-Sotish bozorining kengayishi
-Texnikaga kafolatli hizmat ko‘rsatish tizimini kengayishi
Lizing beruvchi uchun
-Foyda olish
-Amortizatsiya va soliq imtiyozlarining mavjudligi
-Mulk shaklida sarmoyalash
- moliyaviy xatarlarni yo‘qligi
Lizing oluvchi uchun
-Kam miqdordagi boshlang‘ich kapital hisobiga ham ishni tashkil etish imkoni
-Yuz foizli kreditlash
-To‘lovlarni zudlik bilan amalga oshirishni talab etilmasligi
-To‘lovlarning qulay sxemasini ishlab chiqish imkoniyati
-lizing oluvchini mulk solig‘idan ozod bo‘lishi
-Lizing to‘lovlarini ishlab chiqarish va muomala harajatlari
tarkibiga kiritilishi
-Vaqtinchalik foydalanishga olingan mulkni jismoniy va
ma’naviy eskirish xatarini kamligi
-Yangi mahsulot ishlab chiqarishda xatarni kamayishi
-Soliq to‘lashdagi imtiyozlar va jadal amortizatsiyani qo‘llash
Imkoniyati
Xalqaro lizing shakllarini taxlil qilishda uning eng keng tarqalganlarini (lizing oluvchi va lizing beruvchi urtasidagi munosabatlarni xisobga olib), bevosita (tugridan-tugri) va bilvosita (egri) lizing turlarini ajratishimiz mumkin.
Bevosita lizingda lizing beruvchi bo‘lib — bevosita mulk egasining o‘zi bitimni amalga oshirilishida ishtirok etishi shart.
Bilvosita lizingda ijaraga berilayottan mulk egasi — uchinchi tomonning ishtirok etishi shartdir.
Xalqaro lizingni kreditlash usuli bo‘yicha muddatli va kayta tiklanuvchi lizinglarga ajratish mumkin.
Muddatli lizingda ijara bir marotaba amalga oshiriladi. Qayta tiklanadigan lizingda esa, lizing shartnomasi bitimning birinchi muddati tugashi bilan qayta tiklanadi.
SHuningdek xalqaro lizingni operatsion va moliyaviy lizinglarga bo‘lish mumkin.
Operatsion lizingda korxonalar asbob-uskunaga mulk xukukini olmasdan turib, undan foydalanish uchun shartnoma tuzadilar.
Moliyaviy lizing deb, asbob-uskunani ijaraga olayotgan firma keyinchalik uni qoldiq qiymatda to‘la sotib olishiga aytiladi.
Xozirda jahonbozorida xalkaro lizing operatsiyalariga talab juda katta. CHunki lizing bitimida ishtirok etoyotgan xamma tomonlar o‘zi uchun ustunlikka, yoki yanada to‘g‘rirog‘i, afzalliklarga ega.
Lizing oluvchi tomon uchun afzalliklarni quyidagicha ifodalash mumkin:
lizing ishlab chiqarishni amalga oshirish, uning xajmi ko‘payishini ta’minlaydigan asbob-uskunaga egalik qilish uchun kapital to‘lovini amalga oshirish yoki kapital qo‘yilmani muzlashishi kabi xolatlardan ozoddir;
ijaralanayotgan mulkning zarar ko‘rish yoki yo‘qolish riski uning egasida, ya’ni lizing beruvchida;
asbob-uskunani ta’mirlash va unga xizmat ko‘rsatish uning egasi tomondan amalga oshiriladi. Gap bu yerda murakkab asbob-uskuna xaqida borayapti va shubxasizki, ijrochi o‘zi unga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega emasdir;
lizing asbob-uskunani almashtirish va zamonaviylashtirishni osonlashtiradi, shuningdek ijarachiga zamonaviy asbob-uskunadan foydalanish imkoniyatini beradi;
tulovlar bir vaqtda amalga oshirilmaydi, balki kelishilgan muddatlarda qismlarga bo‘lib to‘lanadi;
lizing — soliqda tortilish nuqtai nazaridan juda xam samaralidir (ya’ni, soliqdan bir qator imtiyozlarga ega);
lizing moliya – kredit operatsiyasi sifatida sotib oluvchiga kreditdan foydalanish imkoniyatini kengaytiradi. Xususan, kredit muassasalaridan kredit olish imkoniyati bo‘lmaganda uning axamiyati ortadi;
lizingda ijara to‘lovi, asbob – uskuna korxonaga o‘rnatilganidan va ma’lum miqdorda ishlab chiqarishga erishilganidan keyin amalga oshirilishida namoyon bo‘ladi.
Bu albatta lizing oluvchi va lizing beruvi “bank”lar uchun xar tomonlama turli xil afzalliklarga ega bo‘lib mamlakat iqtisodiyoti rivojiga bevosita ta’sir etodi.