MASALA VA MISOLLAR
1-Masala.
Maqsad – moliyaviy natijani aniqlash va hisobga olish tartibini o’rganish.
Masalani bajarish uchun ma’lumotlar.
Korxona hisobot yilida 14 400 ming so’mlik mahsulot sotdi, shu jumladan QQS – 2 400 ming so’m.
Sotilgan mahsulotlarning tannarxi 6 000 ming so’mni tashkil qilgan.
Xarid qilingan materiallar bo’yicha 1 000 ming so’m miqdorida QQS hisobga olish uchun qabul qilindi.
Davr xarajatlari 2 900 ming so’mni tashkil qilgan, ulardan 900 ming so’m daromad (foyda) solig’ini hisoblab chiqarishda soliq solinadigan bazaga teskari tartibda qo’shiladi.
Ushbu yilda korxona mulkni ijaraga berishdan 2 400 ming so’m summada daromad oldi, shu jumladan QQS – 400 ming so’m. Mulkni ijaraga berish korxona uchun asosiy faoliyat turi hisoblanmaydi.
600 ming so’m miqdorida daromad (foyda) solig’i hisoblandi.
Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i – 360 ming so’m.
Hisobot yilining 1 yanvar holatiga ko’ra korxona taqsimlanmagan foydaga ega bo’lmagan.
Topshiriq:
Korxonaning soliq to’lagunga qadar daromad (foyda)sini aniqlang;
Korxona tomonidan to’lanadigan daromad (foyda) solig’ini aniqlang;
Korxonaning hisobot davridagi moliyaviy natijasini hisoblang;
Quyidagi amallarni aks ettiring:
Dostları ilə paylaş: |