16 ma’ruza. Vakuumda magnit maydoni reja: Vakuumda magnit maydoni



Yüklə 353,32 Kb.
səhifə37/74
tarix07.01.2024
ölçüsü353,32 Kb.
#206182
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   74
16 ma’ruza. Vakuumda magnit maydoni reja Vakuumda magnit maydon

FOTOMETRIYA ELEMENTLARI
Yorug'lik xarakteristikalari. Shuni ta'kidlash lozimki, yorug'­likning qabul qiluvchilarga, xususan, ko'zga ta'siri, bir tomondan, yorug'lik energiyasiga bog'liq bo'lsa, ikkinchi tomondan, yorug'lik­ning to'lqin uzunligiga bog'liq bo'ladi. Ko'z yashil nurlarni eng yaxshi sezadi. Shuning uchun nafaqat qabul qiluvchi qayd etadigan yorug'lik energiyasi miqdorini, balki uning ko'zga ta'sirini xarakter-lovchi kattalikni ham bilish muhim ahamiyatga ega. Shu maqsadda yorug'lik oqimi tushunchasidan foydalaniladi. Binobarin, yorug'lik oqimi va demak, barcha yorug'lik xarakteristikalari ko'zda sezgi uyg'otuvchi elektromagnit nurlarga taalluqli kattaliklardir.


1. Ф - yorug'lik oqimi - vaqt birligida istalgan yuza orqali o'tadigan nurlanish energiyasi. 3- rasmda Q fazoviy burchak qarshisidagi S yuza orqali nuqtaviy manba chiqarayotgan yorug'lik oqimi ko'rsatilgan. Agar barcha yo'nalishlardagi yorug'lik oqimlari qo'shib chiqilsa, manbaning to'la yorug'lik oqimi hosil bo'ladi. Yorug'lik oqimining SI dagi birligi — lumen.

2. I - yorug'lik kuchi yorug'lik manbayidan fazoviy burchak bo'ylab tarqalayotgan yorug'lik oqimining shu fazoviy burchakka nisbati bilan aniqlanadi:

(3.1)
Y orug'lik kuchining XBS dagi birligi - k a n d e 1 a (cd) (lotincha candela - sham so'zidan olingan) asosiy yorug'lik birligi hisoblanadi. 1 cd - 540-1012 Hz chastotali monoxromatik nurlanish chiqaradigan manbaning energetik kuchi W/sr bo'lgan yo'nalishdagi yorug'lik kuchi.


Agar to`la fazoviy burchak sr ga tengligini nazarda tutsak, (3.2)
ni hosil qilamiz.
Agar (3.1) dan yorug'lik oqimini aniqlasak, (3.3)
ni olamiz.
Topilgan ifoda yordamida yorug'lik oqimining SI dagi birligi lumenni (lm) aniqlash mumkin. 3-rasm.


Lumen - 1 sr burchak bo 'ylab 1 cd yorug'lik kuchiga teng nurlanish chiqaradigan nuqtaviy manbaning yorug'lik oqimi.
3. E - yoritilganlik - S yuzali sirtga tushayotgan Ф yorug'lik oqimining shu yuzaga nisbati bilan aniqlanadi: (3.4)
Yoritilganlikning birligi - luks (lx).

Luks — 1 lm yorug'lik oqimining 1 m2 yuzada tekis taqsimlan-ganda hosil qiladigan yoritilganligi.
Yoritilganlik ham yorug'lik manbayining kuchiga, ham yorug'lik manbayi bilan yoritilayotgan sirt orasidagi masofaga bog'liq bo'ladi. Aytaylik, R radiusli sfera markazida yorug'lik kuchi / bo'lgan nuqtaviy manba joylashgan bo'lsin. Agar bu holda barcha nurlar sferaning ichki radiusiga tik tushishini va sferaning sirti
S= 4nR2 bo'lishini e'tiborga olsak, unda (3.2) ifodadan foydalanib yoritil­ganlik uchun quyidagi ifodani topish mumkin: (3.5)
Demak, yorug'lik tushayotgan sirtdagi yoritilganlik yorug'lik kuchiga to'g'ri, yorug'lik manbayidan yoritilayotgan sirtgacha bo'l­gan masofaning kvadratiga esa teskari proporsional bo'lar ekan.
Mehnat unumdorligini orttirish va ko'zning ko'rish qobiliyatini saqlab qolish maqsadida ish joylarining yoritilganligi uchun turli mezonlar belgilangan. Quyida ularning ba'zilarini keltiramiz.
1 - jadval


Faoliyat turi


Yoritilganlik (luks)


O'qish uchun


30-50

Nozik ishlar uchun

100-200

Rasmga olishda

10 000 va undan ortiq


Kino ekranida


20-80

Havo bulut bo'lganda

1 000 va undan ortiq


Bulutsiz kunda tush vaqtida


100 000

Oy to'lgan tunda

0,2





Yüklə 353,32 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin