1-chizma
Iste`mol funktsiyasining grafikdagi tasviri
F
S E2
V C = C(Y)
E0
C0
E1
0 Y1 Y
Har ikkala o`q o`rtasidan 45 ostida o`tuvchi 0F to`g`ri chiziq iste`mol sarflari va ixtiyordagi (sof) daromadning miqdoran tengligini ifodalaydi. 0Y o`qidagi har qanday daromad miqdorini ifodalovchi ushbu chiziqda joylashgan nuqta 0S o`qning tegishli miqdordagi iste`mol sarfiga teng bo`ladi. Boshqacha aytganda, uy xo`jaligi sof daromadning barcha hajmini to`liq iste`molga sarflaydi. Biroq, bunday tenglik amalda doimo ham ro`y beravermaydi. Iste`mol sarflari miqdori ba`zida joriy sof daromadlar miqdoridan past bo`lishi, ba`zida esa oshib ketishi ham mumkin. Shuning uchun iste`mol egri chizig`i S sof daromad 0F chizig`iga mos tushmay, unga nisbatan ma`lum darajada og`adi. Har ikkala chiziqning o`zaro kesishgan V nuqtasi «0 darajadagi jamg`arma»ni anglatadi. Bu nuqtaning chap tomonida iste`mol sarflari daromad miqdoridan yuqori bo`lib, bu manfiy jamg`arma deb ataladi. Shuni ham ta`kidlash lozimki, real hayotda iste`molning ma`lum qismi daromad hajmiga bog`liq bo`lmaydi. Masalan, biron-bir shaxsning daromadi kutilmaganda juda past darajaga tushib qolishi mumkin. Biroq, bu shaxs, daromadi bunga imkon bermagan taqdirda ham, ma`lum darajada ovqatlanish, kiyinish va boshqa zarur iste`mol xarajatlarini amalga oshirishga majbur. U mazkur sarflarni yo oldingi davrda jamg`arilgan daromadlari hisobiga, yoki o`zgalardan qarz olish hisobiga qoplashi mumkin. Iqtisodiy adabiyotlarda iste`mol sarflarining bu darajasi avtonom (ya`ni, joriy sof daromaddan mustaqil) holdagi iste`mol darajasi deyiladi. Bizning grafigimizda bu daraja S0 nuqtadan boshlanadi.
Iste`mol va jamg`arma hajmiga daromaddan tashqari yana bir qator ob`ektiv va sub`ektiv omillar ta`sir ko`rsatadi. Ob`ektiv omillar alohida iste`molchining ixtiyoriga, idrokiga bog`liq bo`lmagan omillardan iborat bo`lib, ulardan asosiylari sifatida quyidagilarni ko`rsatish mumkin:
- barcha xo`jaliklar tomonidan jamg`arilgan mol-mulk darajasi;
- narxlar darajasi;
- real foiz stavkalari;
- iste`molchining qarzdorligi darajasi;
- iste`molchilarni soliqqa tortish darajasi.
Sub`ektiv omillar, asosan, iste`molchining o`ziga, uning ruhiyati va bozordagi xatti-harakatiga bog`liq bo`ladi. Bu omillar qatoriga iste`mol va jamg`arishga bo`lgan moyillik, kelgusidagi narx, pul daromadlari, soliq, tovarlar mavjudligi darajasining o`zgarishiga nisbatan munosabatni kiritish mumkin. Sub`ektiv omillar ta`sirida iste`mol va jamg`arma darajasining o`zgarishini shartli ma`lumotlar asosida tuzilgan quyidagi jadval orqali ko`rib chiqamiz (1-jadval).
1-jadval
Iste`mol va jamg`arma darajasi, mlrd. so`m
(shartli raqamlar asosida)
Yil-lar
|
Daromad darajasi (Y)
|
Iste`-mol
(C)
|
Jam-g`arma
(S)
|
Icte`molga o`rtacha moyillik
(S : Y)
|
Jamg`a-rishga o`rtacha moyillik
(S : Y)
|
Iste`molga keyingi qo`shilgan moyillik
(∆S : ∆Y)
|
Jamg`arishga keyingi qo`shilgan moyillik
(∆S : ∆Y)
|
2005
|
1500
|
1300
|
200
|
0,87
|
0,13
|
-
|
-
|
2010
|
1800
|
1500
|
300
|
0,83
|
0,17
|
0,67
|
0,33
|
2017
|
2200
|
1700
|
500
|
0,77
|
0,23
|
0,50
|
0,50
|
Jadvaldan ko`rinadiki, yillar davomida sof daromad hajmi oshib borishi bilan uning iste`mol va jamg`armaga sarflanishi o`rtasidagi nisbat o`zgarib bormoqda. Iste`molchilarning daromadlari qanchalik o`sib borgan sari ularning jamg`armaga bo`lgan moyilliklari shunchalik oshib boradi. Buni iste`mol va jamg`armaga bo`lgan o`rtacha va keyingi qo`shilgan moyillik ko`rsatkichlari orqali ham kuzatish mumkin.
Aholi daromadining iste`molga sarflanadigan ulushi iste`molga o`rtacha moyillik (IO`M) deyiladi:
Aholi daromadining jamg`armaga ketadigan ulushi esa jamg`armaga o`rtacha moyillik (JO`M) deyiladi:
Jamg’arma hajmi S
JO`M= =
Sof daromad hajmi Y
Bizning misolimizda (1-jadval) yillar davomida daromad hajmi oshib borishi bilan IO`M pasayib, JO`M esa o`sib bormoqda. Shunisi ahamiyatliki, iste`molga va jamg`armaga o`rtacha moyillik ko`rsatkichlari iste`mol va jamg`armaning daromaddagi ulushini anglatar ekan, ulardan birining qandaydir miqdorga o`zgarishi boshqa birining ham teskari yo`nalishda xuddi shunday miqdorga o`zgarishiga olib keladi. Qisqacha aytganda, bo`ladi. Shuningdek, iste`mol yoki jamg`armaga keyingi qo`shilgan moyillik ko`rsatkichi ham ahamiyatlidir. Bu ko`rsatkich iste`molchi daromadining navbatdagi o`zgarishi uning iste`mol va jamg`armaga nisbatan munosabati qanday o`zgarishini aks ettiradi. Daromad hajmining o`zgarishi natijasida iste`mol sarflari hajmining o`zgarishi darajasi iste`molga keyingi qo`shilgan moyillik (IQM) deyiladi, ya`ni:
IQM= Istimoldagi uzgarish / Sof daromaddagi uzgarish
Daromad hajmining o`zgarishi natijasida jamg`arma hajmining o`zgarishi darajasi jamg`armaga keyingi qo`shilgan moyillik (JQM) deyiladi, ya`ni:
JQM=Jamg’armadagi uzgarish / Sof daromaddagi uzgarish
.
Demak, sof daromadning o`sgan qismi ham yo iste`molga, yoki jamg`armaga sarflanadi. Bu sarflangan qismlar o`rtasidagi nisbat o`zgargan taqdirda ham ularning umumiy yig`indisi 1ga teng bo`ladi. Iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi, tadbirkorlik faoliyatining samarali amalga oshishida jamg`arish jarayonlarining ahamiyati beqiyosdir. Shunga ko`ra, jamg`arishning mohiyati, uning omillari va samaradorligi ko`rsatkichlarini alohida ko`rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
2. Jamg`arishning mohiyati, omillari va samaradorligi
Jamg`arish iqtisodiyotdagi yalpi sarflarning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanib, investitsion tavsifdagi tovarlarga talab darajasini belgilab beradi. Investitsiyalar jamg`arishning amalda namoyon bo`lish shakli bo`lganligi sababli dastlab, tahlilni jamg`arishning mohiyati, omillari va samaradorligini nazariy jihatdan asoslash bilan boshlaymiz.
Jamg`arish – milliy daromadning bir qismining asosiy va aylanma kapitallarni, shuningdek, ehtiyot zaxiralarini ko`paytirish uchun sarflanishidir.
Ishlab chiqarish va noishlab chiqarish maqsadidagi jamg`arish bir-biridan farqlanadi. Jamg`arilgan mablag`larning moddiy ishlab chiqarish sohasining asosiy kapitallarini va aylanma mablag`larini kengaytirishga ketadigan qismi ishlab chiqarish sohasidagi jamg`arish summasini hosil qiladi. Ishlab chiqarish sohasidagi jamg`arish iqtisodiy o`sishning muhim omilidir.
Ijtimoiy-madaniy sohadagi jamg`arish (noishlab chiqarish jamg`arishi) uy-joy fondini, kasalxonalar, o`quv muassasalari, madaniyat, sog`liqni saqlash, sport muassasalari, ya`ni nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlarini kengaytirish, rekonstruktsiyalash, yangilashga sarflanadi. Noishlab chiqarish sohasini kengaytirish ham ishlab chiqarishni rivojlantirishning zarur shartidir.
Jamg`arish summasi, uning hajmi va tarkibi takror ishlab chiqarish sur`atlarini belgilab beradigan hal qiluvchi omillardir. Jamg`arish normasi bevosita jamg`arish summasining butun milliy daromad hajmiga nisbati bilan aniqlanadi:
JN=(JS/MD)*100%
bunda: JN - jamg`arish normasi;
JS - jamg`arish summasi;
MD - milliy daromad.
Jamg`arish normasining ham o`z chegarasi bo`lib, uni me`yoridan oshirish iqtisodiy jihatdan samarasiz bo`lib chiqishi va salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Masalan, uning haddan tashqari ortishi natijasida investitsion sarflar samaradorligi pasayib ketishi mumkin, chunki kapital mablag`lar hajmi bilan qurilish tashkilotlarining quvvatlari, materiallar va uskunalar etkazib berish imkoniyatlari, infratuzilmaning rivojlanishi o`rtasida nomutanosiblik paydo bo`ladi. Oqibatda iqtisodiy o`sish pasayib ketish tamoyiliga ega bo`ladi. Shunday qilib, jamg`arish hajmi iqtisodiy o`sish sur`atlari va sifatiga faqat o`zining miqdori bilangina hal qiluvchi ta`sir ko`rsatib qolmaydi. Fan-texnika revolyutsiyasi sharoitida ulardan foydalanish samaradorligi birinchi o`ringa chiqadi.
Jamg`arish hajmi milliy daromadning bir qismini tashkil etadi va shu sababli milliy daromad hajmi ko`payishini belgilaydigan omillar jamg`arish miqdorini ham belgilab beradi. Bu omillardan asosiysi qo`llaniladigan resurslar massasi va ularning unumdorligidir. Jamg`arish miqdori ishlab chiqarish jarayonida xomashyo, materiallar, energiyani tejab-tergab sarflashga ham bog`liq. Mahsulot birligiga ularni sarflashni kamaytirish moddiy vositalarning o`sha miqdorida mahsulotlarni ko`proq hajmda ishlab chiqarishga imkon beradi.
3. Investitsiyalar va uning darajasini belgilovchi omillar
Investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni qayta tiklash va ko`paytirishga, ishlab chiqarish quvvatlarini kengaytirishga qilingan sarflarning pul shaklidagi ko`rinishidir. U pul mablag`lari, bank kreditlari, aktsiya va boshqa qimmatli qog`ozlar ko`rinishida amalga oshiriladi. Pul mablag`lari ko`rinishidagi investitsiya nominal investitsiya, ana shu pul mablag`lariga sotib olish mumkin bo`lgan investitsion resurslar real investitsiya deyiladi.
Investitsiyalarni ro`yobga chiqarish bo`yicha amaliy harakatlar – investitsion faoliyat, investitsiyalarni amalga oshiruvchi shaxs – investor deyiladi.
Investitsiyalarning manbalaridan biri bo`lib aholi keng qatlamlarining jamg`armalari hisoblanadi. Shuni ta`kidlash lozimki, amalda jamg`arma egasi va investor bir shaxsda namoyon bo`lishi va bo`lmasligi ham mumkin. Odatda, jamg`arma jamiyatdagi ko`pchilik sub`ektlar tomonidan amalga oshirilib, ulardan investitsiya sifatida foydalanish esa butunlay boshqa sub`ektlar tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Shuningdek, iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi sanoat, qishloq xo`jalik va boshqa korxonalar jamg`armasi ham investitsiya manbai bo`lib hisoblanadi. Bu o`rinda «jamg`aruvchi» va «investor» bir sub`ektda mujassamlashadi.
Investitsiya faoliyati quyidagi manbalar hisobiga amalga oshirilishi mumkin:
- investorlarning o`z moliyaviy resurslari (foyda, amortizatsiya ajratmalari, pul jamg`armalari va h.k.);
- qarz olingan moliyaviy mablag`lar (obligatsiya zayomlari, bank kreditlari);
- jalb qilingan moliyaviy mablag`lar (aktsiyalarni sotishdan olingan mablag`lar, jismoniy va huquqiy shaxslarning pay va boshqa to`lovlari);
- davlat byudjeti mablag`lari;
- chet elliklar mablag`lari.
Mamlakatimizda investitsiyalarning moliyalashtirish manbalari tuzilishi ham yillar davomida o`zgarib bormoqda (1-jadval). Jumladan, yildan yilga davlat byudjeti mablag`larining ulushi kamayib, korxona mablag`lari, to`g`ridan to`g`ri xorijiy investitsiyalar hamda nobyudjet fondlar mablag`larining ulushi oshib bormoqda.
Asosiy kapitalga investitsiyalar va ularning moliyalashtirish manbalari bo`yicha tarkibi (foizda)
Ko`rsatkichlar
|
Yillar
|
2008
|
2009
|
2010
|
2011
|
2012
|
2013
|
2014
|
2015
|
2016
|
Asosiy kapitalga investitsiyalar, mln. so`m
|
744,5
|
1320,9
|
1442,4
|
1867,4
|
2473,2
|
3012,9
|
3838,3
|
5479,7
|
8483,7
|
Jami
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
100
|
Davlat byudjeti
|
29,2
|
21,5
|
25,0
|
17,7
|
14,9
|
12,8
|
10,7
|
9,0
|
9,0
|
Korxonalar mablag`lari
|
27,1
|
31,0
|
40,0
|
41,8
|
43,2
|
48,5
|
48,3
|
47,6
|
44,1
|
Aholi mablag`lari
|
12,0
|
10,3
|
12,0
|
11,1
|
12,4
|
11,8
|
11,7
|
11,3
|
9,8
|
Hukumat tomonidan kafolatlangan xorijiy investitsiyalar
|
19,8
|
23,2
|
15,7
|
19,2
|
14,5
|
6,0
|
4,9
|
5,0
|
5,0
|
To`g`ridan to`g`ri xorijiy investitsiyalar
|
3,4
|
4,8
|
4,7
|
7,1
|
10,0
|
13,2
|
14,1
|
17,8
|
20,9
|
Bankning markazlashgan kreditlari
|
5,2
|
5,9
|
0,1
|
0,0
|
0,0
|
0,0
|
0,0
|
0,0
|
0,0
|
Tijorat banklari kreditlari
|
1,7
|
2,2
|
1,5
|
1,9
|
2,3
|
2,9
|
3,4
|
3,1
|
5,0
|
Nobyudjet fondlar mablag`lari
|
1,2
|
0,5
|
0,3
|
0,4
|
2,4
|
4,7
|
6,9
|
6,1
|
6,3
|
Boshqa qarz mablag`lari
|
0,4
|
0,6
|
0,7
|
0,8
|
0,3
|
0,2
|
0,0
|
0,0
|
0,0
|
O`zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo`mitasi ma`lumotlari.
Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi:
1) investitsiya sarflaridan kutilayotgan foyda normasi;
2) foiz stavkasi.
Investitsiyalarga qilinadigan sarflarning harakatlantiruvchi motivi foyda hisoblanadi. Tadbirkorlar ishlab chiqarish vositalarini ular foyda keltiradigan bo`lsagina sotib oladilar.
Investitsiyalar darajasini belgilaydigan ikkinchi omil foizning real stavkasi hisoblanadi. Foiz stavkasi – real asosiy kapitalni sotib olish uchun zarur bo`lgan, bankdan olingan ssuda kapitaliga korxona to`lashi lozim bo`lgan pul miqdori.
Investitsiya darajasiga kutilayotgan sof foyda normasi va foiz stavkasidan tashqari boshqa quyidagi omillar ham ta`sir ko`rsatadi:
1) mashina va uskunalarni xarid qilish, ishlatish va ularga xizmat ko`rsatish xarajatlari;
2) tadbirkorlardan olinadigan soliq miqdori;
3) texnologik o`zgarishlar.
Yalpi sarflar tarkibining investitsiya sarflariga oid qismi yalpi xususiy ichki investitsiyalar deb yuritiladi. Shunga ko`ra yalpi va sof investitsiyalarni ham bir-biridan farqlash zarur.
Yalpi investitsiyalar joriy yil davomida iste`mol qilingan asosiy kapitalni qoplashga mo`ljallangan (amortizatsiya) hamda iqtisodiyotdagi kapital hajmiga har qanday sof qo`shimchalardan iborat barcha investitsion tovarlarni ishlab chiqarishni o`z ichiga oladi. Sof investitsiyalar esa joriy yil davomida qo`shimcha ravishda jalb qilingan investitsion tovarlardan iborat. Boshqacha aytganda, sof investitsiya yalpi investitsiya bilan amortizatsiya ajratmalarining ayirmasiga teng. Sof investitsiya asosiy va aylanma kapitalning o`sishini ta`minlaydi.
Yalpi investitsiyalar bilan amortizatsiya hajmi o`rtasidagi nisbat iqtisodiyot rivojlanish holatining ko`rsatkichi hisoblanadi. Quyidagi chizmada yalpi va sof investitsiyalar hamda amortizatsiya nisbati o`zgarishining o`suvchi, turg`un va qisqaruvchi iqtisodiyotlarga ta`sirini ko`rishimiz mumkin (1-chizma).
Chizmadan ko`rinadiki, yalpi investitsiyalar tarkibida sof investitsiyalar hajmining ahamiyatli darajada bo`lishi yil oxirida kapital hajmining o`sishiga hamda, pirovardida iqtisodiyotning o`sishiga olib keladi. Turg`un iqtisodiyot sharoitida esa yalpi investitsiyalar faqat amortizatsiya ajratmalari, ya`ni iste`mol qilingan kapitalni qoplash fondi hajmiga teng bo`lib, yil oxirida kapital miqdori o`zgarmay qoladi.
Yalpi investitsiyalarning iste`mol qilingan kapitalni qoplash fondi hajmidan ham oz bo`lishi yil oxirida kapital miqdorining qisqarishiga va buning oqibatida, iqtisodiyot ko`rsatkichlarining pasayib ketishiga olib keladi.
4. Jamg`arma va investitsiya o`rtasidagi nisbatni ta`minlash muammolari
Jamg`arma va investitsiya o`rtasidagi makroiqtisodiy muvozanatga erishish barqaror iqtisodiy o`sishning sharti hisoblanadi. Biroq, bu muvozanatga erishish doimo oson kechavermaydi. Bunga sabab investitsiya darajasi hamda jamg`arma darajasining boshqa-boshqa jarayon va holatlarga bog`liqligi hisoblanadi.
Investitsiya va jamg`arma o`rtasidagi muvozanatni ta`minlash borasida bir qator nazariy qarashlar farqlanadi. Bu borada eng avvalo klassik iqtisodchilarning qarashlarini ko`rib chiqamiz.
Klassik iqtisodchilar nuqtai nazaridagi eng markaziy holat – bu ular tomonidan foiz stavkasining ham investitsiyaning, ham jamg`armaning funktsiyasi sifatida qaralishi hisoblanadi (2-chizma).
Chizmadan ko`rinadiki, klassik modelni tuzishda tik o`q bo`yicha real foiz stavkasi, yotiq o`q bo`yicha esa jamg`arma va investitsiya hajmi ko`rsatkichlari joylashtirilgan. Investitsiya va foiz stavkasi o`rtasida teskari funktsional bog`liqlik mavjud: foiz stavkasi qanchalik yuqori bo`lsa, investitsiya hajmi shu qadar past bo`ladi va aksincha. Jamg`arma esa to`g`ri, o`suvchi funktsional bog`liqlikka ega, ya`ni foiz stavkasining yuqori bo`lishi jamg`arma darajasining ham yuqori bo`lishiga olib keladi. Iqtisodiyotdagi investitsiya va jamg`arma hajmlari o`rtasida muvozanat (e nuqta)ga erishish uchun foiz stavkasining r0 darajasi ta`minlanishi lozim. Foiz stavkasi darajasining muvozanat darajasidan chetlanishi (r1 – past va r2 – yuqori bo`lgan holatlar) investitsiya va jamg`arma hajmi o`rtasidagi muvozanatning buzilishiga olib keladi. Foiz stavkasining r1 darajasida investorlar uchun qulay narxlarning vujudga kelishi investitsion resurslarga bo`lgan talabni oshiradi, biroq bunday darajada jamg`arma uchun rag`bat pasayib ketadi. Natijada investitsion resurslar taqchilligi paydo bo`ladi. r2 darajada esa barcha sub`ektlar uchun jamg`armaning nafliligi oshadi, biroq bunday foiz darajasida barcha investorlar ham o`z faoliyatining foydaliligini ta`minlay olmaydilar. Natijada jamg`armaning ahamiyatli qismi investitsiyalarga aylana olmaydi.
Dostları ilə paylaş: |