2
Mavzu: Mathcad muhitida grafiklar yaratish.
Reja:
1.
Mathcad muhitida grafiklar yaratish.
2.
Mathcad muhitida chiziqli algebraik tenglamalar
sistemalarini tadqiq etish
va yechish.
3.
Mathcad tizimida interpolyatsiya va approksimatsiya masalalarini yechish
4.
Mathcad tizimida ikki va uch o‘lchovli grafiklar yaratish va rasmiylashtirish
5.
Mathcad tizimida arifmetik ifodalar qiymatlarini hisoblashni
o‘zlashtirishdan foydalanish.
6.
Mathcad tizimida maxsus grafiklar yaratish usullari.
Mathcad muhitida grafiklar yaratish
MathCad dasturida ixtiyoriy funksiyaning yoki diskret o’zgaruvchilarga bog’liq
bo’lgan ifodalarni grafiklarini chizish imkoniyatiga ega. Bundan tashqari bir
nechta funsiyaning grafigini bitta grafikda tasvirlash mumkin. Chizmada har bir
grafik diskret o’zgaruvchiga bog’liq bo’ladi. Bu diskret o’zgaruvchi ham absisalar
o’qi uchun ham ordinatalar o’qlari uchun ifodada qatnashishi kerak. MathCad
diskret o’zgaruvchilarning har bir qiymati uchun bitta nuqtani tasvirlaydi.
MathCad da ikki o’lchovli grafik hosil qilish uchun sichqonchani bo’sh joyga
qo’yib grafik soha tanlanadi. Bu quyidagicha amalga oshiriladi.
Sichqoncha bilan grafik yasash joyini belgilang.
Menyu qatorining Insert bo’limidam Graph ga kirib X –Y Plot ni tanlang
yoki @ tugmasini bosing yoki matematik belgilar
panelidan grafik belgisiga
kirib ikki o’chovli grafik belgisini tanlang.
Grafikdagi bo’sh joylarni to’ldiring. Gorizontal o’qning o’rtasidagi bo’sh joyga
argumentning qiymati kiritiladi. Vertikal o’qning o’rtasidagi bo’sh joyga
3
funksiyning qiymati kiritiladi
.
MathCad dasturida bir nechta funksiyani bitta
grafikda chizish uchun o’zgaruvchi va funksiyalar “ ,” bilan ajratiladi. Misol:
22-rasmdan ko’rinadiki koordinata o’qlarini va grafikni ko’rinishini grafikni ustiga
sichqonchani ikki marta bosib o’zgartirish mumkin va
xuddi ifoda kabi grafikni
siljitish, kattakichik qilish, qirqish, nusxalash mumkin. Funksiyani [a,b] oraliqda
grafigini chizish. Biror f funksiya berilgan bo’lsin va bu funksiyani grafigini
[a,b] oraliqni n ta bo’lakka bo’lib chizish uchun i diskret o’zgaruvchi olib [a,b]
kesmani quyidagicha n ta bo’lakka bo’lamiz. h qadam sifatida
b−a
n
ni olamiz va i diskret o’zgaruvchini quyidagicha
aniqlaymiz i:= 0..n xi ni quyidagicha aniqlaymiz xi:=a+h*i va bizga xi va
f(xi) nuqtalar hosil bo’ladi. Bu nuqtalarga mos funksiyaning grafigini chizish
mumkin. Funksiyaning grafigi 23rasmda keltirilgan.