16-bob. Mehnat munosabatlarini boshqarish


O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mehnatni boshqarishdagi roli



Yüklə 25,72 Kb.
səhifə8/12
tarix15.02.2022
ölçüsü25,72 Kb.
#52589
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
16-MAVZU.MEHNAT MUNOSABATLARINI BOSHQARISH

16.4. O’zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligining mehnatni boshqarishdagi roli

Har bir mamlakatda mehnatni boshqarish uchun o’z umumdavlat organlari tizimi tashkil qilinadi. Ushbu organlarning nomi va tuzilmasi vaqti-vaqti bilan o’zgarib turishi mumkin. Lekin har qanday tsivilizatsiyali davlat mehnat, ish bilan bandlik va ijtimoiy siyosat masalalari, xususan, mehnat sharoitlari, ishlar va xodimlar tarifikatsiyasi, byudjet sohasidagi mehnatga haq to’lashdagi razryadlararo nisbatlar, ish bilan bandlikni boshqarish, ish beruvchilar va yollanma xodimlar o’rtasidagi o’zaro munosabatlarni tashkil etish bo’yicha me’yoriy hujjatlar ishlab chiqadi.

O’zbekistonda hozirgi vaqtda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ana shunday organdir. U 2018 yilda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi tashkil qilindi. Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi mehnat, ish bilan bandlik va aholini ijtimoiy muhofazalash sohasidagi davlat siyosatini amalga oshiradigan davlat ijroiya hokimiyat organidir.

Vazirlik tashkil etishda uning tarkibiga quyidagi 11 ta departament kirdi: yalpi tahlil va ijtimoiy rivojlanishni baholash departamenti, mehnat sharoitlari va muhofazasi departamenti, davlat xizmati masalalari bo’yicha departament, jamoa mehnat nizolarini tartibga solish va ijtimoiy sherikchilikni rivojlantirish departamenti, nufuz va ish bilan bandlik siyosati departamenti, pensiya ta’minoti masalalari departamenti, oila, xotin-qizlar va bolalar departamenti, harbiy xizmatdan bo’shatilgan fuqarolar va ularning oila a’zolarining ijtimoiy masalalari bo’yicha departament, nogironlarni tiklash va birlashtirish masalalari bo’yicha departament, faxriylar va qariyalar ishlari departamenti, aholini ishga joylashtirish departamenti, 1997 yilda nufuz va ish bilan bandlik departamenti hamda aholini ishga joylashtirish departamenti bekor qilinib, ish bilan bandlik yalpi muammolari departamenti va aholining ish bilan bandligi bo’yicha dasturlar va xizmatlar departamenti tashkil qilindi.



Yüklə 25,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin