25 - ma’ruza.
NURLANISHNING KVANT TABIATI
Reja:
1. Nurlanishning kvant tabiati.
2. Absolyut qora jism nurlanish qonunlari.
3. Kvant optikasi elementlari.
Mavzular mazmuni: Nurlanishning kvant tabiati. Klassik fizikaning ziddiyatlari. Kvantlanish g‘oyasining tasdiqlanishi. Muvozanatli issiqlik nurlanishi. Absolyut qora jism nurlanish qonunlari. Kirxgof qonuni. Stefan-Bolsman qonuni. Vinning siljish qonuni. Reley-Jins formulasi. Plank gipotezasi va formulasi.
Kvant optikasi elementlari. Fotonlar. Yorug‘lik kvantining energiyasi va impulsi. Fotoeffekt va uning turlari. Tashqi fotoeffekt qonunlari. Tashqi fotoeffekt uchun Eynshteyn tenglamasi. Yorug‘lik bosimi. Kompton effekti.
Tayanch iboralar: nurlanish, kvant, qora jism, qonun, fotonlar, yorug‘lik, energiya, impul, fotoeffekt, yorug‘lik bosimi.
Manbaning nurlanishga sarflanayotgan energiyasi turlicha to’ldirilishi mumkin. Masalan:
- ximiyaviy reaktsiyada ajraladigan energiya hisobida yuzaga keladigan nurlanishga xemilyuminestsentsiya;
- elektr energiyasi hisobiga yuz beradigan gaz razryadi nurlanishiga elektrolyuminestsentsiya;
- elektronlar bilan bombardimon kilish tufayli yuzaga keladigan nurlanish katodolyuminestsentsiya;
- jismlarni qizdirish tufayli chihariladigan nurlanish issiqlik nurlanishi va boshqalar.
Agar jism bilan nurlanish orasidagi energiya taqsimoti har bir to’lqin uzunligi uchun doimiy holsa, jism-nurlanish tizimidagi holat muvozanatli bo’ladi.
Barcha nurlanishlar orasida faqatgina issiqlik nurlanishi muvozanatli bo’ladi. Muvozanatda bo’lgan holat va jarayonlar uchun termodinamika qonunlarini qo’llash mumkin. Demak, issiqlik nurlanishi ham termodinamika tamoyillaridan kelib chiqadigan ba’zi umumiy qoidalarga bo’ysunadi. Bu qonunlarni ko’rib chihamiz.
Kirxgof qonuni. Nurlanayotgan jismning birlik yuzasidan hamma yo’nalish bo’ylab chiharilayotgan energiya oqimiga jismning energiyaviy yorituvchanligi deyiladi.
(1)
bu erda rωT jismning nur chiharish qobiliyati deyiladi.
Jism sirtiga dФ nuriy energiya oqimi tushayotgan, bu energiya oqimining dФ' kismi yutilayotgan bo’lsin. Jismning nur yutish qobiliyati deb quyidagi o’lchamsiz kattalikka aytiladi:
(2)
Kirxgof qonuni quyidagicha: Nur chiharish va nur yutish qobiliyatlarining o’zaro nisbati jismlarning tabiatiga bog’liq bo’lmay, hamma jismlar uchun chastota (yoki to’lqin uzunligi) hamda temperaturaning universal funktsiyasi hisoblanadi.
(3)
Dostları ilə paylaş: |