2-chizma
Jamg`arma va investitsiya o`rtasidagi muvozanatning klassik modeli
r S=S(r)
r2
E
r0
r1 I=I(r)
0 S0=I0 S, I
Keynschilarning investitsiya va jamg`arma o`rtasidagi muvozanat modeli o`z tuzilishiga ko`ra klassik modeldan farq qiladi. Bunda eng markaziy nuqta – J.M.Keyns tomonidan jamg`arma foiz stavkasining emas, balki daromadning funktsiyasi deb qaralishi hisoblanadi: . Investitsiya esa, klassik modeldagi singari, foiz stavkasining funktsiyasi deb olinadi: . Ya`ni, keynscha kontseptsiyaning asosida jamg`arish va investitsiya darajalarining boshqa-boshqa omillar ta`sirida o`zgarishi yotadi. Keynscha modelning mohiyatini quyidagi chizma orqali izohlash mumkin (3-chizma).
3-chizma
Jamg`arma va investitsiya o`rtasidagi muvozanatning
keynscha modeli
S,I
S
eF IF
e I
0 N F NI
Chizmadan ko`rinadiki, grafik ko`rsatkichlarining joylashuvi ham klassik modeldan farq qiladi. Tik o`qda jamg`arma (S) va investitsiya (I) darajasi, yotiq o`qda esa milliy daromad darajasi (NI) joylashgan. Iqtisodiyotdagi jamg`arma darajasi milliy daromad hajmiga bog`liq holda o`zgaradi. Milliy daromad hajmi amalda investitsiya darajasiga ham ta`sir ko`rsatsada, mazkur modelda uni milliy daromadga bog`liq bo`lmagan, ya`ni avtonom holda beriladi. Grafikda investitsiya va jamg`arma egri chiziqlari e nuqtada kesishadi. Agar iqtisodiyotdagi to`la bandlik holatiga milliy daromadning F darajasida erishiladi, deb tasavvur qilsak, u holda bu darajada investitsiya va jamg`arma muvozanatini (EF nuqta) ta`minlash uchun investitsiya IF darajada bo`lishiga erishish lozim bo`ladi. Biroq, Keyns talqiniga ko`ra, investitsiya va jamg`arma darajasining muvozanati to`la bandlik bo`lmagan sharoitda ham ta`minlanishi mumkin: grafikdagi milliy daromadning N hajmida aynan shu holatga (e nuqta) erishiladi.
Investitsiya va jamg`arma darajalari muvozanatining klassik va keynscha modellari o`rtasidagi farq quyidagilar orqali namoyon bo`ladi: birinchidan, klassik modelda bu muvozanat ro`y berishi uchun iqtisodiyotning doimiy ravishda to`la bandlik holatida bo`lishi taqozo etiladi. Keynscha modelda esa, yuqorida ko`rib chiqilganidek, bu muvozanatga to`la bandlik bo`lmagan holatda ham erishish mumkin; ikkinchidan, klassik modelda narx mexanizmi juda harakatchan bo`ladi. Keynscha modelda narxning bunday moslashuvchanligi inkor etiladi; uchinchidan, yuqorida ta`kidlanganidek, klassik modelda jamg`arma foiz stavkasining funktsiyasi sifatida, keynscha modelda esa daromad funktsiyasi sifatida qaraladi. Demak, yuqoridagilardan ko`rinadiki, jamg`arma va investitsiya o`rtasidagi muvozanatning keynscha modeli klassik modelga nisbatan asoslangan, real hayot, ya`ni iqtisodiyotning to`la bandligi mavjud bo`lmagan holatga nisbatan ham tatbiq etilib, takomillashtirilgan model` hisoblanadi. Shunga ko`ra, biz ham makrodarajadagi boshqa muammolarni ko`rib chiqish va tahlil qilishda, asosan, ushbu modeldan foydalanamiz.
5. O`zbekistonda investitsion faoliyatni ta`minlash va uning shart-sharoitlari
O`zbekistonda keyingi yillarda amalga oshirilayotgan keng qamrovli iqtisodiy islohotlar investitsiya jarayonlarining faollashuvini taqozo etmoqda. Iqtisodiyotda yangi tarmoq va sohalarning yo`lga qo`ylishi, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarining kengaytirilishi, ish o`rinlarining tashkil etilishi tobora ko`proq mablag` va resurslarni jalb qilishni rag`batlantirmoqda. Jumladan, 2017 yilda iqtisodiyotni rivojlantirish uchun barcha moliyaviy manbalar hisobidan 6,4 milliard AQSh dollari miqdorida investitsiya jalb etildi. Bu 2017 yil bilan taqqoslaganda, 28,3 foizga ko`p bo`lib, yalpi ichki mahsulotga nisbatan investitsiyalar hajmi 23 foizni tashkil etdi.
«Shuni mamnuniyat bilan ta`kidlash kerakki, – deya qayd etadi Prezidentimiz I.A.Karimov o`z asarida, – o`zlashtirilgan barcha investitsiyalarning qariyb 54 foizini korxonalar va aholi mablag`lari tashkil etadi. Bu mamlakatimizda soliq yukini kamaytirish va xo`jalik yurituvchi sub`ektlarning investitsiya faolligini rag`batlantirish bo`yicha olib borilayotgan soliq siyosati qanchalik to`g`ri ekanini yana bir bor tasdiqlaydi».
2009 yilda barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan asosiy kapitalga investitsiyalar hajmi 744,5 mlrd. so`mni tashkil etgan bo`lsa, 2017 yilga kelib bu ko`rsatkich 8483,7 mlrd. so`mga etdi. Investitsiya sohasida shakllangan ijobiy dinamika iqtisodiyotning o`sishiga sezilarli darajada ta`sir ko`rsatdi (4-jadval).
Dostları ilə paylaş: |