Olamning hozirgi zamou fizik manzarasi. XIX asr oxirlari va XX asr boshlariga kelib, atom fizikasi sohasidagi tadqiqotlar, elektromagnit maydon porsiyalar - kvantlardan iborat ekanligi o‘g‘risidagi nazariya, zarralarning to‘lqin tabiati haqidagi ta'limotlar klassik fizikaning qonunlari barcha fizik hodisalar uchun o'rinli bo'lavermasligini ko'rsatdi. Materiyaning uzlukli tuzilishga ega bo'lgan moddaga va uzluksiz maydonga bo'linishi o'zining absolyut ma’nosini yo‘qotdi.
Korpuskulyar-tolqin dualizmi («dualizm» — «ikkiyoqlamalik» demakdir) materiyaning barcha shakllariga - moddaga va maydonga xosligi aniqlandi, Bular natijasida materiyaning kvant xossalari kashf etildi.
Mikrozarralaming harakatini tavsiflovehi kvant fizikasi paydo bo Ugandan so'ng olamning yagona fizik manzarasidayangi elementlar ko‘zga tashlana bosh- ladi. Kvant nazariyasining prinsiplari mutlaqo umumiy bo‘lib, barcha zarralami, ular orasidagi o‘zaro ta’sirlami va ulaming o‘zaro aylanishlarini tavsiflash uchun qo‘llaniladi.
Nazorat savollari: 1. Olamning mexanik manzarasi qanday elementlardan tashkil topgan?
2. Olamning mexanik va elektromagnit manzaralari orasidagi farq nimadan iborat?
3. Olamning yagona fizik manzarasi haqida nimalami bilasiz?
FIZIKA VA TEXNIKA TARAQQTYOTI O ‘ZBEKISTONDA FIZIKA SOHASIDAGI TADQIQOTLAR
Fizika va texnika taraqqiyoti. Ibtidoiy jamoa tuzumida dastavval tosh qurollar, keyinchalik o‘q-yoy, loydan yasalgan idishlar, toshbolta va mis qurollar paydo bo‘ldi. Mil. av. 4-3-ming yillikda jczdan yasalgan mchnat qurollari yaratildi. Keyinroq tcmirdan foydalanishga o‘tildi. Dehqonchilik rivojlana boshlagach, suv chiqarish qurilmalari va yer haydash qurollari paydo bo‘ldi. Qurilishda turli yuk ko‘tarish richaglari ixtiro qilindi. Odamlar daraxt tanasidan qayiq yasab, suvda suza boshladilar Keyinchalik yelkanli kemalar paydo bo‘1di. To’qnnachilik dastgohlari yaratildi, Hunarmandchilik rivojlana boshladi.
XV-XVI asrlarga kelib domna pechlari qurildi Harbiy texnikada o‘t ochish qurollari, mashina va mexanizmlar paydo bo‘ldi. XVIII asr oxirida bug’mashinasi va to‘qimachilik dastgohlari yaratildi. XIX asrda bosma dastgoh, telegraf apparati, fotografiya, ichki yonuv dvigateli, radio, telefon, kinematografiya, avtomobil yaratildi, harbiy texnika, temiryoi transporti rivojlandi.
Fizika va texnika XX asr davomida misli ko‘rilmagan darajada rivojlandi. Elcktr cncrgiya ishlab chiqarish va undan foydalanish kcng miqyosda amalga oshdi, elektr energiya barcha sohalarga kirib bordi. Mashinasozlik, aviatsiya, atom texnikasi, kibemetika va hisoblash texnikasi, elektronika, televideniya, raketasozlik, avtomatika, kosmonavtika, axborot texnologiyasi va boshqa sohalar yuksak darajada taraqqiy etdi. Sanoat, qishloq xo’jaligi, xizmat ko‘rsatish, fan, maorif, madaniyat, sport, qurilish, transport, aloqa, energetika va boshqa sohalar tcxnikaning yutuqlari bilan quroll anti nidi.
XXI asrda axborot texnologiyasi, biofizika va nanotexnologiya sohalarida buyuk kashfiyotlar qilinishi bashorat qilinmoqda.