16 mavzu. Investitsiyalarni moliyalashtirishning lizing mexanizmi



Yüklə 94,72 Kb.
səhifə2/7
tarix13.06.2023
ölçüsü94,72 Kb.
#129370
1   2   3   4   5   6   7
16-ma\'ruza

16.2. Lizing turlari.
"Lizing to‘g‘risida"gi Qonun lizingni shakli, tipi va turi bo‘yicha sinflashni harakterlaydi.
Lizingning asosiy shakllari ichki va xalqaro lizingdir. Ichki lizingni amalga oshirishda lizing oluvchi, lizing beruvchi va sotuvchi vakil hisoblansa, xalqaro lizingda esa lizing beruvchi va lizing oluvchi vakil bo‘lib hisoblanadi.
Jahon amaliyotida, lizingning asosiy tiplari ijara muddati bo‘yicha: uzoq muddatli – lizing (uch yil yoki ko‘proq muddatda amalga oshiriluvchi); o‘rta muddatli – xayring (bir yildan uch yilgacha); qisqa muddatli - reyting (bir yildan kam bo‘lgan muddatli).
Lizingning asosiy turlariga moliyaviy va operativ lizingni kiritishimiz mumkin. Moliyaviy lizing - lizing beruvchi lizing oluvchi tomonidan belgilangan mulkni sotuvchidan sotib olish va lizing oluvchiga belgilangan to‘lov va lizing predmeti to‘liq amortizatsiya muddatiga teng bo‘lgan muddatga ma’lum bir shartlar asosida vaqtinchalik foydalanishga berishdir. 9.1.- chizmaga qarang.
Qaytariluvchi lizing - moliyaviy lizing turi bo‘lib, bunda lizing predmeti sotuvchisi bir vaqtning o‘zida lizing oluvchi sifatida namoyon bo‘ladi.
Operativ lizing- lizing beruvchi mulkni sotib olib, uni lizing predmeti sifatida belgilangan to‘lov hisobiga, shartnomada belgilangan ma’lum bir muddatda tegishli shartlar asosida vaqtinchalik egalik qilish va foydalanishni lizingga oluvchiga beradi. Operativ lizingda lizing predmeti uni to‘liq amortizatsiya muddati o‘tib bo‘lgunga qadar bir necha marotaba lizingga berilishi mumkin. 9.2 – chizmaga qarang.
2002 yil 13 dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuniga binoan “Lizing to‘g‘risida”gi Qonunda lizingning faqat moliyaviy turi qoldirilgan.
Investitsiya faoliyati uchun moliyaviy lizingni qulay ekanligini aniqlash uchun investitsiyalarni moliyalashning an’anaviy shakllariga nisbatan lizing jarayonlarining afzallik va kamchiliklarini tahlil qilish natijasida quyidagi hulosalarga kelindi.
Lizing munosabatlarining asosiy afzalliklari quyidagi jadvalda keltirilgan
Lizing to‘lovlari o‘z tarkibiga shartnomada ta’kidlangan mulkning to‘la yoki qisman holdagi qiymatini hamda, ko‘rsatilgan lizing hizmat i va qo‘shimcha servis hizmat lari to‘lovini oladi.
Natijada, lizing beruvchida tijorat nuqtai-nazaridan lizing bitimi quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi:

Yüklə 94,72 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin