16-amaliy mashg’ulot: Urug‘lardan applikatsiya yasash. Xona o‘simliklarini parvarish qilish usullari Reja



Yüklə 1,57 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/6
tarix08.05.2023
ölçüsü1,57 Mb.
#109650
  1   2   3   4   5   6
1-amaliy~



460 
16-amaliy mashg’ulot: Urug‘lardan applikatsiya yasash. Xona o‘simliklarini 
parvarish qilish usullari 
Reja: 
1. 
Urug‘ va ularning turlari haqida ma’lumot berish. 
2. 
Urug‘larni darsga tayyorlash va ishlatish bo‘yicha ma’lumotlar berish. 
3. 
Urug‘lardan applikatsiya yasash texnologiyasini tushuntirish. 
4. 
Taqdimot va baholash. 
Amaliy mashg‘ulot maqsadi: Urug‘ turlari va ularni ishlatish haqida ma’lumotlar 
berish. Urug‘lardan applikatsiya yasash texnologiyasini o‘rgatish. 
Pedagogik vazifalar: 
• 
talabalarning urug‘lar va ularni ishlatish haqidagi bilimlarini aniqlash; 
• 
urug‘lardan applikatsiya yasash haqida tushunchalar berish
• 
urug‘lardan applikatsiya yasash texnologiyasini tushuntirish; 
• 
amaliy ish natijalarini ko‘radi, xato va kamchiliklarni ko‘rsatadi, baholaydi. 
Ta’lim usullari: Tushuntirish, aqliy hujum, amaliy ish. 
Ta’lim vositalari: Metodik qo‘llanmalar, slaydlar, turli urug‘lar, chizg‘ich, qaychi, 
qalam, yelim, qog‘oz.
Mashg‘ulotni boshlashdan oldin o‘quvchilarning bilimlarini aniqlash va fikrlarini 
umumlashtirish uchun “Aqliy hujum” metodi asosida savollar beriladi. 
1. 
Qanday urug‘ turlarini bilasiz? 
2. 
Qanday urug‘lardan mehnat darslarida foydalanish mumkin? 
3. 
Urug‘larni yelimlashda qanday yelimdan foydalaniladi? 
4. 
Urug‘larni qanday ishga tayyorlash mumkin? 
Urug‘lar va ularni ishlatish haqida ma’lumotlar 
Turli meva va sabzavot, poliz ekinlarining urug‘lari yordamida xilma-xil 
applikatsiya ishlarini bajarish mumkin. Ayni bir ishda xilmaxil meva urug‘laridan 
foydalanish mumkin. 
Meva va poliz ekinlarining urug‘lari tabiatda keng tarqalgan, to‘plash va saqlash 
oson bo‘lgan material hisoblanadi. 
• 
Urug‘lar meva va poliz ekinlaridan ajaratib olinadi
• 
ortiqcha narsalardan tozalab yuvib quritiladi; 
• 
quritishda urug‘larning shakli buzilmasligi uchun qog‘oz orasiga solib 
quritiladi; 
• 
urug‘lar qurigandan so‘ng akvarel bo‘yoqlaridan foydalanib rang berish 
mumkin. 
Bolalar turli urug‘lardan applikatsiyalar qilishni yaxshi ko‘rishadi. Ishtiyoq bilan 
bolalar turli ranglarda bo‘lgan urug‘larni terib chi roy li naqshlar hosil qilishi mumkin. 
Bunday mashg‘ulotlar qo‘l barmoqlari ning mayda mushaklarini rivojlanishiga yordam 
beradi. Bolalar turli urug‘ larni, applikatsiyalar tayyorlashni yaxshi ko‘rishadi. Bunday 


461 
mashg‘ulotlarda yelimni urug‘ga emas, urug‘ yopishtiriladigan joyga suriladi va 
ustidan urug‘lar qo‘yiladi va sochiq bilan bostiriladi. 

Yüklə 1,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin