Qisqacha xulosalar
Mehnatni boshqarish — bu ijtimoiy-mehnat sohasini boshqarishdir, ya’ni ijtimoiy-iqtisodiy jarayon va munosabatlarning mehnatga oid munosabati ustuvorlik qiladigan soha (mehnatning ijtimoiy va ishlab chiqarish shart-sharoitlariga oid, uning amalga oshirilishi, tashkil etilishi, haq to’lanishi, intizomga oid, mehnat etikasi, mehnat jamoalarining shakllanishi va ishlashiga oid va boshqalar).
Mehnatni boshqarish turlari —mehnatni boshqarishning umumlashtirilgan sifat jihatdan alohida turlari, ularning xarakteri jamiyatdagi boshqaruv xarakteriga, ya’ni pirovard oqibatda—ijtimoiy tuzum xarakteriga muvofiq keladi.
Mehnatni boshqarish metodlari — ijtimoiy mehnat jarayonlari va ularning ishtirokchilariga boshqaruv ta’sirini o’tkazishning printsipial usullari.
Mehnatni boshqarish shakllari —jarayon subyektlari va obyektlari tabiati, ular o’zaro munosabatlari xarakterining aniq amaliy namoyon bo’lishi.
Mehnatni boshqarish darajalari—u yoki bu ijtimoiy-mehnat masalalarini hal qilishda vakolatlarni taqsimlash tizimi.
Dostları ilə paylaş: |