16.3. Mehnatni boshqarishning shartnomali shakllari.
Ijtimoiy-mehnat masalalariga oid boshqaruvchilik qarorlari bir necha teng huquqli subyektlarining birgalikdagi harakatlari va kelishuvlari asosida qabul qilinganda mehnatni boshqarishning shartnomali shakli yuzaga keladi. hozirgi kunda O’zbekiston Respublikasida shartnomali shakllarning bir necha turlariga amal qilinadi. Ulardan quyidagilarni keltirib o’tamiz:
—kasaba uyushmalari birlashmalari, ish beruvchilar birlashmalari bilan O’zbekiston Respublikasi hukumati o’rtasidagi bosh bitim;
— kasaba uyushmalari birlashmalari, ish beruvchilar birlashmalari bilan Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi o’rtasida tarmoq (tarmoqlararo) tarif, kasbiy tarif bitimlari;
— mehnat jamoalari (ishlovchilar) vakillari bilan korxona ma’muriyati (ish beruvchilar) o’rtasidagi jamoa shartnomalari;
— ishlovchilar bilan ish beruvchilar o’rtasidagi yakka tartibdagi mehnat shartnoma (kontrakt)lari.
Korxonalar ma’muriyati yoki mahalliy ma’muriyat, bir tomondan, mehnatkashlar turli tashkilotlarining birgalikdagi yoki muvofiq- lashtirilgan (kelishilgan) harakatlarini mehnatni boshqarish shartnomasi shaklining turlaridan biri deb qaramoq kerak. Bunday shakllar kasaba uyushmalari faol bo’lgan korxonalarda doimo bo’ladi.
Mehnatni boshqarishning shartnomali shakllarini faqat ayrim hollardagina, ya’ni mamlakat ko’lamida ishlovchilar va ish beruvchilar, mehnat va kapital huquqlari emas, kuchlari teng bo’lgan hollarda ijtimoiy sheriklik shakli deb qarash mumkin.
Ishchi va kasaba uyushmasi harakati zaif bo’lgan sharoitlarda kapital va uning manfaatlarini aks ettiruvchi davlat mehnatni boshqarishning davlat shakllari ta’sir doirasini toraytirishga va shartnomali shakllar ta’sir doirasini zo’r berib targ’ib qilishga va shunga erishishga harakat qiladi.
Mehnatni boshqarish darajalari — bu xoh u, xoh bu ijtimoiy mehnat masalalarini hal qilishda vakolatlarning taqsimlanish darajasidir. Bu munosabatda mehnatni boshqarish ijtimoiy va iqtisodiy hayotning boshqa jarayonlarini boshqarish bilan aynan bir xildir. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida boshqarish darajalari bo’yicha vakolatlarni taqsimlash tamoyillari belgilab berilgan.
Dostları ilə paylaş: |