharqоna mulоqоtga kirishda mimika va pantоmimikalarning ahamiyati hamda o`ziga хоsligi.O`qituvchi faоliyatida Sharqоna mulоqоtning tutgan o`rni
O'qituvchining tashqi ko'rinishida, pedagogik texnikasi tizimidagi mimik, pantomimik holatlar muhim ahamiyatga ega. O'qituvchining hatti-harakatini bevosita namoyish etuvchi mimik va pantomimik ifodasi, o'qituvchining imo-ishorasida, ma'noli qarashlarida, rag'batlantiruvchi yoki istehzoli tabassumida namoyon bo'iadi va ular o'qituvchi-tarbi--yachining pedagogik ta'sir ko'rsatishida, mashg'ulotlarni samarali va mazmunli o'tishida puxta zamin tayyorlab beradi.
MIMIKA - bu o'z fikrlarini, kayfiyatini, holatini, hissiyotini qosh, ko'z va chehra muskullarining harakati bilan bayon qilish san'atidir. Ba'zan o'qituvchi chehrasining va nigohining ifodasi o'quvchilarga katta ta'sir ko'rsatadi.
Mimik harakatlar, ifodalar ma'lumotlarning hissiy ahamiyatini ku-chaytirib, ularni chuqur o'zlashtirish imkoniyatini beradi. O'quvchilar o'qituvchining muomalasi va xatti-harakatiga qarab kayfiyatini, muno­sabatini tezda «uqib» oladilar. Shuning uchun oiladagi ba'zi noxush-liklar, hissiyotga berilish, g'am va tashvishning o'qituvchi chehrasida va mimik belgilarida ifodalanishi mumkin emas. Chunki ushbu noxushliklar o'qituvchining pedagogik faoliyatiga dars mashg'ulotlarini mukammal bajarishida o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatadi. O'qituvchining chehra­sida, mimik belgilarida faqat dars mashg'ulotlariga xos boigan, o'quv­chilarga ta'lim va tarbiyaviy topshiriqlarni yechishga yordam bera ola-digan ko'rinishlarni ifodalash lozim.
O'qituvchining chehrasidagi ifoda, nutqi, o'quvchilar bilan o'zaro munosabati uning individual xarakteriga mos bo'lishi kerak. O'qituvchi chehra ko'rinishidagi mimik ifoda, taiim-tarbiya qonuniyatlariga mos ishonch, ma'qullash, ta'qiqlash, norozilik, quvonch, faxrlanish, qiziquv-chanlik, befarqlik, ikqilanish kabi xususiyatlarni ifodalashi mumkin. Bunda ovozdagi turli o'zgarishlar, nutqning tushunarli bayon etilishi mu­him ahamiyatga ega. Mimik ifodaning asosiy belgilarini namoyish etish-da qosh, ko'z, chehra ko'rinishi ishtirok etadi.
Qosh, ko'z, chehra o'quvchilar javobidan qoniqish, xursand bo'lish, faxrlanish yoki e'tirof, norozilik, qoniqmaslik, xafa bo'lish va boshqa belgilarni ifodalash bilan birga, o'quvchilar diqqatini boimasdan, bosh-qalarga xalaqit bermasdan taiim-tarbiya ishlarini samarali olib borishga ham yordam beradi. Shuni alohida qayd qilib o'tish joizki, mimik ifodalar o'qituvchining xarakterini, ichki dunyosini, ma'naviyatini, peda­gogik faoliyatining individual xususiyatlarini bekamu ko'st namoyish etadi. O'qituvchining mimikasi ifodalangan nigohi o'quvchilarga, yoki ayrim o'quvchiga qaratilgan bo'iadi. Doskaga, eshikka, derazaga, ko'r­gazmali qurollarga yoki devorga nigoh tashlab raimik ifodalarni namo­yish qilish aslo mumkin emas.
PANT0M1MIKA - bu o'qituvchining gavdasi, qoi, oyoq haraka-tini tartibga soluvchi uslubdir. O'qituvchilarning taiim-tarbiyaviy faoli­yatida o'quvchilar bilan muloqoti muhim ahamiyat kasb etishi barchaga maium. Biroq o'quvchilar bilan muloqotda o'qituvchining pantomi-mikasi, ya'ni, gavda, qoi, oyoq harakati to'g'ri ifodalanmasa, taiim-tarbiyaga asoslangan muloqot natija bermasligi mumkin. O'qituvchi o'z gavdasi, qo'li, oyoq harakatlarining holati orqali har qanday pedagogik maiumotlaming obrazini "chiza" olsa, o'quvchilar bundan zavqlana-dilar, ular ichki his-tuyg'ulari, tashqi hissiyotlari bilan qo'shilib butun ongini o'quv materiallari mazmunini o'zlashtirishga qaratadilar. Panto-mimika gavdani rost tutib yura bilish, qoi va oyoq harakatlarining bir-biriga mosligi, fikrlarini aniq va to'liq bayon qilib qo'lini, boshini turli harakatlarda ifodalash o'qituvchining o'z bilimiga, kuchiga ishonchini bildiradi. Shuning uchun o'qituvchining o'quvchilar oldida o'zini tuta bi­lish holatini tarbiyalashi lozim. (oyoqlari 12-15 sm. kenglikda, bir oyoq sal oldinga surilgan holda turish). O'qituvchining yurishi, qoi va oyoq orqali imo-ishoralari ortiqcha harakatlardan holi bo'lishi kerak. Masalan: auditoriyada orqaga oldinga tez-tez yurish, qoilari bilan turli imo-isho-ralar qilish, boshini har tomonga tashlash va hokazo. Bunday holatlar dars davomida o'quvchilarning e'tiborini boiib, g'ashini keltiradi va o'r-ganilayotgan fanga, o'qituvchiga nisbatan hunnatsizlik kayfiyatini uyg'otadi.
O 'qituvchi mashg 'nlot o 'tish jarayonida faqat oldinga yurishi tavsiya qilinadi. Uyondan, buyongayurish talabalarfikrini bo'ladi. Old tomonga yuravotganida o 'qituvchi muhim voqealarni bayon qilishi mumkin, chunki bunda talabalar o'qituvchini butun diqqatlari bilan eshitayotgan bo 'ladilar.
2-savol
Muloqot SHarqona tarbiyada axloq ko‘rki sanalgan. Muallim har bir o‘quvchining qanday dunyoqarashga egaligi, tafakkuri, bilim saviyasi, hayotga nisbatan munosabati odamlar bilan o‘zaro muloqotida namoyon bo‘lishini uqtirishgan. SHarq mutafakkirlari merosida muloqot – azaldan insonlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqa vositasi bo‘lgan. Muloqotning asosiy quroli til hisoblangan. SHuning uchun ham til – aloqa quroli sifatida ta’riflanadi.
Insonning tili shirin, muomala madaniyatiga ega bo‘lsa, qisqa vaqt ichida xalq orasida obro‘-e’tibor topadi. Ko‘p gapirish hech qachon kishiga obro‘ keltirmaydi. SHuning uchun ham o‘tmishda yashab o‘tgan mutafakkirlarimiz tilga, aytiladigan har bir so‘zga hurmat bilan, o‘ylab yondashish lozimligini uqtirib o‘tganlar. O‘qituvchi “so‘z aytishdan avval, har daqiqada so‘z ortidan keladigan oqibatlarni o‘yla”shi (I.P.Pavlov) kerak. Alisher Navoiy o‘z adabiy meroslarida muomala madaniyati, xushmuomalalik, tilning ahamiyati to‘g‘risida, shirinso‘zlik haqida noyob fikrlarni bayon qilgan. Bygungi kunda ham bu fikrlar o‘z ahamiyatini yo‘qotgan emas. “Til shirinligi – ko‘ngilga yoqimlidir, muloyimligi esa foydali. SHirin so‘z sof ko‘ngillar uchun acal kabi totlidir” - deydi alloma.
O‘quvchilar nutqini o‘stirishda o‘qituvchining til boyligi muhim ahamiyatga ega: bir tomondan, shirin tillilik o‘quvchilarni o‘qitish va tafakkurini rivojlantirishning muhim omili bo‘lib hisoblanadi. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, o‘qituvchining til boyligi nutqining obrazli, chiroyli, jarangdor, namunali bo‘lishini ta’minlaydi, natijada o‘quvchi diqqatini o‘ziga jalb etadi. Zotan, til va nutqning teranligi, o‘qituvchining mahoratini, ma’naviy boyligini, o‘qituvchilik qobiliyatining qay darajada ekanligini ifodalaydigan o‘lchov, ko‘rsatkich hisoblanadi. Amerikalik taniqli shoir Rolf Emerson: “Nutq qudratli kuch: u ishontiradi, undaydi, majbur qiladi” deydi. SHarq mutafakkirlari ijodida til va nutq vositalari orqali notiq, voiz, badihago‘y, qissaxon kabi maxsus san’at ahillari va mudarrislar diniy, ta’lim-tarbiyaviy, islomiy aqidalarni ommaga singdirishgani, pand-nasihatlar qilishgani bayon etiladi. Ushbu nutq sohiblari keng qamrovli bilimga, boy axborotga ega bo‘lishgan. Alisher Navoiy “Voiz olimning o‘zi avvalo halol ish ko‘ruvchi bo‘lishini, uning nasihatidan chiqmaslikni” o‘z asarlarida bayon etgan. SHuning uchun til shirinligi va notiqlik san’ati ustida ishlash, nutq madaniyatini takomillashtirib borish har bir o‘qituvchining eng asosiy ijtimoiy burchi va mas’uliyati xicoblanadi. Ta’lim-tarbiya jarayonida nutqning ta’sir kuchi nihoyatda beqiyosdir. O‘qituvchining tili, nutqiy qobiliyati o‘quvchilarning o‘zlarini tuta bilishlariga, xulq-avtori va fikr yuritishlariga ulkan ta’sir etuvchi kuchli vositalardir. O‘qituvchining “til boyligi va notiqlik san’ati barcha zamonlarda yonma-yon yashab kelgan” (A.P.CHexov). Uning his tuyg‘usi, intilishlari, iroda va e’tiqodi nutqida aks etadi. O‘qituvchi til boyligi bilan o‘quvchilarda xursandchilik, ruhlanish, muhabbat, Vatanga sadoqat, g‘azablanish, nafratlanish hissiyotlarini uyg‘otadi, bilim olishga undaydi. SHuning uchun o‘qituvchi “tilning xalq o‘tmishi, hozirgi va kelajak avlodni buyuk bir yaxlitlikka, tarixiy, jonli bir jipslikka aylantiruvchi eng hayotiy, eng boy va eng mustahkam vosita” (K.D. Ushinskiy) ekanligini unutmasligi kerak. O‘quvchilarga muosharat odobini shakllantirish uchun o‘qituvchining o‘zi avvalo xushmuomalaligini namoyish etib, o‘quvchilar qalbiga yo‘l topa olishi, mehribonligi, ular bilan hamdard, hamfikr bo‘lib, o‘rnak bo‘lishi muhim ahamiyatga ega. SHarq mutafakkirlari asarlarida muosharat odobi turli ko‘rinish va nomlarda bayon etiladi. Jumladan, Al Forobiyning “Fozil odamlar shahri” asarida asosiy g‘oya – fozil kishilar obrazi. U kim bo‘lishidan qat’iy nazar shohmi, gadomi, oddiy fuqaromi fozil kishidir. SHaharning fozil kishilari bir-birlariga nisbatan hurmat va izzatda bo‘ladilar. Ota-ona va farzand, ustoz va shogird, do‘stlar, qarindoshlar o‘rtasida sharqona nazokat, mehr va ehtirom mavjud. Forobiy asarida bundan bir necha asr ilgari ham ota-bobolarimizning ma’naviyati naqadar yuksak bo‘lganligi va bu avlodlarga o‘rnak bo‘lishi ta’kidlanadi. Onore de Balzak “Xushmuomalalik va kamtarlik kishining chinakam ma’rifatli ekanligidan dalolat beradi” deydi. Ingliz donishmandi Jon Libbok “Odamlar boodoblilik yordamida hattoki kuch bilan erishish mumkin bo‘lmagan g‘alabalarga erishishi mumkin”ligini aytadi. Demak, muosharat odobi nafaqat milliy an’analarimiz va urf-odatlarimizning ko‘zgusi bo‘lgan, balki turkiy xalqlarning noyob insoniy fazilati sifatida e’tirof etilgan Muloqot madaniyati hamma joyda kerak. Ish joyida, transportda, uyda biz kim bilan qanday muomala qilishni bilishimiz zarur. O‘qituvchining qanchalik bilimli, aql-zakovatli ekanligi o‘quvchilarning bir-birlari bilan va ota-onalari bilan olib boradigan muloqoti orqali namoyon bo‘ladi.
3-savol
Pedagogikada axloq va odobning muhim xususiyatlaridan biri bo‘lmish dilkashlik insonning atrofdagi odamlar bilan barqaror, yaqin munosabatda bo‘lishga intilishi deb ta’riflanadi. Bu intilish o‘qituvchining o‘quvchilar va atrofidagi kishilar bilan tez aloqa o‘rnata olishi va belgilangan maqsadga erishishini ta’minlaydi. Albatta bu jarayon birdaniga sodir bo‘lmaydi, ayniqsa yosh o‘qituvchilardan psixologik bilim, kishilar bilan muloqotda xushmuomalalik, ehtiyotkorlik talab qilinadi. Psixologlar o‘qituvchilarning dilkashlik xususiyati ikki toifadagi odamlar xarakterida mujassamlashgan deb ta’kidlaydilar
Pedagogikada axloq va odobning muhim xususiyatlaridan biri bo‘lmish dilkashlik insonning atrofdagi odamlar bilan barqaror, yaqin munosabatda bo‘lishga intilishi deb ta’riflanadi. Bu intilish o‘qituvchining o‘quvchilar va atrofidagi kishilar bilan tez aloqa o‘rnata olishi va belgilangan maqsadga erishishini ta’minlaydi. Albatta bu jarayon birdaniga sodir bo‘lmaydi, ayniqsa yosh o‘qituvchilardan psixologik bilim, kishilar bilan muloqotda xushmuomalalik, ehtiyotkorlik talab qilinadi. Psixologlar o‘qituvchilarning dilkashlik xususiyati ikki toifadagi odamlar xarakterida mujassamlashgan deb ta’kidlaydilar:
Birinchisi, 
Yüklə 26,13 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin